ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ЮРИДИК УНИВЕРСИТЕТИ
ИХТИСОСЛАШТИРИЛГАН ФИЛИАЛИ
1-курс талабалари учун
Модуль номи
: Юристнинг ёзма ва оғзаки мулоқот кўникмаси
Иш тури
: Якуний назорат
Ўтказилган сана
: 25.01.2022 й.
А бўлимдаги 2 та мантиқий саволга жавоб ёзилиши шарт.
№
Баҳолаш мезонлари
1-мантиқий
савол
2-мантиқий
савол
1.
Савол моҳиятини тушунганлиги ва жавобни саволга
мос ҳолда тўғри ёритиб берилганлиги, ўқув
адабиётларини ўзлаштирганлик даражаси
2.
Фикрни ёзма тарзда аниқ, равон ва мантиқий
изчилликда ифодалай олиши
3.
Фактик, услубий ва имловий хатолар ҳолати
Жами балл
Б бўлимдаги 1 та казусга жавоб ёзилиши шарт.
№
Баҳолаш мезонлари
Казус
1.
Казус моҳиятини тушунганлиги ва жавобни казусга мос ҳолда тўғри
ёритиб берилганлиги
2.
Фикрни ёзма тарзда аниқ, равон ва мантиқий изчилликда ифодалай
олиши
3.
Ўқув адабиётларни ўзлаштирганлик даражаси
4.
Фактик, услубий ва имловий хатолар ҳолати
Жами балл
Қўшимча тақриз учун:
Текширувчи Ф.И.О ва имзоси:___________
_____________________________________________________________________________
________________________ __________
Талабанинг Ф.И.О. Курс
Модуль номи : Юристнинг ёзма ва оғзаи мулоқот кўникмаси
____________________
талабанинг имзоси
Қабул қилувчининг Ф.И.О. ва имзоси __________________________________________
Умумий балл
1-variant
A bo‘lim 1-savol
Bilamizki til va nutq bir biriga chambarchas bog‘liq bo‘ladi.Til muloqat
uchun xizmat qiladi va insonning dunyo haqida bor tasavvurlarini ma’lum belgilar
orqali ifodalashga qodir imkoniyatidir. Shu belgilar esa so‘zlar va gaplarga
aylanib tirik jonzodning nutqiga aylanadi.Insoniyat til va nutqni qo‘llay oladi lekin
ko‘p insonlar ham farqiga bora olishmaydi.Afsuski, biz ko’p hollarda tilimizdan
to‘g‘ri foydala olmayapmiz, ayniqsa, gapirganimizda va yozma ishlarni
amalga oshirganimizda ko’pincha boshqa til so’zlaridan foydalanib yuboramiz.
Kundalik hayotimizdagi muloqatlarda ham tilimizni noto‘g‘i qo‘llayotganligimiz
barchamizga sir emas.Bugungi kunga kelib, tilimizni to‘g‘ri foydalanayotganini
faqatgina adabiyotlarda, gazeta,jurnallarda va ommaviy axborot vositalarida
ko‘rishimiz mumkin.Ko‘chadagi ba’zi afishalarda ham tilimizdan noto‘g‘i
foydalanishganini ko‘rishimiz mumkin.Biz tilimizdan to‘g‘ri foydalanish uchun
ko‘proq badiiy asarlar o ‘qishimiz, muloqat jarayonida so ‘zlarimizga ko
‘proq e’tibor berishimiz kerak.
Nutq tilning ifoda vositalaridan paydo bo‘lgan holda voqelikka
aylanadigan fikr mazmunidir.Nutqimiz ikki turga bo‘linadi.Ichki va tashqi
nutqimiz.Ichki nutqimiz bu ichimizda paydo bo ‘ladigan fikrlarimiz,xayollarimiz
va qarashlarimiz orqali ommaga yetkazib beradigan ichki tovushimizdir.Ichki nutq
har bir insonda har xil kechadi.Ba’zi insonlarda ichki nutq shunday kechadiki,
omma qarshisida o‘z ichki nutqini bayon qilishda hayajonlanadi va nutqini
ommaga yetkazib bera olmaydi.Bu hayajonnini yengish uchun ya’ni ommaga o‘z
ichki nutqini bayon qila olishi uchun ko‘proq o‘z ustida ishlashi
kerak.Nutqimizning ikkinchi shalki esa tashqi nutq hisoblanadi.Tashqi nutq omma
qarshisida va jamoat joylarda o ‘z hatti-hakatlarimiz va tovushlarimiz ta’siri
natijasida vujudga keladigan nutqdir.Nutqimizni aniq va to‘g‘ri shakllanishida
belgilar o‘zaro ro‘l o‘ynaydi.Aniqlikni buzishda ko‘pincha mana shu holatlar sabab
bo‘ladi.
1-sinonimlarni noto‘g‘ri qo ‘llash orqali;
2-paronimlarni noto‘g‘ri qo‘llash orqali;
3-so‘z tartibini almashtirib qo‘llash orqali;
4-eskirgan so ‘zlarni to‘g‘ri qo‘llay olmaslik orqali;
5-so ‘zlarni o‘z va ko‘chma ma’nolarini farqlay olmaslik orqali;
Nutqimiz faqatgina og‘zaki nutqdan iborat bo‘libgina qolmay, yozma
nutq shakli ham mavjud.Og‘zaki nutq tovushlardan iborat bo‘lsa, yozma
nuqtimizda esa harflardan foydalanamiz. Yozma nuqtni yozayotgan muallif vaqt
jihatdan bemalol fikrlash imkoniyatiga ega.Yozma nutq yozuvning kelib chiqishi
va uning tarixi bilan chambarchas bog‘liqligi barchamizga ma’lum.Inson
tafakkurining buyuk kashfiyoti, shubhasiz, yozuv sanatidir.Yozma nutq insonga
tabiat,jamiyat,ruhiyat sirlarini o‘rgatish va o‘rganishdagi muhum omil
hisoblanadi.Yozma nutqimiz asosan, yuridik hujjatlarda, axborot vositalari uchun
tuzulgan matnlar kiradi.Yozma yuridik nutqimizda imkon qadar sodda va aniq
mantiqli ifodalanish kerak.Yozma nutq tilning imloviy va grammatik qoidalariga
rioya qilgan tarzda ifodalash talab qilinadi.Yozma nutq orqali bizga juda ko‘plab
tarixda ijod qilgan buyuk allomalarimiz, mutaffakkirlarimiz va boshqa buyuk
tarixchilarimizni ijodlari va qo‘llanmalari bizga meros bo‘lib qolgan.
Til va nutqni farqlaydigan bo‘lsak,til va nutq hodislarini o‘zaro farqlashda
ularning munosabat mohiyatlariini o‘rganishda muhum omildir.Til va nutqimiz
tushunchalari tarixiy taraqqiyotlarda madaniy xizmatlari cheksizdir.Til muloqot
uchun xizmat qilsa, nutq tilning amaliyot jarayonida tatbiq etilishdir.Kishi
qalbidagi his tuyg‘lar, teran fikrlar tilda so‘zlar orqali bayon etiladi. Nutqning
jozibadorligi shundaki inson qalbidan aytilgan iliq so‘zlar boshqalarni ham o‘ziga
jalb etadi. Insonning ko‘rkiga ko‘rk bag‘ishlaydi.So‘zlarni o‘rinli qo‘llash har
qanday sharoitda ham suhbatdoshining qalbiga yo‘l topa olish bu nutqning
jozibadorligidandir. Til umumiy,nutq xususiy,til imkoniyat,nutq voqealik,til
mohiyat,nutq esa hodisa hisoblanadi.Bu til va nutqning eng asosiy farqli tomoni
hisoblandi.
A bo‘lim 3-savol
Yuristning yozma nutqida termin qo‘llash m’orlariga keladigan bo‘lsak,
biz avvalo termin so‘zining ma’nosini chuqur anglashimiz kerak. Termin so‘zi
lotinchadan olingan bo‘lib, terminus-chegara, had so‘zlaridan olingan.Termin so‘zi
bulardan tashqari bilim yoki faoliyatning maxsus tushunchani ifodalovchi so‘z
yoki so‘z birikmasi hisoblanadi. Ilm-fan, texnika, qishloq xo‘jaligi va san’atga doir
tushunchalargni aniq nomini bildirgan bir ma’noli so‘zlar terminlar deyiladi.
So‘zlar ko‘plab ma’nolarga ega bo‘lsa lekin terminlar bunday xususiyatga ega
emasdir. Terminlar ham so‘zdir lekin u boshqa so‘zlardan ma’nosimimg aniqligi,
bir ma’noga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Terminlar har bir sohada, shu soha
vakillari nutqida qo‘llaniladi.
Kundalik hayotimizda ko‘p ishlatiladigan so‘zlar ham ayni paytda turli
sohalarga doir terminlar hisoblanadi.Misol qilib keltiradigan bo‘lsak da’vo,
ayblanuvchi,bosqinchilik,jinoyat,ohufurushlik, terrorizim, mafiya kabi so‘zlarni
yuridik terminlarga keltirishimiz mumkin. Terminlarni o‘rganuvchi soha bu
terminologiya deyiladi.Qonunlar tilini asosan terminlar tashkil qiladi.Lekin har
qanday yuridik tushunchalarni ifodalash uchun terminlar oldiga ba’zi talablar
qo‘yiladi.Yuridik terminlarning kundalik hayotimizdagi so‘zlardan farqli tomonlari
shundaki. Iste’mol doirasida chegaralangan ma’noda ishlatilsa terminlarga
aylanadi. Misol keltiradigan bo‘lsak guvoh, zarar, tuhmat,ayblash, qo‘rqitish kabi
kundalik hayotimizdagi so‘zlar fan sohasida ilmiy va rasmiy ma’nolarni ifodalab
hozirgi kunda terminlar qatoridan joy olgan. Masalan tuhmat so‘zi kundalik
hayotimizda birovni nohaq ayiblash, nomini yomonga chiqarish, maqsadida o‘ylab
chiqarilgan asossiz da’vo hisoblansa, yuridik termin sifatida esa bir shaxsning
qadr-qimmatini yoki or-nomusiga qilinadigan tajovuz ma’nosini anglatadigan
jinoyat nomi.Bundan tashqari jazo, jarima, qarz,hadya,omonat,kabi kundalik
hayotimizdagi so‘zlar ham yuridik tushunchalarni bildiradi va terminologik fanda
qo‘llaniladi.Termin aniq konkret tushunchalarni bildiradi.Bir so‘z bir nechta
sohaning termini bo‘lishi mumkin. Lekin bu so‘zlar har bir sohada har xil
ma’nolarni anglatadi. Misol qilib keltiradigan bo‘lsak, topshiriq so‘zi pedagogik
terminologiyada o‘quvchilarga yoki talabalarga beriladigan vazifa ma’nosida
kelsa, yuridik terminologiyada topshiriq so‘zi huquq sohasida faoliyat
ko‘rsatadigan xodimga beriladigan muhim vazifa ma’nosini bildiradi. Operatsiya
so‘zi tibbiyotda jarrohlik bilan bog‘liq ma’noni anglatsa, yuridik terminologiyada
esa maxfiy topshiriq yuzasidan o‘tkiziladigan tadbir nomini bildiradi.
Terminlarning yana bir o‘ziga xos belgisi, terminlar rasmiylashgan so‘zlar
bo‘lganlari uchun respublika miqyosida hatto dunyo miqyosida bir tushunchani
anglatishi biz huquqshunoslar uchun ma’lumdir. Fikrimizga misol qilib aytadigan
bo‘lsak, demokratiya, parlament, respublika, president, amnistiya, konstitutsiya,
deputat, monarxiya va hokozolar kiradi. Bunday terminlar esa yer yuzining barcha
qit’alarida bir xil ma’nolarga egadir.Yuridik terminlarga misollar keltiradigan
bo‘sak, yurisprudensiya, kafolat, dalil, advokat, burch, sudya, notarius, hukm,
da’vo, kabi so‘zlarni keltirishimiz mumkin.Yana misollar qilib yuridik terminlarga
tarixiy terminlarni ham kiritishimiz mumkin; ellikboshi, mingboshi, qozi, rais,
oqsoqol, cho‘pon, eshikog‘aboshi, ko‘kaldosh kabi so‘zlarni keltirishimiz
mumkindir. Biz huquqshunoslar yuridik terminlardan to‘g‘ri foydalanish uchun
yuridik terminologiya fanini chuqurroq o‘rganishimiz va ularga amal qilishimiz
zarurdir.
B bo‘lim 1-kazus
Rivojlangan axborot zamonida har bir shaxs axborotni olish , tarkatish
huquqiga ega. Lekin konunimizda bеlgilangan xolatlar bundan mustasnodir.
Hozirgi kunda intеrnеt orqali bеrilayotgan habarlar , ma’lumotlar turli xil
ko‘rinishda amalga oshirilmokda.
Shaxsni kamolotida yozma nutqning ahamiyati katta.So‘zni o‘z o‘rnida
to‘g‘ri ishlata bilish uchun uning ma’nosini anglash zarur, so‘zning ma’nosini
tushunmaslik uni xato qo‘llashga olib keladi. Chiroyli, teran, ravon nutq insonning
ziynatidir. Shaxsni bеrayotgan ma’lumotlari imlo qoidalariga rioya qilingan holda
amalga oshirilishi kеrak.
Buni huquqiy tomondan oladigan bo‘lsak, o‘zbеk tili imlo qoidalari
to‘g‘risidagi qonunga binoan yetkazilayotgan har bir ma’lumot ushbu qoidalarga
mos bo‘lishi kеrak.Afsuski blog yurituvchilar tomonidan imlo qoidalari ochik -
oydin buzilmoqda .
Bularni oldini olish uchun bir qator chora tadbirlarni ishlab chiqish kеrak.
Masalan : Imlo qoidalarini buzish uchun javobgarlik holatini aniq bеlgilab olish
kеrak .Buni ma’naviy tomoniga o‘tadigan bo‘lsak , kеlgusi avlodni shakllanishida
salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin .
Chunki axborotdan foydalanyotgan tomon imlo qoidalarini buzilganligini
bilmasligi mumkin , oqibatda u ham ushbu xatolarga yo‘l ko‘yadi .
Bu esa ta’limga, ma’naviyatimizga o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatmasdan
qolmaydi .
Davlatimiz tomonidan o‘zbеk tili imlo qoidalariga rioya qilinish bo‘yicha
maxsus komissiya faoliyat olib borsa ham bu holatda anchagini ijobiy siljish
bo‘ladi .O‘zbеk tili imlo qoidalariga rioya qilinmasdan bildirilgan har bir habarlar,
ma’lumotlar foydalanuvchida ishonchsizlikni paydo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |