2. Chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar:
davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti sifatidagi o‘rni va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish; Harakatlar Strategiyasining maqsadi haqida to’xtalib o’tsak5 olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdaniborat.
Hozirgi kunda mamlakatimizda 110000 ta nodavlat , notijorat tashkilotlari, 10000 ta mahalla va 1326 tadan ortiq Ommaviy Axborot Vositalari faoliyat ko‘rsatayapti.Harakatlar strategiyasining “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” deb nomlangan beshinchi yo‘nalishida ham ayni masalalar qamrab olingan. Unda yurtimizning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini himoya qilish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va qobiliyatini oshirishga doir chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan vazifalar belgilangan. Bu borada, xususan, kiberxavfsizlik sohasida axborot, me’yoriy-huquqiy asoslar tizimini takomillashtirish, aholini favqulodda vaziyatlardan xabardor qilish tizimini tashkil etish va rivojlantirish, Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish, shuningdek, millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari kontseptsiyasini hamda diniy sohadagi davlat siyosati kontseptsiyasini ishlab chiqish nazarda tutilmoqda.Harakatlar strategiyasida millatlararo totuvlik hamda diniy bag‘rikenglikni ta’minlash masalasiga keng o‘rin berilgani bejiz emas. Chunki Bosh qomusimizning 18-moddasida qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar qonun oldida tengdirlar. Bugun yurtimizda 130 dan ortiq turli millat va elat vakillari o‘zaro inoq, do‘st bo‘lib yashab kelmoqda. Millatlararo totuvlik qaror topgan jamiyatda esa tinchlik va farovonlik bo‘ladi, shu yurtning barcha fuqarosi bir zamin, bir Vatanda olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib harakat qiladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, “Harakatlar strategiyasi”ni amalga oshirish natijasida O‘zbekiston xalqining farovonligi yanada oshadi. Yurtimiz rivojlangan xorijiy davlatlar qatoriga kirish yo‘lida shaxtam qadamlar tashalaydi.
Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan demokratik islohotlarning izchil davom ettirilishi va 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi va uning mazmun-mohiyatini tinglovchilar ongi va qalbiga singdirish xalq ta’limi sohasi xodimlari oldida turgan dolzarb muammolar hamda ularning yechimini topishda dasturilamal bo’lib xizmat qiladi. Sıyısawdjhbwoıuhwocıuhw coıubw eoıcbwcobocjw
Do'stlaringiz bilan baham: |