Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

9.4. Arizani ko‘rmasdan qoldirish 
 
FPKning  122-moddasiga  muvofiq,  sud  quyidagi  hollarda  arizani 
ko‘rmasdan qoldiradi, agar: 
1) 
ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa; 
2) 
manfaatdor shaxs nomidan ariza ish yuritishga vakolati bo‘lmagan 
shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa; 
3) 
fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  sudning,  iqtisodiy  sudning  yoki 
hakamlik  sudining  ish  yurituvida  ayni  bir  taraflar  o‘rtasidagi,  ayni  bir 
predmet  to‘g‘risidagi  va  ayni  bir  asoslar  bo‘yicha  nizo  yuzasidan  ish 
mavjud bo‘lsa; 
4) 
taraflar  o‘rtasida  ushbu  nizoni  hal  qilish  uchun  hakamlik  sudiga 
topshirish to‘g‘risida hakamlik bitimi tuzilgan bo‘lsa; 
5) 
ishni  o‘zining  ishtirokisiz  muhokama  qilishni  iltimos  qilmagan 
taraflar  ikkinchi  chaqiruv  bo‘yicha  ham  uzrli  sabablarsiz  sudga  kelmasa, 
sud esa ishga oid mavjud materiallar asosida ishni hal qilish mumkin emas, 
deb hisoblasa; 
6) 
ishni  o‘zining  ishtirokisiz  muhokama  qilishni  iltimos  qilmagan 
da’vogar  ikkinchi  chaqiruv  bo‘yicha  sudga  kelmasa,  javobgar  esa  ishni 
mazmunan ko‘rishni talab qilmasa; 
7) 
alohida tartibda yuritiladigan ishni muhokama qilish vaqtida sudga 
taalluqli huquq to‘g‘risida nizo kelib chiqsa; 
8) 
xotini homilador bo‘lgan vaqtda yoki bola tug‘ilganidan keyin bir 
yil  davomida  er  xotinining  roziligisiz  nikohni  bekor  qilish  to‘g‘risida 
da’vo taqdim etgan bo‘lsa; 
9) 
da’vogar tomonidan arizani ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida ariza 
berilgan bo‘lsa; 
10) 
da’vogar  tomonidan  nizoni  javobgar  bilan  sudgacha  hal  qilish 
tartibiga rioya qilinmagan, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda 
tutilgan bo‘lsa; 
11) 
mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish to‘g‘risidagi ariza qonunda 
belgilangan  muddatdan  oldin  yoki  egasiz  mol-mulkni  (ashyoni)  aniqlash 
va  hisobga  olishning  qonunda  nazarda  tutilgan  tartibi  buzilgan  holda 
berilgan bo‘lsa. 
Arizani  ko‘rmasdan  qoldirish  to‘g‘risida  sud  ajrim  chiqaradi. 
Ajrimda  sud  ishning  hal  etilishiga  to‘sqinlik  qilayotgan,  FPK  122-
moddasining  2,  5,  6,  7,  8,  10  va  11-bandlarida  sanab  o‘tilgan  holatlarni 
bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatishi shart. 


 
 
118 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
Sud  FPK  122-moddasining  1,  3  va  4-bandlarida  nazarda 
tutilgan asoslar bo‘yicha arizani ko‘rmasdan qoldirib, ajrimda davlat bojini 
qaytarish va da’voni ta’minlash yuzasidan ko‘rilgan choralarni bekor qilish 
haqida  ko‘rsatadi.  FPK  122-moddasining  5,  6  va  7-bandlarida  nazarda 
tutilgan asoslar bo‘yicha arizani ko‘rmasdan qoldirish haqidagi sud ajrimi 
ustidan  xususiy  shikoyat  (protest)  berilishi  mumkin.  Arizani  ko‘rmasdan 
qoldirish  uchun  asos  bo‘lgan  holatlar  bartaraf  etilganidan  keyin 
manfaatdor  shaxs  sudga  ariza  bilan  umumiy  tartibda  yangidan  murojaat 
qilishga haqli. 
Sud  qonunda  ko‘rsatilgan  hollarda  arizani  ko‘rmasdan  qoldirish 
to‘g‘risidagi  ajrimni  bekor  qilishi  mumkin.  Masalan,  agar  taraflar  sud 
majlisiga  uzrli  sabablarga  ko‘ra  kela  olmaganliklarini  tasdiqlovchi 
dalillarni  taqdim  etsalar,  da’vogar  yoki  javobgarning  iltimosnomasiga 
binoan  sud  FPKning  122-moddasi  5  va  6-band-lariga  asosan  arizani 
ko‘rmasdan  qoldirish  to‘g‘risida  chiqargan  o‘z  ajrimini  bekor  qiladi. 
Sudning bunday iltimosnomani qanoatlan-tirishni rad etish haqidagi ajrimi 
ustidan  xususiy  shikoyat  berilishi  va  xususiy  protest  keltirilishi  mumkin 
(FPKning 123-moddasi). 
Sudning  arizani  ko‘rmasdan  qoldirish  to‘g‘risidagi  ajrimi  ishning 
ilgarilashiga  keyingi  harakatlanishiga  to‘sqinlik  qilishi  mumkin.  Shuning 
uchun  ham  mazkur  ajrimlar  sud  tomonidan  ajrim  topshirilgan  kundan 
e’tiboran o‘n kun ichida taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar 
apellatsiya  instansiyasi  sudiga  sudning  hal  qiluv  qaroridan  alohida 
shikoyat berishlari, prokuror esa, protest keltirishi mumkin. 

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish