550
jumladan, O„zbekiston hududida ham joylashtirilgan bo„lib, SSSR tugatilganidan
so„ng Qurolli Kuchlarda ham boshqaruv, intizom, barbod bo„lib, turli tahdidlar
kuchayib borayotgan vaqtda, O„zbekistonni o„z mudofaa
vazirligini va joylarda
qo„mondonlik tuzilmalarini shakllantirish o„z vaqtida qabul qilingan va to„g„ri
bo„lgan qaror edi.
Chunki mustaqillikni saqlash xavfsizlikni saqlash bilan bog„liq bo„lib, ularni
saqlashda Qurolli Kuchlar asossiy va hal qiluvchi rol o„ynaydi.
Undan keyingi muhim qadam Qurolli kuchlarni mavjudligi, vazifasini
Konstitutsiyada
mustahkamlanishi
bo„ldi.
Natijada
Qurolli
kuchlar
Konstitutsiyaviy institut hisoblandi. Bu ham ularning ahamiyatini ko„rsatadi.
Konstitutsiyaning 125-moddasida “O„zbekiston Respublikasi Qurolli
Kuchlar O„zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini
himoya qilish uchun tuzildi”-deb qayd qilingan. Bu bilan nima uchun qurolli
kuchlarni tashkil qilsh kerakligi va ularni vazifasi aniq belgilangan. Demak,
Qurolli Kuchlarning Konstitutsiyaviy vazifasi:
-
Davlat suverenitetini va
hududiy yaxlitligini;
-
Aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilishdir. U shu maqsadda
tuziladi.
Bundan tashqari, Konstitutsiyaga asosan qabul qilingan “Mudofaa
to„g„risida”gi qonunda Qurolli Kuchlarga urushlar va qurolli majorolarni qaytarish
hamda oldini olish vazifasi ham yuklatilgan. (Qonunning 6-moddasi).
Qurolli Kuchlar davlat tomonidan tashkil qilinadigan harbiy birlashmalar,
qo„shilmalar, qismlar va boshqa harbiy tuzilmalardan iborat bo„ladi.
Qurolli Kuchlar va uning tarkibiy qismlari o„z faoliyatini qonuniylik,
markazlashgan rahbarlik va yakkaboshchilik, jangovar safarbarlikka doimo tayyor
hamda harbiy intizomga rioya etish sosida tashkil etiladi.
Ularning faoliyatidagi bu prinsiplar mamlakat xavfsizligini ta'minlash
imkoniyatini beradi.
1
Ўзбекистон Республикаси Олий мажлиснинг Ахборотномаси, 2005, 5-6 сонлар, 151-модда.
551
Qurolli Kuchlar ularning tarkibiy qismlari o„z vazifalarini muvaffaqiyatli
amalga oshirish imkoniyatiga ega bo„lish uchun,
ularning ixtiyoriga harbiy
ob'ektlar, binolar va inshootlar, qurol-yarog„lar, harbiy texnikaning barcha zarur
turlari va boshqa harbiy ashyo, mol-mulk berib qo„yiladi va ular davlat mulki
hisoblanadi.
Konstitutsiyaning
126-moddasida
“O„zbekiston
Respublikasi
o„z
xavfsizligini ta'minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlarga ega” – deb
ko„rsatilgan. Bu degani Qurolli
Kuchlarni tarkibiy qismlari, ularga zarur qurol-
yarog„, tehnika ashyolar hamda eng muhimi Qurolli Kuchlarda xizmat qiluvchi
tarkib, O„zbekiston mudofaa ehtiyojidan kelib chiqib belgilanadi.
Qurolli Kuchlarda muddatli va muddatsiz xizmat o„tovchi shaxslar faoliyat
ko„rsatadi. Fuqarolar Konstitutsiyada belgilangan burchini o„tash uchun Qurolli
Kuchlar safiga muddatli xizmatga chaqiriladi. Bundan tashqari, Qurolli Kuchlarda
doimiy maosh olib ishlovchilar ham mavjud. Ular asosan zobitlar va boshqa
hodimlardir.
Mamlakatimizning dastlabki davrlarida iqtisodi
qiyinchiliklarga qaramay
Qurolli Kuchlar uchun eng zarur va yuksak malakali zobitlar tayyorlashga
mo„ljallangan bir qancha harbiy o„quv yurtlari tashkil qilindi, armiyani texnik
jihatdan jihozlashni samarali choralari ko„rildi, harbiy salohiyatni yetarli darajada
ta'minlash uchun zarur mablag„ ajratildi. Mamlakatimiz harbiy doktrinasi
mudofaani ta'minlash va xavfni oldini olish xarakterida
tuzildi
1
.
O„zbekiston XXI asrga Qurolli Kuchlarni, chegara qo„shinlarini va ichki
qo„shinlarni yagona davlat siyosati asosida bosqichma-bosqich isloh qilish
maqsadi bilan kirdi.
Islohotlarning maqsadi – mamlakat tinchligi va osoyishtaligini saqlashga va
ishonchli himoya qilishga qodir, tezkor, har jihatdan yaxshi ta'minlangan Qurolli
Kuchlarni shakllantirish hisoblanadi.
Shu maqsadda mamlakat hududida harbiy-ma'muriy birliklar-harbiy
1
Каримов И.А. Ўзбкистоннинг сиѐсий-ижтимоий ва иқтисодий истиқболининг асосий тамойиллари. –Т.:
552
okruglar tuzildi. Soni va tuzilishi professional tarkibi jihatdan eng maqbul armiya
tuzish vazifasi belgilandi va u amalga oshirildi. Qurolli Kuchlarning qo„shilma va
qismlari qaytadan joylshtirildi. Bular:
birinchidan, qo„shinlarni boshqarish samaradorligining ancha oshirilishiga;
ikkinchidan, ularni eng muhim strategik yo„nalishlarda ishlashiga;
uchinchidan, hududiy mudofaani haqiqiy tizimini shakllantirishga imkon
berdi.
Qurolli Kuchlar sonini qisqartirish barobarida son va tuzilishi, professional
tarkibi jihatidan eng maqbul armiya tuzish ishlari olib borildi.
Armiyani mutahkamlash – ularni zamonaviy qurollar bilan ta'minlash bilan
bevosita bog„liq, shuning uchun bu borada yetarli ishlar olib borildi.
Qurolli Kuchlarni mustahkamlash bo„yicha
olib borilgan va olib
borilayotgan ishlardan chegara qo„shinlari, ichki ishlar vazirligi qo„shinlari ham
chetda qolgani yo„q. Chunki ular ham mamlakat xavfsizligini ta'minlashda o„z
o„rniga ega.
Bulardan tashqari xorijiy mamlakatlarning tajribalarini o„rganib, Qurolli
Kuchlarni tashkil etish, uning quyi bo„g„inlaridan tortib yuqori bosqichlarigacha
boshqarish tartibini tubdan qayta ko„rib chiqildi va tizimli choralar belgilandi
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: