ilk profilaktika, bevosita profilaktika
(yoki so`zning o`z ma`nosidagi
profilaktika) va
restidiv jinoyatlar profilaktikasi
umumiy e`tirof etilgan.
1
Ilk profilaktika
tarbiyaviy ahamiyatga egadir. U rayriijtimoiy,
rayrihuquqiy xulq-atvorni dastlabki bosqichdayoq ogohlantirishni nazar da
tutadi. Bunda profilaktika tadbirlarini amalga oshirishni boshlashga muayyan
rayriijtimoiy qilmish yoki xulq-atvor, chunonchi: manmanlik, qupollik,
yolronchilik va boshqa salbiy harakatlar yoxud shaxsga boshqa odamlar salbiy
ta`sir ko`rsatayotganligining aniqlanganligi signal bo`lishi mumkin.
Bevosita profilaktika
jinoyatni keltirib chiqarishi mumkin bo`lgan
sabablar va shart-sharoitni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.
Restidiv
profilaktika qilish
takroran jinoyat sodir etishga imkoniyat yaratuvchi shart-
sharoit va sabablarni aniqlash va bartaraf etishni nazar da tutadi. Jinoyatlarni
vaqt belgisiga ko`ra profilaktika qilishning uchchala turi ham jinoyatlarning
muayyan guruhlari va turlarini profilaktika qilishga nisbatan qullanilishi
mumkin
43
.
Xozirgi vaqtda adabiyotlarda ham, ijtimoiy subyektlarning amaliy
faoliyatida ham profilaktikaning ikki turi:
umumiy
va
individual
profilaktika
keng tarqalgan
44
.
43
Sattorova M. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini oldini olish. - T.: TDYI. 2006.B-65
44
Usmonaliyev M., Karaketov Y. Kriminologiya. - T.: Yangi asr avlodi. 2007.B-33
53
Umumiy profilaktika faoliyati davlat va jamoat tashkilotlarining
jinoyatchilik sabablarini, jinoyatlarga imkoniyat yaratuvchi shart-sharoitlarni,
shuningdek jinoiy natijaga erishishni engillashtiruvchi holatlarni aniqlash,
o`rganish va bartaraf etish faoliyatini o`z ichiga oladi.
Umumiy profilaktika chora-tadbirlar tizimiga ijtimoiy hodisa sifatida
voyaga yetmaganlar o`rtasida jinoyatchilik sabablarini aniqlash, jinoyatchilik
muayyan turlarining (voyaga yetmaganlarning uta og`ir jinoyat sodir etishlari)
oldini olish, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining sabablari va ularga
imkoniyat yaratuvchi shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish chora-
tadbirlarini kiritish mumkin.
Shunday qilib, umumiy profilaktika chora-tadbirlariga ijtimoiy-
iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy, mafko`raviy, tashkiliy, huquqiy, texnikaviy va
boshqa chora-tadbirlar kiradi.
Jinoyatlar individual profilaktikasining maqsadi jinoyatlarning muayyan
sabablarini bartaraf etish, odamlarda jinoyatlar sodir etilishiga olib kelishi
mumkin bo`lgan g`ayriijtimoiy boqimandalik kayfiyatlari va qarashlariga
barham berishdan iborat.
Individual profilaktika faoliyati o`zaro bog`langan bir necha bosqichdan
tashkil topadi:
1.
xulq-atvori, kayfiyati va qarashlari ular jinoyat sodir etishi
mumkinligidan dalolat beruvchi voyaga yetmaganlarni aniqlash;
2.
voyaga yetmaganlarga salbiy ta`sir ko`rsatuvchi manbalarni
o`rganish;
3.
voyaga yetmaganlarni jinoyat sodir eta olmasligi uchun mumkin
qadar ijobiy muhitni vujudga keltirish;
4.
salbiy ta`sir manbalarini bartaraf etish;
5.
jinoyat sodir etishga moyil voyaga yetmaganlarga tarbiyaviy ta`sir
ko`rsatish (zarur xolda-majburiy tarzda);
6.
mazkur voyaga yetmaganlarning xulq-atvori va turmush tarzini
nazorat qilish;
54
7.
olib borilayotgan ish natijalarini vaqti-vaqti bilan tekshirib turish
45
.
Jinoyatlar profilaktikasi-nafaqat qonunchilik tizimi, balki hamma joyda
barcha odamlar tomonidan huquqiy qoidalarga amal qilish, qonuniylikka qat`iy
rioya etish demakdir. Shuning uchun ham profilaktika faoliyatini yaxshi yo`lga
quyish jinoyatchilikka qarshi kurashning eng muhim, eng samarali va istiqbolli
yo`nalishidir.
1
Shu o`rinda ta`kidlash joizki, bugungi kunda voyaga yetmaganlar
o`rtasida profilaktika ishlarini olib borishda noan`anaviy ulullardan
foydalanish etakchi o`rinni egallaydi. Noan`anaviy uluslar orqali voyaga
yetmaganlar ruhiyatiga ta`sir ko`rsatish oson bo`lib, buning uchun yoshlarning
qiziqishlariga mos ravishda harakat qilish zarur bo`ladi. Xususan, yoshlar
qiziqadigan musiqa, klip, kino va multiplikastion filmlar imkoniyatidan
foydalanish effektiv omillar dan biridir. Buning uchun keng ommaga
tarqatilayotgan musiqa, klip, kino va multiplikastion filmlarda vatanparvarlik,
halollik va shunga o`xshash jamiyat tan olgan royalarni doimiy singdirib borish
zarur. Masalan, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida
“Sardor” hamda “Serjantlar” kabi ko`p seriyali badiiy filmlarning ishlab
chiqilishi natijasida yoshlar o`rtasida vatanni mudofaa qilish, ya`ni harbiy
xizmatni utashga bo`lgan qiziqishini ortishiga olib keldi. O`ylaymizki, shunga
o`xshash yoshlarning psixologiyasiga tez va kuchli ta`sir o`tkazadigan davlat
manfaatlariga xizmat qiladigan badiiy va multiplikastion filmlarning ishlab
chiqilishi yoshlar muhitida jinoyatchilikni keskin kamayishiga olib keladi.
Bundan tashqari, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining profilaktikasini
tashkil etishda nodavlat yoshlar tashkilotlarining faoliyatidan samarali
foydalanish
mumkin.
Nodavlat
tashkilotlar
voyaga
yetmaganlar
jinoyatchiligiga
qarshi
profilaktika
ishlarida
davlat
faoliyatiga
kumaklashuvchi, ya`ni yordamchi subyekt sifatida baxolash tugri bo`ladi.
Chunki, ularning faoliyati bevosita davlat va jamiyat hayotida vazifa yoki
funkstiya darajasida qat`iy urnatilgan bo`lmasada, lekin o`zlarining
45
Usmonaliyev M., Karaketov Y. Kriminologiya. - T.: Yangi asr avlodi. 2007.B-35
55
maqsadlaridan kelib chiqqan xodda jamiyat barqarorligida ijobiy ishlarni
amalga oshiradi.
Bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat ko`rsatayotgan nodavlat
yoshlar tashkilotlarini tuzilishiga qarab, shartli ravishda 3 guruhga ajratish
mumkin:
1
Birinchidan, yoshlar harakatlari va guruhlariga mos bo`lgan ijtimoiy
ahamiyatga molik yirik tashkilotlar. Bunday guruh vakillarining asosiy maqsad
va vazifalari bo`lishi bilan birga faoliyatlarini keng kulamda tashkil etgan
xolda, yoshlarning barcha muammolarini qamrab olishga intiladilar. “Yoshlar
Ittifoqi” respublika va hududiy kengashlari, “Sog`lom avlod uchun”, “Yoshlar
muammolari” instituti, “Umid”, “Ulugbek” va “Bolalar” jamg`armalari shular
jumlasiga kiradi.
Ikkinchidan, yoshlarning alohida olingan qiziqishlari va manfaatlariga
xizmat ko`rsatish ijtimoiy himoya maqsadida tashkil etilgan markazlar,
klublar, maslaxatxonalar va boshqalar kiradi. Yosh olimlar assostiastiyasi,
“Zakovat” yoshlar intelektual klubi, “Bunyodkor” yoshlar teleklubi, iqtisodiy
ta`lim berishga asoslangan Yoshlar yutuqlari, cheklangan imkoniyatlarga ega
bolalarni qo`llab-quvvatlash “Umidvorlik”, oila madaniyatini rivojlantirish
“Barkamollik” markazlari, yoshlar axborot maslaxatxonalari va boshqalar
kiradi.
Uchinchidan, siyosiy partiyalar tarkibida yoshlarni o`z saflariga ko`proq
jalb qilish, mustahkam, saloxiyatli va ishonchli zaxirani shakllantirish
maqsadida paydo bo`layotgan yoshlar qanotlari (Fidokorlar milliy demokratik
Do'stlaringiz bilan baham: |