Xalqaro ijtimoiy himoya qilish xalqaro jamiyati
jinoyatchilikni ijtimoiy hodisa sifatida o rganadi. Bunda jami-
yatni jinoyatchilardan himoya qilish maqsadida jinoyatchilar-
ning g ayriijtimoiylashish omillarini o rganadi. Ularning asosiy
vazifasi insonparvarlik g oyalarini targ ib qilishidir. Bu jamiyat
1942-yili Lej (Belgiya)da tashkil qilinib, BMTda maslahat sta-
tuti bilan qatnashadi. Uning tarkibiga 50 dan ortiq davlatlardan
yuristlar, sotsiologlar, jinoyat huquqi, xalqaro jinoyatchilik, kri-
minologiya, penitensiar huquq, psixiatriya, ruhshunoslik, tib-
biyot va boshqa mutaxassisliklarning vakillari kirgan. Xalqaro
ijtimoiy himoya qilish jamiyati besh yilda bir marta kongress
tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |