BMTning odil sudlovni amalga oshirish sohasidagi
xalqaro standart qoidalari
BMT odil sudlovni amalga oshirish sohasida ham bir qator
xalqaro-huquqiy hujjatlar ishlab chiqqan. Shulardan ayrimlarini
ko rib chiqamiz.
1. Sud organlari mustaqilligining asosiy prinsip-
lari
. 1985-yil BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va huquq-
buzarlar bilan muomala qilish bo yicha VII kongressi Sud or-
1 Abdulla Mamatqulov. Xalqaro huquq. Darslik. T.: Adolat, 1997. 243 246-betlar.
131
ganlari mustaqilligining asosiy prinsiplarini
1
qabul qilgan. Ushbu
xalqaro hujjat 6 bo lim 20 ta banddan iborat bo lib, sud xodim-
lari faoliyatining barcha tomonlarini qamrab olgan: qonuniylik;
odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi; sudya-
larning mustaqilligi; sudyalarning daxlsizligi; malaka, tanlov, va
tayyorlov; sud ishlarini yuritishda tortishuvlik prinsiplari o z
ifodasini topgan. Ushbu prinsiplar O zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi, Sudlar to risida gi Qonun
2
va boshqa bir
qator qonun hujjatlarida
3
o z ifodasini topgan. O zbekiston Res-
publikasi Konstitutsiyasi va Sudlar to risida gi Qonunga mu-
vofiq jinoyat ishlari bo yicha odil sudlovni faqat sud amalga
oshiradi.
zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida
zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimi-
yatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga
bo linishi prinsipiga asoslanishi belgilangan. Konstitutsiyaning
112-moddasida: Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo y-
sunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasi-
dagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo l qo yilmaydi va
bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo -
ladi. Sudyalarning daxlsizligi qonun bilan kafolatlanadi , deb
belgilangan.
1
BMTning Milan shahrida 26-avgustdan 6-sentabrgacha bo lib o tgan Jinoyat-
chilikning oldini olish va huquqbuzarlar bilan muomala qilish bo yicha VII kon-
gressida qabul qilingan hamda BMT Bosh Assambleyasining 1985-yil 29-noyabr-
dagi 40/32 va 1985-yil 13-dekabrdagi 40-146-rezoltyutsiyalari bilan ma qullangan.
zbekiston Respublikasi ushbu hujjatga O zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining 30.08. 1997-yil 30-avgustdagi 508 I-sonli Qaroriga asosan qo shilgan.
// O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son,
264-modda.
2 Sudlar to risida gi O zbekiston Respublikasi Qonuni./ O zbekiston Respub-
likasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, 162 II-son.
3 O zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi: (2013-yil 1-fevralgacha
bo lgan o zgartish va qo shimchalar bilan) Rasmiy nashr O zbekiston Respubli-
kasi Adliya vazirligi. T.: Adolat, 2013. 728-bet.
132
Do'stlaringiz bilan baham: |