To„rtinchi bosqich
2015-yildan keyingi davrni o‗z ichiga olib, u
2015-yil 10 hamda 20-avgustlarda qabul qilingan ―O‗zbekiston Respublikasi ayrim
qonun hujjatlariga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritish to‗g‗risida‖gi qonunlarning
qabul qilinishi bilan boshlandi.
2015-yil
10-avgustda
―O‗zbekiston Respublikasining ayrim qonun
hujjatlariga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritish to‗g‗risida‖gi Qonunining qabul
qilinishi natijasida Jinoyat kodeksi jazolar tizimiga yangi (48
1
-modda)
ozodlikni
cheklash
jazosi penalizatsiya qilindi. Mazkur normaga muvofiq, ozodlikni
cheklash sud tomonidan mahkumga nisbatan yashash joyini u yoki bu sabab bilan
tark etishni butunlay taqiqlashdan yoki sutkaning muayyan vaqtida yashash
joyidan chiqishni cheklashdan iboratdir.
Darhaqiqat, bugungi kunda insonparvarlik va odillik tamoyillariga mos,
shaxsni jamiyatdan ajratmasdan turib, uni axloqini tuzatuvchi, jinoyatlarni oldini
olishga xizmat qiluvchi jazolarning samaradorligi oshirish hukumatimiz diqqat-
e‘tibori markazida bo‗layotganligi bejiz emas.
Qabul qilingan qonunga muvofiq Jinoyat kodeksi Umumiy qismining 20 ga
yaqin, Maxsus qismining 100 dan ziyod moddalariga o‗zgartish va qo‗shimchalar
kiritildi.
Shu
bilan
birga,
2015-yil
15-maydagi
O‗zbekiston Respublikasi
Prezidentining ―Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli
himoya qilishni ta‘minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‗lidagi to‗siqlarni bartaraf
etish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi Farmoni asosida 2015-yil 20-avgustda
―O‗zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni,
tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni
17
jadal rivojlantirish yo‗lidagi to‗siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‗zgartish va
qo‗shimchalar kiritish to‗g‗risida‖gi Qonuni qabul qilindi.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‗zgartirish va qo‗shimchalar kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish,
biznes muhitni yaxshilash, pirovardda xalqimiz farovonligini yuksaltirishga
qaratildi.
Jumladan, agar shaxs O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 184-
moddasida nazarda tutilgan jinoyatni (soliqlar yoki boshqa majburiy to‗lovlarni
to‗lashdan bo‗yin tovlash) birinchi marotaba sodir etib, soliq tekshiruvi
materiallarini ko‗rib chiqish natijalari bo‗yicha davlat soliq xizmati organining
qarorini olgan kundan e‘tiboran o‗ttiz kun ichida soliqlar va boshqa majburiy
to‗lovlar, shu jumladan penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga
yetkazilgan zararning o‗rnini to‗liq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
Shuningdek, Jinoyat kodeksiga aybdor tomonidan soxta bankrotlik va
bankrotlikni yashirish orqali yetkazilgan moddiy zarar to‗liq qoplanganda
ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo qo‗llanilmasligini nazarda tutuvchi
rag‗batlantiruvchi norma o‗zgartirildi.
Savdo yoki xizmat ko‗rsatish qoidalarini ancha yoki ko‗p miqdorda
buzganlik uchun javobgarlik jinoiy yurisdiksiyadan ma‘muriy yurisdiksiyaga
o‗tkazildi.
Jinoyat kodeksining Maxsus qismi Sakkizinchi bo‗limidagi Atamalarning
huquqiy ma‘nosidan ―mas‘ul mansabdor shaxs‖ atamasi chiqarib tashlandi.
Shu bilan birga, tadbirkorlik tuzilmalari va boshqa nodavlat tashkilotlarida
ma‘muriy-taqsimot va ma‘muriy-xo‗jalik vakolatlarini amalga oshiruvchi
mansabdor shaxslar javobgarligini yumshatish va tadbirkorlik faoliyatiga to‗sqinlik
qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan bog‗liq hamda xo‗jalik yurituvchi
subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa
jinoyatlar uchun javobgarlik belgilandi. Jumladan, Jinoyat kodeksiga xususiy mulk
huquqini buzish, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish va moliya-
xo‗jalik faoliyatini taftish qilish tartibini buzish, tadbirkorlik subyektlarining
faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari bo‗yicha operatsiyalarni
qonunga xilof ravishda to‗xtatib turish, tadbirkorlik subyektlarini homiylikka va
boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish, litsenziyalash to‗g‗risidagi qonun
hujjatlarini va ruxsat berish tartib-taomillari to‗g‗risidagi qonun hujjatlarini buzish,
imtiyozlar va preferensiyalarni qo‗llashni g‗ayriqonuniy ravishda rad etish,
qo‗llamaslik yoki qo‗llashga to‗sqinlik qilish, xo‗jalik yurituvchi subyektlarga va
boshqa tashkilotlarga pul mablag‗lari berishni asossiz ravishda kechiktirish,
tadbirkorlik subyektlarining hisobvaraqlarida pul mablag‗lari mavjudligi
to‗g‗risidagi axborotni qonunga xilof ravishda talab qilib olish, tijoratda pora
evaziga og‗dirib olish va boshqa qilmishlar uchun javobgarlik belgilandi. Shu
munosabat bilan Jinoyat kodeksi 205–214-moddalari yangi tahrirda bayon etildi.
Jumladan, 2017-yil 29-martdagi 421-sonli ―Fuqarolarning huquq va
erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta‘minlashga doir qo‗shimcha
chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‗zbekiston Respublikasining
18
ayrim qonun hujjatlariga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritish to‗g‗risida‖gi
O‗zbekiston Respublikasi Qonuni
2
bilan ―qamoq‖ tariqasidagi jinoiy jazo
depenalizatsiya qilinib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‗liq bo‗lmagan
―majburiy jamoat ishlari‖ tariqasidagi jinoiy jazo penalizatsiya qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |