B bo’lim 2 – kazus
Zamon rivojlangani sari kishilar o‘rtasida muloqot vositalarining turlari ham
ortib bormoqda. Internet atalmish jahon axborot tarmog‘ida suzib yurgan son-
sanoqsiz ma’lumotlarning biri to‘g‘ri, biri qing‘ir maqsadni ko‘zlagan bo‘lsa, yana
biri kimnidir sha’ni va qadr-qimmatini kamsitishga, badnom qilishga xizmat qiladi.
Xo’sh yuqoridagi muammoli vaziyatga to’xtalar ekanmiz eng avvalo tuhmat
nima degan savol javob topsak. Tuhmat – bu bila turib boshqa shaxsni sharmanda
qiladigan uydirmalar tarqatish, sha’ni, qadr-qimmatini kamsitilishiga olib keluvchi
yolg‘on ma’lumotlar berish tuhmat hisoblanadi. Va yana shuni qo’shimcha sifatida
aytish lozimki tuhmat deya atash uchun quyidagi uch belgi bo‘lishi lozim:
-
Tuhmat qilayotgan shaxs o’zining tarqatyotgan ma’lumoti yolg’on
ekanligini oldindan biladi;
-
Ma’lumot boshqa jismoniy va yuridik shaxsga nisbatan qaratilgan
bo’ladi;
-
Tarqatilayotgan bu ma’lumotlarda shaxsni yoki tashkilotni sharmanda
qilish ehtimoli mavjud bo’ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudning plenum qaroriga ko‘ra, tuhmat
deganda yuridik yoki jismoniy shaxslarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik
obro‘sini pastga uruvchi ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida, xizmat
ta’rifnomalarida, ko‘pchilik oldida so‘zlaganda, mansabdor shaxslar nomiga
yozilgan arizalarda yoki boshqa, shu jumladan og‘zaki bo‘lsa ham bir necha
shaxsga yoxud bir kishiga xabar qilish tushuniladi.
Bunday ma’lumotlarni
shaxsning o‘ziga aytish –
ma’lumot tarqatish deya hisoblanmaydi. Badnom etuvchi
deya, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini oyoqosti qiluvchi, obro‘ni
to‘kuvchi ma’lumotlar deya belgilangan.
7
Tuhmat uchun javobgarlik qanday?
Amaldagi qonun hujjatlarda tuhmat
qilgan shaxsga nisbatan uning og’irlik darajasiga qarab ikki xil – ma’muriy va
jinoiy javobgarlik belgilangan. Bunda ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
kodeksning 40-moddasiga ko‘ra, tuhmat qilganlik, ya’ni bila turib yolg‘on, boshqa
bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatganlik uchun eng kam ish
haqining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima
belgilanishi
mumkin. Tuhmatga oid ishlar bo‘yicha surishtiruv huquqni muhofaza qiluvchi
organlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Tuhmat qilgan shaxsga nisbatan jazo esa tegishli ma’muriy sudning
qaroriga muvofiq qo‘llaniladi. Ma’muriy sudning qaroriga asosan tuhmat
qilganlikda ifodalanuvchi ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan
shaxs bir yil ichida ushbu harakatni takror sodir etsa, unga nisbatan jinoyat ishi
qo‘zg‘atilishi mumkin.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki fuqaro Abdunabievga nisbatan
yuqorida ko’rsatib o’tilgan modda ya’ni ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi
kodeksining 40 – moddasiga binoan eng kam ish haqining yigirma baravaridan
oltmish baravarigacha miqdorda jarima
belgilanishi lozim.
Endi ushbu huquqbuzarlikning batafsil tarkibini yoritib o’tsak bunda;
obeykti – shaxsning shani va qadr qimmati; subyekti – huquqbuzar ya’ni fuqaro
Abdunabiyev; obyektiv tomoni – haraqat orqali sodir etilishi; subyektiv tomoni –
huquqbuzarlining qasddan sodir etilishi. Agar jabrlanuvchining haqiqatdan ham
ruhiy kasalliklar ro’yhatida haqiqatdan ham turishini aytishi tuhmat tarkibini
bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |