16.5. Fuqaroni muomala layoqatini cheklash va muomalaga
layoqatsiz deb topish to‘g‘risidagi ishlar
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30-moddasiga
ko‘ra, ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z harakatlarining
ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan
fuqaroni sud qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda muomalaga
layoqatsiz deb topishi mumkin va bunday fuqaroga vasiylik belgilanadi.
Agar spirtli ichimliklarni yoki giyovandlik vositalarini suiiste’mol qilish
natijasida o‘z oilasini og‘ir moddiy ahvolga solib qo‘yayotgan fuqaroning
muomala layoqati sud tomonidan fuqarolik protsessual qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda cheklab qo‘yilishi mumkin. Unga homiylik
belgilanadi (FKning 31-moddasi).
Spirtli
ichimliklar,
giyohvandlik
moddalari
va psixotrop
moddalarni suiiste’mol qilishi natijasida fuqaroni muomala layoqati
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI
cheklangan deb topish to‘g‘risidagi yoki fuqaroni ruhiy holati buzilganligi
(ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi) tufayli muomalaga layoqatsiz deb
topish haqidagi ish uning oila a’zolari, vasiylik va homiylik organlari,
prokuror, davolash muassasalari va boshqa davlat organlari, fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari bergan
arizalar bo‘yicha qo‘zg‘atilishi mumkin (FPKning 310-moddasi).
Fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risidagi ariza
alternativ sudlovlikka asosan mazkur fuqaroning yashab turgan joydagi
sudga beriladi, agar bu shaxs shifoxonada bo‘lsa, shifoxona joylashgan
joydagi sudga beriladi. Ushbu ariza mazmuni FPKning 189-moddasi
talablariga binoan yozilishi kerak. Arizada fuqaroni muomalaga layoqati
cheklangan deb topish haqidagi arizada spirtli ichimliklarni yoki
giyoxvandlik moddaoari va psixotrop moddalarni suiiste’mol qiluvchi
shaxs o‘z oilasini moddiy jihatdan og‘ir ahvolga solib qo‘yayotganligidan
dalolat beruvchi holatlar ko‘rsatilishi kerak. Ariza sud tomonidan qabul
qilinganidan so‘ng ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risida ajrim
chiqaradi.
Ishni sudda ko‘rishga tayyorlashda sudya fuqaroning spirtli
ichimliklar, giyohvand moddalari va psixotrop moddalarni iste’mol
qilishini tasdiqlovchi dalillar (ichki ishlar tomonidan tuzilgan
dalolatnomalar, mayda bezorilik uchun javobgarlikka tortilganligi haqida
sudning qarori, tibbiy ma’lumotnoma, spirtli ichimliklar iste’mol qilgan
holda ishga kelganligini sababli ishdan chetlash-tirilganligi yoki ishdan
bo‘shatganligi haqida buyruq va boshqalar), o‘z oilasini moddiy jihatdan
qiyin ahvolga solib qo‘yganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar, muomala
layoqati cheklanganligi haqida ish qo‘zg‘atilgan shaxsning mulkiy ahvoli
to‘g‘risida ma’lumotnoma (xususan ish haqi, nafaqa, mavjud mulklar, oila
a’zolarining soni va qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida
ma’lumotnoma)larni talab qilib oladi.
Sudya ishni sudda ko‘rishga tayyorlab bo‘lganidan keyin ishni sudda
ko‘rishga yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, ishni sudda ko‘rishga tayinlash
to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb
topish to‘g‘risidagi ishlar sud tomonidan albatta shu shaxsning o‘zi,
vasiylik va homiylik organlari vakili va prokuror ishtirok etishi shart.
Agap fuqapo (javobgap) sud majlisiga kelmasa, FPKning 143-moddasiga
ko‘ra sud majlisiga majburiy keltiriladi.
Ushbu ishlar umumiy asoslaridan kelib chiqib, umumiy muddatlarda
198
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI
ko‘rib chiqiladi. Sudning fuqaponi muomala layoqati cheklangan deb
topish to‘g‘pisidagi hal qiluv qapopi chiqarilishi muomala layoqati
cheklangan shaxsga homiy tayinlashi uchun asos bo‘ladi.
Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish to‘g‘risidagi ariza mazkur
fuqaro yashab turgan joydagi, agar bu shaxs davolash muassasiga
joylashtirilgan bo‘lsa, mazkur muassasa joylashgan xududdagi sudga
beriladi.
Sudya arizani olgach, ishni sudda ko‘rishga tayyorlash tartibida,
fuqarolarning ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi to‘g‘risidagi manfaatdor
shaxslar tomonidan to‘plangan va sudga taqdim etilgan hujjatlarni yetarli
bo‘lganida, uning ruhiy ahvolini aniqlash uchun sud-ruhiy ekspertizasini
tayinlaydi.
Fuqarolarni muomalaga layoqatsiz deb topish to‘g‘risidagi ishni sud
prokurorning vasiylik va homiylik organlari vakilining ishtiroki bilan
ko‘radi. Ishi ko‘rilayotgan fuqarolarning sog‘lig‘i imkon bersa, u sudga
chaqiriladi.
Sudning fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish to‘g‘risidagi hal
qiluv qarori muomalaga layoqatsiz shaxsga vasiy tayinlash uchun asos
bo‘ladi.
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, sud fuqaroning o‘zi,
uning homiysi, shuningdek FPKning 310-moddasida sanab o‘tilgan
tashkilotlar va shaxslar bergan arizaga binoan fuqaroning muomala
layoqatini cheklashni va unga nisbatan belgilangan homiylikni bekor qilish
to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqaradi. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
hollarda, sud vasiy, shuningdek FPKning 310-moddasida sanab o‘tilgan
tashkilotlar va shaxslar bergan arizaga binoan, sud-psixiatriya
ekspertizasining xulosasiga asoslanib, sog‘aygan fuqaroni muomalaga
layoqatli deb topish haqida hal qiluv qarori qabul qiladi (FPKning 315-
moddasi).
Ruhiy kasalligi sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar
tuzalgani holda sud FPKning 310-moddasida ko‘rsatilgan tashkilotlar va
shaxslar bergan arizaga binoan sud-ruhiy ekspertizaning xulosasiga
asoslanib, muomalaga layoqatli deb topilishi hamda uning ustidan
belgilangan vasiylikni bekor qilish haqida hal qiluv qarorini chiqarilishi
lozim. Bu turkumdagi ishlar ishni alohida tartibda yuritish talablariga
asosan ko‘riladi. Sudga fuqaroning o‘zini, uning homiysini, shuningdek
FPKning 310-moddasida ko‘rsatilgan davlat organlari, tashkilotlar jalb
qilinadi.
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI
FKning 30-moddasi uchinchi qismida ko‘rsatilgan hollarda fuqaroni
muomalaga layoqatli deb topish uchun sud vasiyning, shuningdek
FPKning 310-moddasida ko‘rsatilgan davlat organlari, tashkilotlar va
shaxslarning, sud-psixiatriya ekspertizasining ekspertini ishtirokida ishni
mazmunan ko‘radi.
Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz
deb topish to‘g‘risidagi ishlarni yuritish bilan bog‘liq sud xarajat-lari
arizachidan undirilmaydi. Agar sud ariza fuqaroning oila a’zolari
tomonidan insofsizlik qilib, asossiz ravishda fuqaro-ning muomala
layoqatini cheklash yoki uni muomala layoqatidan mahrum etish
maqsadida ataylab berilgan deb topsa, sud xarajatlarini oila a’zolaridan
undiradi (FPKning 316-moddasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |