Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

 
 
2.1. Jinoyat qonuni tushunchasi 
 
Jinoyat qonuni 
deganda, javobgarlikning asoslari va prinsiplarini, qanday 
ijtimoiy xavfli qilmishlar jinoyat ekanligini aniqlaydigan va ijtimoiy xavfli 
qilmishlar sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‗llanilishi mumkin bo‗lgan jazo 
hamda boshqa huquqiy ta‘sir choralarini, ularni tayinlashning umumiy qoidalarini 
o‗zida aks ettirgan O‗zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjati 
tushuniladi. O‗zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi yuqorida qayd etilgan 
ta‘rifni o‗zida mujassam etadi. Jinoyat kodeksi va jinoyat qonuni aynan bir xil 
tushunchadir. 
O‗zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 1994-yil 22-sentabrda qabul 
qilinib, 1995-yil 1-apreldan kuchga kirgan. 
Jinoyat kodeksining 1-moddasiga muvofiq O‗zbekiston Respublikasining 
jinoyat to‗g‗risidagi qonun hujjatlari Konstitutsiya va xalqaro huquqning 
umume‘tirof etilgan normalariga asoslangan Jinoyat kodeksidan iboratdir. 
Yuqoridagi ta‘rifdan ko‗rinib turganidek, jinoyat to‗g‗risidagi qonun hujjatlari 
jinoyat qonuni tushunchasidan kengroq bo‗lib, u o‗z ichiga O‗zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro huquqning umume‘tirof etilgan 
normalarini ham qamrab oladi. 
Jinoyat kodeksining vazifalari shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat 
va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligi ni 
jinoiy tajovuzlardan qo‗riqlash, shuningdek jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni 
Respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashdan 
iboratdir. Jinoyat qonunining vazifalarini shartli ravishda ikki guruhga ajratish 
mumkin:
1) shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, 
mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligi ni jinoiy tajovuzlardan 
qo‗riqlash;
2) fuqarolarni Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish ruhida tarbiyalash. 
Ana shu vazifalarni amalga oshirish uchun Jinoyat kodeksi javobgarlikning 
asoslari va prinsiplarini, qanday ijtimoiy xavfli qilmishlar jinoyat ekanligini 
aniqlaydi, ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‗llanilishi 


12 
mumkin bo‗lgan jazo va boshqa huquqiy ta‘sir choralarini belgilaydi. 
Amaldagi Jinoyat kodeksiga 300 dan ortiq o‗zgartish va qo‗shimchalar 
kiritish yuzasidan 60 ga yaqin qonunlar qabul qilingan. 

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish