Ijara (lizing) to‘lovi – ijarachi (lizing oluvchi) tuzilgan ijara (lizing) shartnomasi asosida ijaraga beruvchiga (lizing beruvchiga) to‘laydigan summa.
Ijaraga beruvchining (lizing beruvchining) foizli daromadi – buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan ijara (lizing) to‘lovi summasi bilan ijara (lizing) obyektining qiymatini qoplash summasi o‘rtasidagi farq ko‘rinishidagi ijara (lizing) to‘lovining bir qismi.
Insonparvarlik yordami – aholining ijtimoiy jihatdan nochor guruhlariga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy soha muassasalarini qo‘llab-quvvatlash, tabiiy ofatlar, falokatlar va halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish uchun aniq maqsadli beg‘araz ko‘maklashish.
Do'stlaringiz bilan baham: |