Toshkent davlat yuridik universiteti Ommaviy huquq fakulteti 1-kurs talabasi Maxmudov Shoxrux Umarbekovichning Davlat va huquq nazariyasi modulidan “Huquq normalarini sharhlash” mavzusida tayyorlagan taqdimoti



Download 121,96 Kb.
Sana22.09.2021
Hajmi121,96 Kb.
#181951
Bog'liq
DHN 15-mavzu. Taqdimot

Toshkent davlat yuridik universiteti Ommaviy huquq fakulteti 1-kurs talabasi Maxmudov Shoxrux Umarbekovichning Davlat va huquq nazariyasi modulidan “Huquq normalarini sharhlash” mavzusida tayyorlagan taqdimoti

Mavzu:Huquq normalarini sharhlash

  • Huquq normalarini sharhlash – bu maqsadi, mazmun va mohiyatini aniqlash hamda tushuntirishga yo’naltirilgan faoliyatdir.
  • *Huquqni sharhlash jarayonidagi muhim jihat bu muayyan normaning matni hisoblanadi.
  • Sharhlash, o’z ichiga ikkita mustaqil jihatni, ya’ni anglab olish va tushuntirishni qamrab oladi.

Huquq normalarini sharhlash quyidagi bir qator xususiyatlar bilan tavsiflanadi:

  • birinchidan, mazkur faoliyat natijasida har qanaday yozma manbalarning emas, balki huquq normalarining mazmun va mohiyati sharhlanishi;
  • ikkinchidan, huquq normalarini sharhlash huquqiy tartibga solishning sharti sifatida maydonga chiqishi;
  • uchinchidan, qonunda belgilangan hollarda mazkur faoliyat vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshirilishi;
  • to’rtinchidan, sharhlash natijalariga majburiylik tusi beriladigan bo’lsa, maxsus huquqiy (sharhlash) hujjatlar bilan mustahkamlab qo’yilishi.

Rasmiy sharhlash vakolatli subyektlar, yaʼni davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi, u maxsus hujjatlar bilan mustahkamlanadi va huquq subyektlari uchun majburiy xarakterga ega boʻladi. Mazkur sharhlash, oʻz navbatida, huquqni amalga oshiruvchilarni huquq normalarini bir xil maʼnoda tushunish va aynan qoʻllashga yoʻnaltiradi.

  • Rasmiy sharhlash vakolatli subyektlar, yaʼni davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi, u maxsus hujjatlar bilan mustahkamlanadi va huquq subyektlari uchun majburiy xarakterga ega boʻladi. Mazkur sharhlash, oʻz navbatida, huquqni amalga oshiruvchilarni huquq normalarini bir xil maʼnoda tushunish va aynan qoʻllashga yoʻnaltiradi.

O’zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida”gi Qonuni 43-moddasi:

  • Normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy sharhlash normativ-huquqiy hujjatda noaniqliklar topilgan, u amaliyotda noto‘g‘ri yoki ziddiyatli tarzda qo‘llanilgan taqdirda amalga oshiriladi.
  • O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga rasmiy sharhni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi beradi.
  • Qonun osti hujjatlari normalariga rasmiy sharhni ularni qabul qilgan organlar beradi.
  • Normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy sharhlash jarayonida ularga normalarni aniqlashtirishga qaratilgan tuzatishlar, o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Rasmiy sharhlash normativ va kazual ko’rinishlarda bo’ladi.

  • Normativ sharhlash keng doiradagi shaxs va hodisalarga qaratiladi. Bunday sharhlash huquq ijodkorligi subyektlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Normativ sharhlashning quyidagi turlarini koʻrsatib oʻtish mumkin:
  • 1. autentik sharhlash (aktni chiqargan organ tomonidan amalga oshiriladi);
  • 2. legal sharhlash (vakolatli subyekt tomonidan beriladi).
  • Kazual sharhlash ham rasmiy hisoblansada, u umummajburiy
  • xarakterga ega boʻlmaydi va muayyan hodisaga nisbatan huquq normasini qoʻllash jarayonida amalga oshiriladi. U aniq bir ishni vakolatli organ tomonidan koʻrib chiqilayotgan paytda beriladi va qoida tariqasida aynan ushbu ish uchun majburiy xarakterga ega boʻladi.

Norasmiy sharhlash

  • Norasmiy sharhlash oʻz vazifasiga koʻra bevosita huquq normalarini sharhlash vakolatiga ega boʻlmagan subyektlar tomonidan amalga oshiriladi. Bunday subyektlar sifatida ilmiy muassasalar, olimlar, nodavlat tashkilotlari, amaliyot xodimlarini koʻrsatib oʻtish mumkin. Ular huquq normalarini tushuntirishni tavsiya va maslahat berish kabi shakllarda amalga oshiradi.
  • Norasmiy sharhlashning ilmiy (doktrinal), malakali (professional) va oddiy koʻrinishlari mavjud.
  • Ilmiy (doktrinal) sharhlash – bu huquq sohasidagi mutaxassislar, olimlar tomonidan amalga oshiriladigan va ilmiy ahamiyatga ega boʻlgan norasmiy sharhlash turi. Bunday sharhlashning oʻziga xos xususiyati sifatida ilmiy yondashuvga asoslanganligini koʻrsatish mumkin. Amaliyotchi yuristlar uchun majburiy boʻlmaganiga qaramay bunday sharhlash huquq normalarini tushunish va qoʻllashda, bir xillikni taʼminlashda muhim ahamiyatga ega boʻladi.
  • Malakali (professional) sharhlash – bu amaliyotchi yuristlar (advokat, prokuror, sudya va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladigan sharhlash turi.
  • Oddiy sharhlash – maxsus huquqiy bilimga ega boʻlmagan har qanday shaxs tomonidan huquqni anglash va tushuntirish.

Download 121,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish