Sirtdan ish yuritish tartibining o‘ziga xos xususiyatlari:
sirtdan ish yuritishda sud ishda mavjud dalillarni tekshirish bilan
kifoyalanadi, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vaj va iltimoslarini
e’tiborga oladi;
da’vogar tomonidan da’voning predmeti yoki asosi, da’vo talablari
miqdori o‘zgartirilganda sud mazkur sud majlisida ishni sirtdan ish
yuritish tartibida ko‘rishga haqli emas. Bu holda ishni ko‘rish da’vo
arizasini da’vo predmeti yoki asosi, da’vo talablari miqdori
o‘zgartirilgan holda javobgarga topshirish uchun keyinga qoldiriladi;
agar sud majlisiga kelmagan javobgardan ishni uning ishtirokisiz
ko‘rish haqida ariza kelib tushsa, ish sirtdan ish yuritish tartibida
emas, umumiy tartibda ko‘rilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |