Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/95
Sana04.08.2021
Hajmi0,68 Mb.
#137918
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   95
Bog'liq
18.Xalqaro jinoyat huquqi

n ikkinchi Kongress
 2010-yilda Braziliyaning Salvador 
shahrida o tkazildi. Ushbu kongressning kun tartibidan bolalar, 
yoshlar va jinoyat, terrorizm, odam savdosi va migrantlar kontra-
bandasi, kiberjinoyatchilik, jinoyatchilikka qarshi kurash bo yicha 
xalqaro hamkorlik masalalari o rin oldi. 
Bulardan tashqari Kongresslarda davlatlarning jinoyatchilik-
ka qarshi kurashishdagi xalqaro hamkorligiga bag ishlangan prin-
sipial masalalar ko rib chiqildi va ular yuzasidan muhim tavsiya-
lar qabul qilindi. Kongresslar har besh yilda o tkaziladi. Kon-
gress ishida qatnashuvchi davlatlar jinoyatchilikka qarshi kurash 
bo yicha mutaxassislarni delegat qilib jo natadilar. Bundan tash-
qari, Kongress ishida BMTning ixtisoslashgan muassasalaridan 
va boshqa xalqaro tashkilotlardan vakillar ishtirok etadi. 
Kongress vakolatlariga quyidagilar kiradi: jinoyatchilikning 
oldini olish bo yicha hamkorlikning bosh yo nalishlarini belgi-
lash; bu muammolarni hal etish bo yicha dastur va tavsiyalar 
ishlab chiqish; jinoyatchilikning tarqalishiga qarshi kurash va 
uning oldini olish bo yicha BMTga a zo davlatlar hamkorligini 
muvofiqlashtirish va tajriba almashishiga yordam berish, bu 
sohadagi xalqaro hamkorlikning asosiy prinsiplarini belgilash. 
Davlatlarning jinoyatchilikka qarshi kurashishga hamkorli-
gini tashkil qilish va muvofiqlashtirish bo yicha BMTning Jino-
yatchilikning oldini olish va unga qarshi kurash bo yicha Qo mi-
tasining o rni muhim ahamiyat kasb etib, Qo mita 27 nafar eks-
pertdan iborat bo lib, IIKning Ijtimoiy rivojlanish Komissiyasiga 
hisobot beradi. Qo mita sessiyasi ikki yilda bir marta o tkazila-
di. Qo mitaning sessiyasida jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi  
BMTning boshqa organlari, ixtisoslashgan tashkilotlarning vakil-


 
127 
lari, Interpol, Yevropol shuningdek, xalqaro nohukumat tashki-
lotlarning vakillari ishtirok etadi. 
Qo mitaning asosiy vazifalari:  
1) jinoyatchilikning oldini olish bo yicha BMT Kongresslari 
sessiyasini tayyorlash; 
2) jinoyatchilikning oldini olish bo yicha xalqaro hamkorlik 
dasturini tayyorlash; 
3) jinoyatchilikning oldini olish bilan shug ullanuvchi BMT 
organlarining faoliyatini muvofiqlshtirish bo yicha BMT Bosh 
kotibiga va EKOSOSga yordam ko rsatish hisoblanadi. 
Jinoyatchilikning oldini olish masalalari bilan BMT Bosh 
kotibi ham shug ullanadi. U BMT Bosh Assambleyasi sessi-
yalarida jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurash 
choralari to risida ma ruzalar qiladi
1

BMTning jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari bilan 
shug ullanuvchi  organlari  orasida  Milliy  korrespondentlar 
instituti  alohida o rinni egallaydi. 1950-yili tashkil topgan va 
davlatlar milliy yurisdiksiya sohalarida yuqori kvalifikatsiyaga 
ega shaxslarni ushbu organga o zlarining vakili qilib tayin-
laydilar. Korrespondentlar BMT organlariga, BMT Bosh kotibiga 
ularning davlatlari jinoyatchiligining oldini olish va unga qarshi 
kurashda qo llanayotgan usul va vositalar, amaliy choralar haqida 
axborot beradi. Shuningdek, o z mamlakatlarining jinoyatchilik-
ka qarshi kurashuvchi organlariga xalqaro miqyosida jinoyatchi-
likka qarshi olib borilayotgan kurashning bosh yo nalishlari 
haqida axborot beradi
2

BMT qoshida jinoyatchilikning oldini olish va huquqbu-
zarlar bilan munosabatda bo lish masalalari bo yicha bir qator 
ilmiy-tadqiqot institutlari tuzilgan bo lib, ular quyidagilardir: 
Xalqaro miqyosda jinoyatchilikning oldini olish Markazi (Vena 
markazi); BMTning jinoyatchilik va odil sudlov bo yicha Rim 
                                                
1  Batafsil qarang: BMT Ustavi. XV bob, 97 101 moddalar. Qarang: Ìåæäóíàðîäíîå 
ïðàâî (Ïîä. ðåä. Í.Ò. Áîëîòîâîé)   M.: 1987.   C. 334. 
2  Odilqoriyev X.T. Ochilov B.E. Hozirgi zamon xalqaro huquqi (xalqaro ommaviy 
huquq), Darslik.   T.: 2002.   370 371-betlar. 


 
128 
mintaqaviy ilmiy tadqiqot instituti; Jinoyatchilikning oldini olish 
va huquqbuzarlar bilan muomalada bo lish bo yicha Tokioda 
joylashshgan Osiyo va Uzoq Sharq instituti, Jinoyatchilikning 
oldini olish va unga qarshi kurash bo yicha Xelsinki instituti, 
Jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarlar bilan muomala-
da bo lish bo yicha BMTning Afrika instituti; Xavfsizlik masala-
lari bo yicha El-Rioda joylashgan Arab ilmiy-tadqiqot va o quv 
markazi, Avstraliya (Kanberra) kriminologik instituti, Jinoyat 
qonunchiligi islohotlari va jinoyat ishlari bo yicha odil sudlovni 
olib borish Kanada (Vankuver) Xalqaro markazi, BMTning Lotin 
Amerikasi mamlakatlari uchun jinoyatchilikning oldini olish va 
huquqbuzarlar bilan munosabatda bo lish bo yicha Instituti 
(YUNLAI). Bu institut va markazlar jinoyatchilikka qarshi kurash-
ning samarali choralarini ishlab chiqish va o z faoliyatlarini 
xalqaro darajada muvofiqlashtirishda muhim rol o ynaydi.  

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish