2.4. Jinoyat qonuni normasi tushunchasi, tuzilishi va turlari
Jinoyat qonuni normasi deganda o‗zida davlat tomonidan o‗rnatilgan, yuridik
ahamiyatga ega bo‗lgan, jinoyat va jazoga aloqador qoidalarni aks ettirgan, davlat
hamda fuqarolar o‗rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi, ularga huquq
beruvchi va muayyan majburiyat yuklovchi jinoyat qonunining tarkibiy qismi
tushuniladi. Jinoyat qonuni normasi Jinoyat kodeksi moddalarida ifodalanib,
yozma shaklda namoyon bo‗ladi. Jinoyat qonuni normasi va moddalarining
quyidagi ko‗rinishlarini ajratish mumkin.
1. Jinoyat qonuni normasi Jinoyat kodeksining bir moddasida aks
ettirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |