61
qilish va o`tkazish uchun olti soatlik istisno belgilangan joylarda saqlanishi lozim.
Aktda faqat qishloq joylarida 24 soatdan ortiq ushlab turish qoidasi mavjud.
AQSHda voyaga yetmagan jinoyatchiligini oldini olish.
AQSH hukumati
voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish va xavf ostida bo`lgan
bolalarni jinoyatlardan uzoqlashtiradigan samarali usul bu - muammoni hal
qilishdan oldin muammoga zamin yaratmaslik deb baholaydi. Voyaga
yetmaganlar orasida jinoyatchilik sabablarini ko`rib chiqadi va ushbu sabablarni
kamaytirish yoki yo`q qilishga harakat qiladi. Ba`zi sabablar, agar ularni bartaraf
etish qiyin bo`lsa ham, aqlga sig`maydigan darajada ko`rinadi. Biroq, mamlakat
tomonidan bir qancha
dasturlar ishlab chiqilib, bu tizimdagi muammolarga
yechim sifatida quyidagi chora-tadbirlar tizimi shakllantirilmoqda. Bular:
•
ota-onalar uchun ishga joylashish imkoniyatlari;
•
bolalar uchun ta`lim olish imkoniyatlari;
•
maslahat va reabilitatsiya xizmatlari orqali uy sharoitini yaxshilash
choralaridir.
Ushbu o`zgarishlar nafaqat uyda yanada ijobiy muhitni yaratish,
balki
kambag`allikdan holi tarzda sharoit tashkillashtirib, jinoyatga moyil bo`lgan
xavfli oilalarni sog`lom hayot kechirishga jalb qilish uchun ham ishlaydi.
Bevosita bartaraf etilishi mumkin bo`lgan sabablardan biri bu-ruhiy kasallikdir,
chunki ba`zida bu kasalliklar tug`ilishdanoq insonda mavjud bo`ladi. Shunga
qaramay, konsultatsiya va reabilitatsiya markazlari ushbu kasallikning salbiy
ta`sirini kamaytirishga yordam beradi. Masalan, irratsional va zo`ravon xatti-
harakatlar kuzatilgan holatda ulardan halos bo`lishning bosqichma-bosqich usul
va uslublarini ishlab chiqadi va amaliyotda qo`llashda yordam beradi. Yuqorida
aytib o`tganimizdek,
ayrim odamlar, jinoyatchilik barcha shaxslarning shaxsiy
yoki aqlsiz qaror qabul qilishi natijasidan kelib chiqishini, shundan so`ng aniq
jinoyatni sodir etish yoki yo`q qilish kerak bo`lgan yagona holatga tushishiga
ishonadi. Oxir oqibat inson o`z qarorlarini idora qila olmay jinoyatga qo`l urish
tanlov variantini tanlashi insonning o`zgarmas tabiatiga bo`liq ekanligiga
62
ishonadilar. Biroq, voyaga yetmagan shaxslarning tanlovlarini nazorat qilishning
biron bir usuli borligiga va voyaga yetmagan huquqbuzarlikning
sabablarini
bartaraf etishga ishonish juda muhim sanalib, bu o`rinda ota-onalarning roli
muhim ahamiyatga egadir.
Qo`shma Shtatlar atrofida ko`plab bolalar jam`armalari va tashkilotlar
mavjud, ular o`zlarini voyaga yetmagan huquqbuzarliklarni kamaytirish va yo`q
qilishga bag`ishlamoqdalar. Ushbu tashkilotlarning aksariyati yuqorida qayd
etilgan voyaga yetmagan huquqbuzarlikning sabablari uchun vaqtini va pullarini
mazkur turdagi ishlarni nazorat qilish uchun sarflaydi. Voyaga yetmagan bolalar
bilan ishlash adliya va jinoyatchilikni oldini olish idorasi:
AQSh Adliya
vazirligining bir qismi bo`lib, ushbu jinoyatchilikning oldini olish agentligi bu-
huquqbuzar va jabrlanuvchilar sifatida voyaga yetmagan bolalar uchun
mo`ljallangan barcha tadqiqot, profilaktika dasturlari va reabilitatsiya dasturlariga
yo`naltirilgan. Hamkorlik yo`li bilan ushbu tashkilotlar voyaga yetmagan
bolalarga nisbatan odil sudlov siyosati va amaliyotini takomillashtirish va yanada
xavfsizroq jamoalar va mahalla tashkil etishni maqsad qiladi. Xususan, OJJDP
agentligi odam o`g`irlash qurboni hamda jinsiy ekspluatatsiya qurbonlariga
yordam beradi. Hozirgi kunda OJJDP
jinoyatchilikning oldini olish, qizlarning
huquqbuzarligi va alkogol iste`mol qilishning oldini olish uchun ish olib
bormoqda. Ushbu poydevor muhim ahamiyatga ega, chunki u voyaga yetmagan
bolalarga nisbatan odil sudlov va voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi bilan bog`liq
bo`lgan haqiqiy hayot siyosati o`zgarishiga rahbarlik qiladi.
Shu o`rinda aytib o`tish kerakki AQSHda “
Do'stlaringiz bilan baham: