Imtiyozlar qo‘llanilishi to‘g‘risida bildirish. Yuridik shaxs imtiyozlarni qo‘llash boshlangan sana haqida soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan shaklda yozma ravishda bildirishi shart.
Soliq davri mobaynida imtiyozlarga bo‘lgan huquq yo‘qotilgan taqdirda soliq to‘lovchi ro‘yxatdan o‘tkazish joyidagi davlat soliq xizmati organini soliq to‘lovchining imtiyozlarga bo‘lgan huquqi yo‘qotilgan sana to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan shaklda yozma ravishda xabardor etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |