10
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi
vazifalarni amalga oshirish
maqsadga muvofiqdir:
➢
Mamlakat
taraqqiyotini
rivojlantirishda
voyaga
yetmaganlar
jinoyatchiligini oldini olishning ahamiyatini tadqiq etish;
➢
voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi dinamikasiga ta`sir ko`rsatuvchi
omillarni o`rganish;
➢
davlat va jamoat idoralarining bu boradagi faoliyatini o`rganish va
ushbu sohalarda mavjud bo`lgan kamchiliklarni aniqlash;
➢
voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olishga qaratilgan
chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab
chiqishdir.
Bitiruv malakaviy ishining o‘rganilganlik darajasi
. Mazkur muammo
bo‘yicha mamlakatimiz va chet ellik mutaxassislarning ilmiy izlanishlarini shartli
ravishda ikki guruhga ajratishimiz mumkin.
Birinchidan, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi ijtimoiy-huquqiy xodisa
sifatida mamlakatimiz olimlaridan Irsaliyev A.,1 Kulaxmetov A., Kashket E.,
Mirzabek R., Rustambayev M., Toxirov F., Sobirov I., Uteniyazov M.lar,
shuningdek horijlik olimlardan Dolgova A.I., Kapashev V.P., Kudryavsev V.N.,
va boshqa ko‘plab olimlar o‘rganishgan
1
..
Ikkinchidan, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining
kriminologik xodisa
sifatida mamlakatimiz olimlaridan Abdurasulova Q., Zaripov S., Karaketov Y.,
1
Irsaliyev A. Voyaga yetmaganlar jinoyat ishlarini birinchi bosqich sudida yuritishning xususiyatlari. - T.:
2002.; Кулахметов А.Б. Прекрашение уголовного дела с передачей материалов на рассматрение
комиссии по делам несовершеннолетных. -Т.: 1997.: Кашкет Э.Г. Правовые и организационные
проблемы производства по делам несовешеннолетным. -Т.: 1993 Мирзабек Р. Проблема исполнения
наказанеия исправительных учреждениях в отношении рецидивистов совершивших преступления в
несовершеннолетным возрасте.-Т.: 1999.; Rustambayev M.X. Jinoyat xuquqi (Umumiy qism). -T.: TDYI.
2011.; Sobirov I., Toxirov F. Hozirgi davr va voyaga yetmaganlar jin oyatchiligi, Falsafa va huquq instituti. -
T.:2002.; Uteniyazov M.K. Voyaga yetmaganlar giyohvandligining oldini olish muammolari. -T.: 2004.;
Долгова А.И. Криминология. - М.: 1997.; Кашапев В.П.
Уголовная ответственность
несовершеннолетных - М.: Юридический литература. 1997.; Кудрявцев В.Н. Причинность в
криминологии. - М., 1968.
11
Ismoilov N., Niyozova S., Sattorova M., Usmonaliyev M., horijlik olimlardan
Volkov B., Karayev T., Lisov M., Minkovskiy G.lar
tadqiqot olib brogan
2
.
Shu bilan birga, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish
muammosi davlat va jamiyat barqarorligida alohida o‘rin egallasada, ammo ushbu
muammoning hozirgi zamon talablariga
mos tarzda hamda yangicha
yondashuvlar asosida chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqish lozimligi asosiy
ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: