_____________________________________________________________________________
________________________ __________
Талабанинг Ф.И.О. Курс
Модуль номи: Ҳуқуқий ахборот технологиялари
____________________
талабанинг имзоси
Қабул қилувчининг Ф.И.О. ва имзоси __________________________________________
Умумий балл
1-variant
A bo’lim
1-savol
Hozirga qadar tizimga ruxsatsiz kirishni taqiqlashning eng keng tarqalgan usuli
sifatida «parol» qo’yish printsipi hisoblanib kelmoqda. Chunki ushbu usul juda
sodda, foydalanish uchun qulay va kam harajat talab etadi. Lekin, hozirga kelib
«parol» tizimi to’laqonli o’zini oqlay olmayapti. Ya'ni ushbu usulning bir qator
kamchiliklari ko’zga tashlanib qoldi.
Birinchidan, ko’pchilik foydalanuvchilar sodda va tez esga tushadigan parollarni
qo’llaydilar. Masalan, foydalanuvchi o’z shaxsiga oid sanalar, nomlardan kelib
chiqqan holda parol qo’yadilar. Bunday parollarni buzish esa, foydalanuvchi bilan
tanish bo’lgan ixtiyoriy shaxs uchun unchalik qiyinchilik tug’dirmaydi.
Ikkinchidan, foydalanuvchi parolni kiritishi jarayonida, kuzatish orqali ham
kiritilayotgan belgilarni ilg’ab olish mumkin.
Uchinchidan, agar foydalanuvchi parol qo’yishda murakkab, uzundan-uzoq
belgilardan foydalanadigan bo’lsa, uning o’zi ham ushbu parolni esidan chiqarib
qo’yishi extimoldan holi emas. Hozirda ixtiyoriy parollarni buzuvchi dasturlarning
mavjudligi ko’zga tashlanib qoldi.
“Barmoq izlari buyicha insonni idetifikatsiyalash” hozirda eng keng tarqalgan usul
bo’lib, axborotni himoyalash biometrik tizimlarida keng qo’llanilmoqda. Bu usul
o’tgan asrlarda ham keng qo’llanilganligi xech kimga yangilik emas.
Kompyuter tarmoqlarida ma`lumotlarni himoyalashda quyidagi usullardan ham
foydalaniladi: to`sqinlik, egalikni boshqarish, niqoblash, tartiblash, majburlash,
undamoq. Ma`lumotlar maxfiyligini ta`minlashda, ma`lumotlar bazasiga unga
kirishda elektron imzo talab qiluvchi funksiya o`rnatilishi kerak. Bunda ushbu
funksiya xotirasiga unga kira oladigan bir yoki bir nechta shaxslarning elektron
imzolari saqlab qo`yiladi.
A bo’lim
2-savol
Maxfiy ma'lumotlar - bu elektron yoki qog'oz shaklidagi hujjatlar.Ularning
mazmuni faqat ma'lum bir guruh odamlar uchundir.Maxfiy ma'lumotlar tijorat,
harbiy, bank, rasmiy yoki davlat siridir. Qoida tariqasida, maxfiy ma'lumotlar
maxsus kategoriya bo'lishi mumkin va tijorat sirlariga tegishli.Bugungi kunda
maxfiy ma'lumotlarning bir nechta asosiy toifalari mavjud, ularning har biri o'z
toifasiga kiradi:
Ilmiy-texnik-bu erda biz yangi g'oyalar, kashfiyotlar, ishlab chiqarishni tashkil
etishning zamonaviy usullari, ilgari noma'lum va ilg'or texnologiyalarni joriy etish,
yangi turdagi mahsulotlarning paydo bo'lishi, raqobatbardoshlikni tahlil qilishning
noyob usullari, kirish imkoniyatini ochadigan kodlar va parollar haqida
gaplashamiz.
Ishlab chiqarish-ushbu toifaga ishlab chiqarish sohasidagi yangi texnologiyalar,
dizayn ma'lumotlari, chizmalar, materiallar to'g'risidagi ma'lumotlar, tovarlarning
bozorga kirib kelishining rejalashtirilgan vaqti, yangi mahsulotlarni chiqarish
rejalari, tovarlarni ishlab chiqarish retseptlari va boshqalar kiradi.
3. Moliyaviy-moliyaviy xarakterga ega bo'lgan maxfiy ma'lumotlar kompaniya
foydasining haqiqiy hajmini, ishlab chiqarish, narx siyosatini shakllantirish
mexanizmini, to'lov qobiliyatining darajasini va boshqalarni o'z ichiga oladi.
4. Biznes-bu erda biz quyidagi ma'lumotlar - bozorning boshqa ishtirokchilari bilan
shartnomalar tuzish shartlari, ichki tashkiliy tizim, yaqin kelajakda reklama
kampaniyasini rejalashtirish, raqobatdosh kompaniyalar va etkazib beruvchilar
to'g'risidagi ma'lumotlar, kompaniya xodimlari va biznes sheriklari bilan
muzokaralar jarayoni, tijorat yozishmalari to'g'risidagi ma'lumotlar va boshqalar
kiradi.
B bo’lim
1-kazus
Hquqshunos faoliyatini tizimli tashkil etish uchun unga ko’pgina saytlar va
dasturiy taminotlar kerak bo’ladi. Huquqshunos o`z faoliyatida asosan hujjatlar
bilan ish olib boradi. Shu sababdan u asosan Microsoft office word dasturi juda
zarur hisoblanadi. Bu dasturning asosiy vazifasi
matnli ma’lumotlarni yaratish,
koʻrish va tahrir qilish uchun moʻljallangan matn muharriridir yoki matn
protsessori. Microsoft office orqali huquqshunos hujjatlarni elektron tarzda
tayyorlaydi, Microsoft office excel dasturi ham huquqshunos uchun foydali
hisoblanadi. Microsoft Excel dasturi — Microsoft korporatsiyasi tomonidan
Microsoft Windows, Windows NT va Mac OS, shuningdek Android,
iOS,Windows Phone uchun yaratilgan elektron jadvallar bilan ishlash uchun
dastur. U iqtisodiy-statistik hisob-kitoblar, grafik vositalar imkoniyatlarini taqdim
etadi. Huquqshunos bu dasturiy taminot orqali o’ziga kerakli bo’lgan jadvallarni
yaratishi mumkin. Huquqshunos ayrim hollarda ayrim Power point dasturidan
ham foydalanishi mumkin. Power point dasturi taqdimotlar yaratish va ularni
tomosha qilishga mo'ljallangan dastur hisoblanadi. PowerPointda yaratilgan
taqdimotlar proyektor yordamida katta ekranlarda yoki katta o'lchamli televizion
ekranlarda ko'rishga mo'ljallangan.Huquqshunoslar faqatgina dasturiy taminotlar
nilan emas turli xilsaytlardan ham foydalanishlari mumkin. Masalan, lex.uz sayti.
Bu sayt
- internetdagi Oʻzbekiston qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi
hisoblanadi. Saytda Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan barcha huquqiy-
normativ hujjatlarning elektron versiyasi joylashtirilgan.LexUz tizimi Oʻzbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi huquqiy axborot bilan taʼminlash markazi
tomonidan ishga tushirilgan va shu markaz tomonidan boshqariladi.
Foydalanuvchilarga qulay bo’lishi uchun tizimdagi resurslar oʻzbek va rus tillarida
berilgan.Malumot ucgun lex. Uz sayti 2007- yilda ochilgan.Huquqshunoslar lex.uz
saytidan tashqari norma.uz president.uz va boshqa vazirliklarning rasmiy saytlari
orqali o’z faoliyatlarini to’g’ri tashkil qilishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |