Soliq to‘lovchilar – transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni to‘lovchilar oxirgi iste’molchilarga benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni realizatsiya qilishni, shu jumladan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslardir.
Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari deganda avtomobillarga kompressor vositasida gaz to‘ldirish, avtomobillarga yoqilg‘i quyish va avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari tushuniladi; oxirgi iste’molchilar deganda o‘z ehtiyojlari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |