1.2. Jinoyat huquqining huquq tizimidagi o„rni va uning boshqa huquq
sohalari bilan o„zaro aloqasi
Jinoyat huquqi huquq tizimida o‗ziga xos o‗rin tutadi. Chunki jinoyat huquqi
fani o‗rganadigan ijtimoiy munosabatlar, huquqning boshqa tarmoqlari bilan
qamrab olingan ijtimoiy munosabatlarni tashkil etadi. Jumladan, huquqning har bir
sohasida amalda bo‗lgan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazilgan yoki bunday
zarar yetkazilishining real xAfvi mavjud bo‗lganda mazkur munosabatlarning
jinoyat-huquqiy muhofaza qilinishi talab etiladi. Bunday hollarda jinoyat huquqi
boshqa huquq tarmog‗iga oid munosabatlarni muhofaza qilishga kirishadi.
Jinoyat huquqi bir qator huquq tarmoqlari bilan uzviy bog‗liq. Bular
jumlasiga kriminologiya, jinoyat-ijroiya huquqi, ma‘muriy javobgarlik, jinoyat-
protsessual huquqi, konstitutsiyaviy huquq, fuqarolik huquqi, tadbirkorlik va
biznes huquqi va boshqalar kiradi.
Jinoyat huquqi jinoiy javobgarlik va uning asoslarini o‗rgatsa, Kriminologiya
jinoyatchilik, jinoyatchi shaxsi, jinoyatchilikning sabablari va ularni sodir
etishning
shart-sharoitlari,
jinoyatchilikning oldini olishni o‗rganishga
bag‗ishlangan. Mazkur fanlarning o‗zaro aloqasi shundaki, ularda jinoyatga
aloqador bo‗lgan barcha xususiyatlar tahlil qilinadi va o‗rganiladi. Jinoyat huquqi
va kriminologiya fanlari jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan bilimlarni berib,
fuqarolarni Konstitutsiya va qonunlarga itoatkor bo‗lishga undaydi.
Jinoyat huquqi fani Jinoyat-ijroiya huquqi fani bilan ham chambarchas
bog‗liqdir. Chunki jinoyat huquqi jinoiy jazo va boshqa jinoyat-huquqiy ta‘sir
choralari, ularning tizimi va turlarini o‗rgansa, jinoyat-ijroiya huquqi fani mazkur
jazo hamda choralarni ijro etish tartibi, mahkumlarning huquqiy holati, jazoni ijro
etish muassasalari to‗g‗risida bilim beradi.
Jinoyat huquqi fani Ma‘muriy javobgarlik fani bilan uzviy aloqadadir.
Huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ma‘muriy javobgarlik va jinoyatni sodir
etganlik uchun jinoiy javobgarlik yuridik javobgarlik tizimida o‗xshash belgilarni
qamrab oladi. O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining qirqdan ziyod
normalarida ma‘muriy preyuditsiyali jinoyat tarkiblari belgilangan. Ma‘muriy
preyuditsiya o‗z tabiatiga ko‗ra muayyan ma‘muriy huquqbuzarlikni sodir etgan
shaxslarni bir yil ichida takroran yana shu qilmishni bir marta sodir etishni o‗zida
ifoda etadi. Bundan tashqari, ma‘muriy javobgarlik fani huquqbuzarlik va uni sodir
etganlik uchun qo‗llanilishi mumkin bo‗lgan jazolarni o‗rganadi va bu jihatlari
bilan ham jinoyat huquqi faniga yaqin fan hisoblanadi.
7
Do'stlaringiz bilan baham: |