s
ostiologik yondashuvlar
muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu ta`limotlarning asosiy xususiyati shundan iboratki, ular avvalo ekzogen
omillarga va ularning ko`pligiga e`tibor beradi.
XVI asrdayoq Tomas Mor o`zining “Utopiya” asarida ingliz jamiyatida
jinoiy xulq-atvor ayrim shaxslarning qashshoqligi va ayrim shaxslarning
parazitik turmush tarzi bilan birligidan kelib chiqqanligi ta`kidlangan.
Kampanella (XVII asr) “Quyosh shahri” asarida jinoyatchilik ko`pchilik
odamlarning qashshoqligi
bilan bog`liqligini, jamiyatni odillik va jamiyat
a`zolarining tengligi prinsplarida qayta qurish zarurligini ta`kidlaydi.
J.P.Marat (1743-1793), A.N.Radishchev (1749-1802) asarlarida
jinoyatchilik bir odamning boshqa odamga
zulm o`tkazishi, jamiyatdagi
zo`ravonlik, adolatsizlik
bilan bog`lanadi.
Golland kriminologi Van-Gamel (1842-1917) sostiologik maktab
doirasida ijtimoiy omillarga, ular orasida esa-iqtisodiy shart-sharoitga
(ayniqsa, boyish ishtiyoqiga) alohida e`tibor berdi.
24
Nemis kriminalisti List (1851-1919) jinoyatchilikka nafaqat jamiyatning
iqtisodiy sharoitlari, balki urush, alkogolizm, ba`zi bir urf-odatlar va udumlar,
tarbiyadagi qusurlar va prostitutsiya ham ta`sir ko`rsatishini ta`kidladi.
Belgiyalik kriminolog Bonger (1876-1940) jinoyatchilikni avvalo
ijtimoiy tuzum mahsuli deb tavsifladi. Bundan tashqari, u bolalar mehnati,
uzun ish kuni, iqtisodiy tangliklar, ro`zg`ordagi kamchiliklar kabi ijtimoiy
omillarni ham keltirgan.
N.F.Kuznetsova fikriga ko`ra, salbiy iqtisodiy, mafkuraviy, madaniy,
tarbiyaviy, tashkiliy, boshqaruv, ijtimoiy-psixologik omillar majmui
jinoyatchilikka sabab bo`ladi.
L.I.Spiridonovning fikricha, jinoyatchilikning alohida sabablari mavjud
emas: ayni bir maxsus hodisalar har xil sharoitda turli ijobiy yoki salbiy
oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. A.A.Piontkovskiy jinoyatchilik
sabablarining asosiy mazmuni jamiyat a`zolarining muttasil o`sib boruvchi
ehtiyojlari bilan ularni qondirish moddiy vositalari o`rtasidagi qarama-
qarshilikdan iboratdir, deb ta`kidlaydi. S.A.Domaxin esa, aksincha, ijtimoiy
munosabatlar g`ayriijtimoiy qarashlar va jinoyatlarga sabab bo`lishi mumkin
emas, degan fikrni ilgari suradi
20
.
Jinoyatchilik iqtisodiy nazariyasi bo`yicha Vestfaliya universiteti
kriminologiya institutining rahbari Gans Ioaxim Shnayder jinoyatchilik
sabablarining uch iqtisodiy nazariyasini qayd etadi:
1)
depressiya
nazariyasi-kon`yunktura
yuqori
bo`lgan
davrda
jinoyatchilik kamayadi, iqtisodiy depressiya davrida esa-ko`chayadi;
2)
ekspansiya nazariyasi-iqtisodiyot o`sishi bilan jinoyatchilik ham
o`sib boradi, iqtisodiy o`sish pasayishi bilan esa-pasayadi;
3)
depressiya va ekspansiyaning uyg`unlik nazariyasi-iqtisodiyot
yuksalgan va pasaygan paytlarda jinoyatchilikning o`sishi ro`y beradi
21
.
Professor V.S.Volkov g`ayriijtimoiy xulq-atvor deformastiyasining
o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan xolda, jinoyatchilik sabablari va
20
Sattorova M. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini oldini olish. - T.: TDYI. 2006.
21
Abdurasulova Q., Nizova S. Jinoyatchilik va jinoyatchi shaxsi muammolari. - T.: TDYI. 2006.
25
shartlarini uch guruh (kompleks)ga ajratishni taklif qiladi:
a) jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining o`ziga xos xususiyatlari
bilan bog`liq sabablar va shartlar;
b) shaxsning jamiyatga integrastiyalashuvi, uning ijtimoiy-psixologik
o`ziga xosliklari bilan bog`liq sabablar va shartlar;
v) ijtimoiy munosabatlarni ijtimoiy-huquqiy tartibga solish va huquqiy
tartibotdagi, huquqbuzarliklarning oldini olishdagi kamchiliklar bilan bog`liq
sabablar va shartlar.
O`z navbatida, mamlakatimiz huquqshunos olimlarining fikriga ko`ra
voyaga yetmaganlar o`rtasida jinoyatchilik sabab va shart-sharoitlari
quyidagicha tasniflagan
22
: (
-ilova
)
Voyaga yetmaganlar jinoyatchilining kelib chiqish sabab va shart-
sharoitlarini aniqlashda o`smirlar o`rtasida o`tkaziladigan sostiologik
tadqiqotlar ham muhim o`rin egallaydi. Xususan, tadqiqotchi M.Xodjaev
tomonidan ushbu muammo bo`yicha o`tkazilgan sostiologik tadqiqot
natijalarida diqqatga sazovor holatlar aniqlangan
23
.
Jumladan, tarbiya koloniyasida g`araz maqsaddagi jinoyatlari uchun
jazoni o`tayotgan
o`smirlarga: “Siz hayotda erishishni istayotgan
muvaffaqiyatlardan eng muhimi qaysi?”, deb berilgan savolga respondentlar
tomonidan moddiy ta`minlanganlik, boylik-14,0 foiz, yuqori ma`lumotlilik,
madaniyatlilik, bilimdonlik-4,0 foiz, mashxurlik, shon-shuxrat, xurmat-1,0
foiz, atrofdagilarning xurmatiga sazovor bo`lish-12,0 foiz, obro`li oshna –
og`aynilar orttirish-7,0 foiz, katta xaq to`lanadigan ish topish- 15,0 foiz, hech
narsaga muhtojlik sezmasdan erkin yashash- 17,0 foiz, va boshqa javoblar- 2,0
foiz ekanligi ma`lum bo`lgan.
Bu ma`lumotlar voyaga yetmaganlar asosan, moddiy boyliklarga
erishishga intilishlarini ko`rsatadi. Olingan javoblarni muayyan tartibda
joylashtiradigan bo`lsak, yaxshi oilaga ega bo`lishga intilishdan tashqari,
22
Abdurasulova Q. Kriminologiya (albom sxemalar). - T.: TDYI. 2004. -B.Sh-18.
23
Xodjaev M. Voyaga yetmaganlar jinoiy guruh ishtirokchilari. -T.: Hayot va qonun. 2005. -B.75
26
dastlabki uch o`rinni moddiy farovonlik, to`kinlik bilan bog`liq hayotiy
muvaffaqiyatlar egallaydi. Yuqori ma`lumot olish, madaniyatli bo`lish,
bilimdonlik hayotiy muvaffaqiyat sifatida oxirgi o`rinni egallaydi.
O`quvchi-yoshlar orasida olib borilgan sostiologik tadqiqotlar
respondentlarning 80 foizi moddiy farovonlikni ta`minlashni o`z hayotining
asosiy maqsadi deb hisoblashini ko`rsatdi. So`ralganlarning 40 foizi
“qayg`usiz, maishatda yashash” imkoniyatini hayotdagi ideali, deb qayd
etishgan. Moddiy ne`matlar egasi bo`lishga intilish sodir etilgan jinoyatning
motivida bevosita namoyon bo`ladi. Jinoyat ishlarini o`rganish, jazoni
o`tayotgan shaxslar orasida o`tkazilgan so`rovlar jinoyatlarning quyidagi
motivlarini aniqlash imkonini berdi: pul, boylik to`plash-7,0 foiz, qimmatbaxo
buyumlar sotib olish-10,0 foiz, zaruriy hayotiy ehtiyojlarini qondirish-42,0
foiz, o`z oilasiga yordam berish-17,0 foiz, spirtli ichimliklar, giyohvand
vositalar iste`mol qilish bilan bog`liq motivlar-13,0 foizni tashkil etadi. Bu
raqamlardan ko`rish mumkinki, g`araz niyatdagi jinoyatlar asosan moddiy
boylikni harid qilish uchun pulni egallash bilan bog`liq. Spirtli ichimliklar,
giyohvandlik vositalarini iste`mol qilish bilan bog`liq motivlarning ulushi ham
ancha katta.
So`rovnomaning: «jinoyat sodir etgandan keyin nimani xis qildingiz?»
degan savolga jazoni utayotgan o`smirlar berishgan javoblar quyidagicha:
qoniqishni-3,0 foiz, sodir etgan qilmishi uchun jazodan qurqishni-24,0 foiz,
oshna-ogaynilarning qoralashidan qurqishni-6,0 foiz, uyat xissini, o`z
qilmishini qoralash kabi ijobiy tuygularni xis etishgani qayd etilgan.
O`smirlarning atigi 14,0 foizi jinoyat sodir etgani uchun ota-onasi urishishidan
qo`rqqan. Bu bejiz emas, chunki jami holatlarning 24,0 foizida aybdorlarning
oila a`zolari sodir etilayotgan jinoyatlardan xabardorlar, ayrim holatlarda esa,
jinoiy faoliyatni qo`llab-quvvatlaganlar. Bu ma`lumotlar “o`z oilasiga yordam
berish” motivi hamda aybdorning o`g`irlangan moldan qanday foydalangani
bilan bog`lanadi. “O`g`irlangan molni nima qilgansiz”, degan savolga jinoyat
ishtirokchilari shunday javob berishgan: oilamga berdim-24,0 foiz, o`zimga
ishlatdim-35,0 foiz, oshna – og`aynilarimga berdim-12,0 foiz, sotdik, pulini
27
bo`lishib oldik-10,0 foiz, birgalikda sovurdik-8,0 foiz, foydalanishga
ulgurmadik, chunki uni ichki ishlar xodimlari olib quydi-11,0 foiz.
Yuqoridagilarga ko’ra, ota-onalarning to`rtdan bir qismi o`z
farzandining jinoiy qilmishidan xabardor bo`libgina qolmasdan, balki
o`g`irlikdagi mol-mulkdan birgalikda foydalangan va shu tariqa o`smirni
yangi jinoyat sodir etishga rag`batlantirgan.
Yuqoridagi
fikrlardan
xulosa
qilib,
voyaga
yetmaganlar
jinoyatchiligining sabablari va ularni keltirib chiqarayotgan shart -sharoitlarni
quyidagi shaklda klassifikastiya qilish mumkin:
1.
Latent jinoyatchilik, ya`ni voyaga yetmaganlar tomonidan sodir
etilgan jinoyatlar turli sabablarga ko`ra huquqni muxofaza qilish idoralari
tomonidan ro`yxatga olinmasligi ularning kelgusida og`irroq jinoyatlar sodir
etishlari uchun zamin yaratmoqda.
2.
Voyaga yetmaganlarning hech bir qiyinchiliksiz moddiy ne`matga
ega bo`lishga intilishlari turli jinoyatlar sodir etishiga olib keladi.
3.
Tarbiyasi og`ir va muqaddam sudlangan voyaga yetmaganlar bilan
ichki ishlar idoralari voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklarni oldini
olish guruhi nozirlari tomonidan profilaktika ishlari O`zbekiston Respublikasi
IIVning talabi asosida olib borilmasligi ham turtki bo`lmoqda.
4.
Voyaga yetmaganlar bo`sh vaqtlarini unumli tashkil etishda yo`l
quyilayotgan kamchiliklar, ya`ni yoshlarni darsdan bo`sh vaqtlarida turli
to`garaklarga jalb etish ishlarida tegishli tashkilot va muassasalarida
tashabbuskorlikning etishmasligi o`rin tutib kelmoqda.
5.
Voyaga yetmaganlarning bandligini ta`minlashda yo`l quyilayotgan
kamchiliklar, ya`ni voyaga yetmaganlarni ish bilan ta`minlash hamda mehnat
qonunida belgilangan rag`batlarni yetarli darajada ta`minlanmasligi ham
o`zining ta`sirini o`tkazmoqda. Bunda joylardagi o`qimasdan-ishlamasdan
yurgan voyaga yetmaganlar sonini aniqlash bo`yicha ma`lumotlar muntazam
monitoring yo`lga quyilmaganligi va amalga oshirilayotgan ishlar talab
darajasida tashkil etilmayotganligi oqibati deb hisoblash mumkin.
1.
Katta yoshdagi jinoyatchilar tomonidan voyaga yetmaganlarni
28
huquqbuzishlarga yoki turli g`ayriijtimoiy harakatlarga jalb qilinishi hamda
ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan muqaddam sudlanganlar bilan
tarbiyaviy ishlarini tashkil etishda yo`l quyilayotgan kamchiliklarning ham
o`rni beqiyosdir.
2.
Ta`lim muassasalari o`qituvchilarning jinoyat sodir etib shaxsiy
o`rnak ko`rsatishlari ham yoshlarga o`zining ta`sirini o`tkazmoqda.
3.
Ota-onalarning o`zaro noma`qul munosabatlari, ya`ni muntazam
spirtli ichimlikka ruju quygan ota-onalarning farzandlari taqdiriga befarqlik
munosabati yoki ota-onalarning ajralib ketishi holatlariningyildan-yilga
ko`payib borayotganligi hamda ota-onalarning farzandlari tarbiyasi ustidan
nazoratni susaytirib yuborganligi, shuningdek, farzandlari tomonidan sodir
etilayotgan huquqbuzarlik yoki jinoyatga nisbatan qarshi keskin choralar
ko`rilmasligini qayd etish zarur. 2012-yilda respublika miqyosida deyarli 20
mingta oila barbod bo`lgan
24
.
4.
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olishga qaratilgan
qonun normalarini qo`llash bilan bog`liq holatlar ham bevosita o`zining
ta`sirini o`tkazmoqda. Masalan, komissiyalarning huquqbuzar voyaga
yetmaganlarga jazo tayinlash jarayonida yo`l quygan xato va kamchiliklari,
ularning kelgusida jinoyat sodir etishlari uchun zamin yaratadi.
24
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo`yicha kommissiya qarori
-T.: 2012-yil 11-aprel.
29
Do'stlaringiz bilan baham: |