Toshkent davlat yuridik universiteti soliq huquqi


O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining huquqiy maqomi



Download 0,77 Mb.
bet41/198
Sana08.01.2022
Hajmi0,77 Mb.
#332210
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   198
Bog'liq
Toshkent davlat yuridik universiteti soliq huquqi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining huquqiy maqomi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining huquqiy maqomi 1992-yil 23-noyabrda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Moliya vazirligi haqidagi Nizomda belgilab qo‘yilgan. Ushbu Nizomda soliq sohasidagi bir qator maqsad va vazifalari belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublikaning markaziy moliya-iqtisodiy organi sifatida O‘zbekiston Respublikasining moliyaviy, narx siyosatini hayotga tatbiq etadi va uning butun hududida moliya, narx-navoni tashkil etish faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasining vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy negiz yaratishni, respublika budjetini ishlab chiqish va ijro etishni, uning daromad qismi barqarorligini ta’minlashni, valyuta rejasini tuzish va ijro etishni, pul resurslaridan oqilona va tejab sarflashni ta’minlaydi. Moliya vazirligi respublika budjeti ham daromadlar, ham xarajatlar bo‘yicha ijro etilishi uchun, moliyaviy resurslarni umumrespublika ehtiyojlariga safarbar etish ishlarini tashkil etish uchun javob beradi.

Ana shu maqsadlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimi tarkibiga kiruvchi organlar faoliyatini kelishilgan Yagona moliyaviy, soliq, valyuta va narx-navo siyosatini shakllantirish ishlarini olib borishga, oltin zaxirasini ko‘paytirish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasining moliyaviy mustaqilligini ta’minlashga, respublika iqtisodiyotini sog‘lomlashtirishga, bozor munosabatlarini shakllantirish sharoitida narx-navoni tartibga solishning iqtisodiy usullari rolini kuchaytirishga va aholini ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltiradi.

Moliya vazirligining asosiy vazifalaridan biri moliya tizimining, soliq va narx-navo siyosatining O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga faol ta’sir ko‘rsatishini, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishini, milliy daromadning, korxonalar va tashkilotlar daromadlarining va boshqa moliyaviy resurslarning o‘sishini ta’minlash, moliya-kredit vositalarining xo‘jalik mexanizmining boshqa elementlari bilan aloqalarini mustahkamlash; moliya, budjet, valyuta va soliqni rejalashtirish va mablag‘ bilan ta’minlash usullarini takomillashtirish; soliq solish, narx belgilash, sug‘urta, valyuta-moliya, auditorlik va tashqi iqtisodiy faoliyat, shuningdek soliq maslahati bo‘yicha faoliyat sohasida qonunchilik va me’yoriy aktlarni ishlab chiqishda qatnashish; moliya, soliq, narx belgilash, sug‘urta, valyuta, auditorlik va tashqi iqtisodiy faoliyat, shuningdek soliq maslahati bo‘yicha faoliyat sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish; budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlari va xarajatlarining mutanosibligini ta’minlash; budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan unga yuklangan vazifalar va funksiyalarning, ayniqsa, pensiyalarni va boshqa tegishli to‘lovlarni tayinlash va to‘lashning belgilangan qoidalarini qo‘llash yuzasidan bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilishdan iborat.

Soliq huquqiy munosabatlar sohasida vakolatli bo‘lgan davlat organlarining oxirgi turiga boshqa majburiy to‘lovlarni undirish vazifasini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar kiradi. Ya’ni yuqorida ta’kidlaganimizdek, Soliq kodeksida belgilangan davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy pul to‘lovlari, bojxona to‘lovlari, shuningdek vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni to‘lovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan yig‘imlar, davlat bojini undirish vazifasini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar tushuniladi.


Jumladan, Davlat boji quyidagilardan undiriladi: sudlarga beriladigan da’vo arizalaridan, organlarning va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlardan, alohida tartibda yuritiladigan ishlarga doir arizalardan, sudlarning qarorlari ustidan beriladigan apellatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan va arizalaridan, nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi shikoyatlar va arizalardan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi arizalardan, hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizalardan, shuningdek sudlar tomonidan hujjatlarning nusxalarini berganlik uchun; da’vo arizalaridan, tashkilotlarni va fuqarolarni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizalardan, nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablarni bildirgan uchinchi shaxs sifatida ishga kirishish to‘g‘risidagi arizalardan, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi arizalardan, xo‘jalik sudining qarorlari, ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan berilgan, da’voni ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi, sud jarimalarini solish to‘g‘risidagi apellatsiya va kassatsiya shikoyatlaridan, hakamlik sudining qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi, hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizalardan, xo‘jalik sudining hakamlik sudi qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi, shuningdek hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi va ijro varaqasini berishni rad etish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ajrimlari ustidan berilgan apellatsiya va kassatsiya shikoyatlaridan; notariuslar va O‘zbekiston Respublikasining konsullari tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun; fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etganlik uchun, shuningdek fuqarolarga fuqarolik holati dalolatnomalari qayd etilganligi to‘g‘risida takroriy guvohnoma berganlik uchun hamda fuqarolik holati dalolatnomalari yozuviga o‘zgartishlar, qo‘shimchalar, tuzatishlar kiritilishi va uning qayta tiklanishi munosabati bilan guvohnoma berganlik uchun; chet eldan O‘zbekiston Respublikasiga kelish huquqini beruvchi hujjatlarni, O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish to‘g‘risida hujjatlarni berganlik uchun; yashash guvohnomasini berganlik yoki uning muddatini uzaytirganlik uchun; respublika hududiga kelish va respublika hududidan chet elga chiqish huquqini beradigan chet el pasportiga yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatga viza berganlik uchun, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish va O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish to‘g‘risida beriladigan arizalardan; O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi pasportini yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatlarni, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elga chiqish huquqi uchun hujjatlar berganlik uchun; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini turar joyga qayd etganlik va ro‘yxatdan chiqarganlik, turgan joyi bo‘yicha hisobga olganlik uchun, shuningdek chet davlatlar fuqarolarini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni turar joyga qayd etganlik va ro‘yxatdan chiqarganlik uchun; yuridik shaxslarni va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun; faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishga litsenziya berganlik uchun; ov qilish huquqiga ega ekanligi to‘g‘risida ruxsatnoma berganlik uchun.
Umuman olganda, har qanday davlat iqtisodiyotini rivojlanishida soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘rni kattadir. Shuningdek, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘rnatish, undirish va budjetlarga kelib tushishini ta’minlashning samarali mexanizmini tashkil qilish, vakolatli davlat organlarining bu boradagi mas’uliyatini oshirish hozirigi kundagi muhim bo‘lgan masalalardan biridir.


Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish