Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna


 Uy-joy oid nizolarning taalluqliligi va sudlovliligi



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

15.2 Uy-joy oid nizolarning taalluqliligi va sudlovliligi 
 
:  
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumi  qarorlarida 
fuqarolarning  uy-joy  sharoitlarini  yaxshilash,  yordamchi  xonalarni  qayta 
qurish  va  o‘zgartirishga  rozilik  berish  masalalarini  hal  qilish  mahalliy 
davlat  hokimiyati  organlari  va  ijaraga  beruvchilarning  vakolatiga  tegishli 
ekanligidan  kelib  chiqib,  bunday  masalalar  bo‘yicha  da’volar  sudga 
taalluqli emasligi ko‘rsatilgan.  
Turar-joyga  oid  huquqiy  munosabatlardan  kelib  chiqadigan  nizolar 
O‘zbekiston  Respublikasi  Uy-joy  kodeksining  104-113-moddalarida 
ko`rsatilgan,  ya’ni  turar  joylar  o‘zboshimchalik  bilan  egallangan  hollarda 
uyning  yemirilish  xavfi  bo‘lgan  hollar  bunday  uylarda  yashovchilarni 
xizmat  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  turar  joylardan,  yotoqxonalardan  va 
mehmonxonalardan  ko‘chirish  to‘g‘risidagi  ishlar  sudlarga  taalluqli 
bo‘lmasdan,  ma’muriy  organlarga,  ya’ni  prokuratura  organlariga  taalluqli 
Uy-jоy nizоlаri 
quyidаgi оrgаnlаrgа 
tааlluqli
mаhаlliy dаvlаt 
hоkimiyat оrgаnlаri
prоkurаturа 
fuqаrоlik ishlаri 
bo‘yichа sudlаr


 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
 
bo‘ladi.  Turar  joylarni  o‘zboshimchalik  bilan  egallab  olgan  yoki  avariya 
holatida  deb  topilgan  uylarda  yashayotgan  shaxslar  prokuror  sanksiyasi 
asosida ma’muriy tartibda ko‘chiriladilar (Uy-joy kodeksi 70-moddasi). 
Uy-joyga  oid  huquqiy  munosabatlardan  kelib  chiqadigan  ishlarni 
qaysilari sudga taalluqli ekanligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
sudi  Plenumi  qarorlarida  tushuntirishlar  berib  o‘tilgan.  O‘zbekiston 
Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  “Uy-joy  nizolari  bo‘yicha  sud 
amaliyoti  haqida”gi  qaroriga  ko‘ra,  sudlar  quyidagi  nizolarni  hal  etishga 
vakolatli:  
-  xususiy  va  davlat  uy-joy  fondlariga  qarashli  turar-joylarni  ijaraga 
beruvchi hamda ijaraga oluvchilar, ularning oila a’zolari o‘rtasidagi uy-joy 
munosabatlari bo‘yicha vujudga kelgan nizolar; 
- uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi bilan fuqarolar o‘rtasidagi uy-
joy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolar; 
-  davlat  uy-joy  fondining  turar-joyiga  berilgan  hujjatni  (orderni) 
haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi nizolar; 
- ijara shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish to‘g‘risidagi nizolar; 
-  Uy-joy  kodeksining  71-74,  79,  85-moddalarida  ko‘rsatilgan  asoslar 
bo‘yicha turar-joydan ko‘chirish bilan bog‘liq nizolar; 
-  fuqarolik  huquq  majburiyatlari  asosida  vujudga  keladigan  uy-joy 
bilan bog‘liq nizolar; 
- yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi 
munosabati bilan vujudga keladigan nizolar. 
 
Davlat  uy-joy  fondidagi  turar-joyni  xususiylashtirishni  amalga 
oshirishda  fuqaro  va  mulkdorlarning  huquqini  himoya  qilish  munosabati 
bilan  vujudga  keluvchi  nizolarni  sudga  taalluqli  bo‘lishi  O‘zbekiston 
Respublikasi 
Oliy 
sudi 
Plenumining 
1997-yil 
2-maydagi 
“Xususiylashtirilgan  turar-joylarga  egalik  qilish,  ulardan  foydalanish  va 
uni  tasarruf  qilish  bilan  bog‘liq  ishlar  bo‘yicha  sud  amaliyoti  haqida”  gi 
qarorida ko‘rsatilgan.  
  Turar joyni almashtirish to‘g‘risidagi nizolar ham sudga taalluqlidir.
 
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 107 -moddasiga ko‘ra, 
turar joyning mulkdori va uning voyaga yetgan oila a’zolari, hamda u bilan 
doimiy  yashayotgan  fuqarolar,  uy-joy  qurilish  kooperativi  a’zosi  va  pay 
jamg‘armasining qismiga huquqi bo‘lgan uning oila a’zolari o‘rtasida turar 
joyni  almashtirish  to‘g‘risida  kelishuvga  erishilmagan  bo‘lsa,  ulardan  har 
biri  egallab  turgan  joyini  turli  uylar,  kvartiralardagi  turar  joylarga 
majburan almashtirishni sud tartibida talab qilishga haqlidirlar. 


 
 
178 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
Uy-joyga  oid  huquqiy  munosabatlardan  kelib  chiqadigan  ishlarning 
sudlovliligi  ham  o‘ziga  xos  xususiyatga  ega.  Ushbu  ishlarda  xududiy 
sudlovlilikning  mustasno  sudlovlilik  qoidalari  qo‘llaniladi.  O‘zbekiston 
Respublikasi  Fuqarolik  protsessual  kodeksining  35-moddasiga  ko‘ra, 
imoratga  bo‘lgan  huquq  to‘g‘risidagi,  mol-mulkni  xatlashdan  chiqarish 
haqidagi,  yer  maydonidan  foydalanish  tartibini  belgilash  to‘g‘risidagi 
da’volar  imorat,  mol-mulk  yoki  yer  maydoni  joylashgan  hududdagi 
sudning sudloviga taalluqlidir.  
Meros  qoldiruvchining  kreditorlari  meros  vorislar  tomonidan  qabul 
qilinguniga qadar qo‘zg‘atgan da’volar meros mol-mulk yoki uning asosiy 
qismi joylashgan hududdagi sudning sudloviga tegishlidir. 
Demak, yuqoridagi qoidadan ko‘rinib turibdiki, mazkur turdagi ishlar 
uy-joy joylashgan joydagi sudning sudloviga tegishli bo‘ladi.  

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish