231
O‗zbekiston Respublikasining jinoyat qonunchiligiga ko‗ra, jinoiy
javobgarlikka tortishning eng kichik yoshi o‗n uch yosh hisoblanadi.
Fuqarolik qonunchiligi mazmuniga ko‗ra shaxs 18 yoshga to‗lganda voyaga
yetgan hisoblanadi
32
.
Voyaga yetmagan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishning xususiyatlari JK
Umumiy qismi VI bo‗limida o‗z aksini topgan. Jinoyat qonunchiligida voyaga
yetmagan shaxsga jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik
belgilashda qonun
chiqaruvchi tomonidan uning yoshi, o‗ziga xos fiziologik va intellektual
rivojlanishi, o‗z xatti-harakatlarining mohiyatini anglash qobiliyati va boshqa
omillar hisobga olingan.
JK 17-moddasiga muvofiq, jinoyat sodir etgunga qadar o‗n olti yoshga
to‗lgan, aqli raso jismoniy shaxslar javobgarlikka tortiladilar. Lekin o‗n
sakkiz
yoshga to‗lgunga qadar jinoyat sodir etgan shaxslar umumiy qoidalarga muvofiq
javobgarlikka tortilsalar-da, ularga jazo belgilashda voyaga yetmaganlar
javobgarligining xususiyatlari hisobga olinadi. Shuningdek,
voyaga yetmaganlar,
ularning harakatlarida faqat JK 17-moddasida ko‗rsatib o‗tilgan moddalardagi
jinoyat tarkibi mavjud bo‗lgan hollardagina javobgarlikka tortilishi mumkin.
JK 17-moddasiga ko‗ra, umumiy jinoiy javobgarlik yoshi 16 yosh qilib
belgilangan bo‗lsa-da, qasddan odam o‗ldirganliklari uchun 14 yoki
og‗irlashtiruvchi holatlar mavjud bo‗lsa, jinoiy javobgarlikka 13 yoshdan ham
tortilishi mumkinligi belgilangan. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan
jinoyatlarni
tergov qilish, ularga nisbatan turli majburlov hamda jazo choralarini
tayinlashda uning bu yo‗lga qayta kirmasligi, qilmishdan afsuslanish kabi
jihatlarga alohida e‘tibor qaratilib, bu holatni bartaraf etishda jazolash emas, balki
tarbiyalash, keyingi jinoyatlarning oldini olish, uning zararlangan ongini davolash
muhimroq degan g‗oyaga amal qilinadi.
Negaki, voyaga yetmagan shaxs har doim ham o‗z harakatlarining ijtimoiy
ahamiyatini anglamaydi, ba‘zan esa ularning haqiqiy xarakterini tushunib yetmaydi
va bu harakatlarning oqibatini oldindan ko‗ra bilmaydi.
Biroq ayrim hollarda
qonun chiqaruvchi voyaga yetmagan shaxslarni barvaqt jinoiy javobgarlikka
tortilishi lozimligi haqidagi qoidani ham o‗rnatgan. Jumladan, jinoyat sodir
etgunga qadar o‗n uch yoshga to‗lgan shaxslar javobgarlikni og‗irlashtiruvchi
holatlarda qasddan odam o‗ldirganliklari (97-moddaning 2-qismi) uchun
javobgarlikka tortiladi.
Voyaga yetmagan jinoyatchilar o‗zining yoshiga ko‗ra,
muayyan ijtimoiy-
psixologik, psixofiziologik rivojlanish jamiyatga moslashuv darajasi va boshqa
xususiyatlariga ega. Shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan qo‗shimcha
jazolar tayinlanishi mumkin emasligi belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: