Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

O‘zbekiston 
Respublikasining  Konstitutsiyasi  hisoblanadi    (11,  106,  107,  108,  110, 
112,  113,  114,  115,  116-moddalari).  Konstitutsiya  fuqarolik  protsessual 
qonunchilikning rivojlanishidagi muhim huquqiy bazadir.  
Ta’kidlash  joizki,  Konstitutsiyamizning  ayrim  boblari  va  xatto 
moddalari 
ham 
fuqarolik 
protsessual 
huquqining 
institutlarini 
rivojlantirishda  muhim  rol  o‘ynaydi.  Masalan,  Konstitutsiyaning 
“O‘zbekiston  Respublikasining  sud  hokimiyati”  deb  nomlangan  
XXII  bobi  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Unga  ko‘ra,  “O‘zbekiston 
Respublikasida  sud  hokimiyati  qonun  chiqaruvchi  va  ijro  etuvchi 
hokimiyatlardan,  siyosiy  partiyalardan,  boshqa  jamoat  birlashmalaridan 
mustaqil  holda  ish  yuritadi”  (106-modda).  Bu  haqdagi  maxsus  qoidaning 
kiritilishi  ham  sudlarning  chinakam  mustaqilligini  ta’minlash,  ularning 
insonparvar  demokratik  huquqiy  davlat  va  kuchli  fuqarolik  jamiyatini 
barpo etishdagi rolini oshirishga xizmat qiladi. 
Fuqarolik  sud  ishlarini  yuritish  jarayonida  amal  qiladigan  asosiy 
prinsiplarga  doir  qoidalarning  (112,  115-moddalar)  Bosh  qomusimizda 
belgilanishi sud ishlarini to‘g‘ri, o‘z vaqtida ko‘rilishi hamda hal etilishini 
ta’minlaydi.  Xususan,  Konstitutsiyaning    112-moddasida  sudyalarning 
mustaqilligi  va  faqat  qonunga  bo‘ysunishlari  to‘g‘risida  qoida  mavjud 
bo‘lib, ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron 
bir  tarzda  aralashishga  yo‘l  qo‘yilmasligi  va  bunday  aralashish  qonunga 
muvofiq  javobgarlikka  sabab  bo‘lishi  o‘z  ifodasini  topgan.  Qayd  etish 
lozimki,  sudlarning  mustaqilligi  mamlakatimizda  odil  sudlovni  hech 
kimning aralashuvisiz, xolisona amalga oshirishga qodir bo‘lgan mustaqil 
va  nufuzli  sud  hokimiyatining  mavjud  bo‘lishining  asosiy  shartlaridan 
biridir. 
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar 
strategiyasi  to‘g‘risida”gi  Farmoni  bilan  tasdiqlangan  2017-2021  yillarda 
O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‘nalishi 
bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasini  “Xalq  bilan  muloqot  va  inson 
manfaatlari  yili”da  amalga  oshirishga  oid  Davlat  dasturi
2
  asosida  qabul 
qilingan  qonunchilik  bilan  sudya  birinchi  marta  besh  yillik  muddatga, 
                                                            
2
  Ўзбекистон  Республикаси  Президентининг  2017  йил  7  февралдаги  “Ўзбекистон  Респуб-ликасини  янада 
ривожлантириш  бўйича  ҳаракатлар  стратегияси  тўғрисида”ги  ПФ–4947-сон  Фармони  //  Ўзбекистон 
Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017. 13 февраль, 6-сон, 70-модда. 


 
 
10 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
navbatdagi  o‘n  yillik  muddatga  va  sudyalik  lavozimida  bo‘lishning 
muddatsiz  davriga  belgilangan  tartibda  tayinlanishi  yoki  saylanishi 
belgilandi 
(“Sudlar 
to‘g‘risida”gi 
yangi 
tahrirdagi 
qonunning  
63
1
-moddasi).
3
  O‘z  navbatida  mazkur  yangilik  xalqaro  standartlar  va 
rivojlangan demokratik davlatlarning qonunchilik tajribasiga mos keladi.  
Konstitutsiyaning 107-moddasida mamlakatimizda odil sudlovni amalga 
oshiradigan sudlarning to‘liq ro‘yxati berilgan bo‘lib, unga ko‘ra O‘zbekiston 
Respublikasida  sud  tizimini  quyidagi  sudlar  tashkil  etadi:  O‘zbekiston 
Respublikasi  Konstitutsiyaviy  sudi,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi, 
harbiy  sudlar,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  fuqarolik  va  jinoyat  ishlari 
bo‘yicha  sudlari,  fuqarolik  va  jinoyat  ishlari  bo‘yicha  viloyat  va  Toshkent 
shahar sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar 
iqtisodiy va ma’muriy sudlar, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, 
shahar  sudlari,  jinoyat  ishlari  bo‘yicha  tuman,  shahar  sudlari,  tumanlararo, 
tuman, shahar iqtisodiy sudlari va tuman, shahar ma’muriy sudlaridan iborat. 
Favqulodda  sudlar  tuzishga  yo‘l  qo‘yilmasligi  haqidagi  qoidaning 
Asosiy  qonunimizda  mustahkamlab  qo‘yilishi  esa  jamiyatda  sud 
hokimiyatining  nufuzini  oshirishga,  hokimiyatlarning  bir-birini  tiyib 
turishi  to‘g‘risidagi  tamoyilning  amalda  o‘z  ifodasini  topishiga  hamda 
inson  huquq  va  erkinliklarini  qo‘shimcha  ravishda  kafolatlashga  xizmat 
qiladi.  
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  113-moddasida  hamma 
sudlarda ishlar ochiq ko‘rilishi, ishlarni yopiq majlisda tinglashga qonunda 
belgilangan  hollardagina  yo‘l  qo‘yilishi  haqidagi  qoidalar  belgilangan. 
Mazkur  qoida  shuningdek,  Fuqarolik  protsessual  kodeksida  ham  o‘z 
ifodasini  topgan  bo‘lib,  unga  ko‘ra  barcha  sudlarda  ishlar  muhokamasi 
oshkora  o‘tkaziladi.  Davlat  siriga,  farzandlikka  olish  siriga  taalluqli 
ma’lumotlar  mavjud  bo‘lgan  ishlar bo‘yicha  va  qonunda  nazarda  tutilgan 
boshqa  hollarda  ishning  muhokamasi  yopiq  sud  majlisida  o‘tkaziladi. 
Sudning  hal  qiluv  qarori  barcha  hollarda  oshkora  o‘qib  eshittiriladi 
(FPKning 12-moddasi). 
Fuqarolik 
protsessual 
huquqining 
muhim 
manbai 
sifatida         
O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan yangi 

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish