Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov


“O„zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

“O„zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning 
Konstitutsiyasi va qonunlariga qat'iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari 
va erkinliklariga kafolat berishga, O„zbekiston Respublikasi Prezidenti 
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod 
qilaman” 
(Konstitutsiyaning 92-moddasi). 
Barcha mamlakatning Prezidentlari qasamyodi matnida umumiylik mavjud 
bo„lib, bular: 
- xalqqa va Vatanga sadoqat hamda vijdonan hizmat qilish; 
- inson va fuqarolar huquq, erkinligini ta'minlash; 
- Konstitutsiya va qonunlarni himoya qilish, ularni ta'minlash vazifasini 
zimmaga olish hisoblanadi. 
Bulardan tashqari, har bir mamlakat Prezidentlari o„z qasamyodlarida 
yuqoridagilaridan tashqari majburiyatlarni yaqqolroq ifodalovchi holatlarni, milliy 
xususiyatlarni ko„rish mumkin. 
O„zbekiston Prezidenti qasamyodida Prezident zimmasiga yuklatilgan 
vazifalarni vijdonan bajarish qasamyodda alohida ko„rsatilsa, Rossiya 
Federatsiyasi Prezidenti qasamyodida, davlatni yaxlitligi, suvereniteti va 
mustaqilligini, xafsizligini himoya qilish burchi alohida ko„rsatilgan. 
Konstitutsiyalarda Prezident qasamyodining matnidan tashqari, qaerda 
qasamyod qabul qilish ham belgilab qo„yilgan, O„zbekiston Prezidenti, Oliy Majlis 
yig„ilishida, Rossiya Prezidenti Federatsiyasi Kengashi, Dalat Dumasi a'zolari, 
Konstitutsion Sud sudyalari ishtirokida qasamyod qabul qiladi. Bu eng tantanali 
marosimlardan biri hisoblanib, voqyeaga purviqorlik kasb etadi. 
Prezident burchlari faqat qasamyod matni bilan chegaralanmagan. Bu faqat 
Prezident burchlarini kuchaytiruvchi, muqqaddasligini ta'minlovchi vositadir. 
Prezident burchlari Konstitutsiya matnlarida ham uchraydi. Ularda shu narsa aynan 
burch deb ko„rsatilmasdan Prezident vakolatini ko„rsatuvchi qoidalar bo„lsada, 
ba'zi qoidalarni mazmuniga chuqurroq e'tibor berish, shu narsa burch ekanligini 
ko„rsatadi. 


353 
Masalan, O„zbekiston Konstitutsiyasi 93-moddasining 1-bandidagi 
Prezidentning 
“fuqarolarning 
huquq 
va 
erkinliklariga, 
O„zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etishning kafilidir”, 2-
bandidagi “O„zbekiston Respublikasining suvereniteti, xafsizligi va hududiy 
yaxlitligini muhofaza etish, milliy davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarini 
amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ko„radi” degan qoidalar 
Prezidentga shu sohada burchlarni yuklaydi. Konstitutsiyaning 93-moddasi 18, 19, 
24, 25-bandlarida ham Prezident burchini ko„rsatuvchi qoidalar mavjud. 
Konstitutsiyaning 91-moddasi Prezidentni o„z vazifasini bajarib turganda boshqa 
haq to„lanadigan lavozimni egallamasligi, deputat bo„lish, tadbirkorlik faoliyati 
bilan shug„ulanishi mumkin emasligini belgilab, Prezidentga ma'lum burch 
yuklagan. 
Bundan tashqari qonunlarda, Prezidentni Parlamentda qabul qilingan 
qonunlarni belgilangan muddat (o„ttiz kun ichida) ko„rib chiqishi, va e'lon qilishini 
belgilovchi qoidalar ham mavjudki, bular ham Prezidentning burchini keltirib 
chiqaradi. 
Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahrirda tegishlicha Oliy Majlisning 
Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a'zolari umumiy sonining kamida uchdan 
ikki qismidan iborat ko„pchilik ovoz bilan ma'qullansa, qonun Prezident tomonidan 
o„n to„rt kun ichida imzolanib, e'lon qilinishi shart. Bu ham Prezidentning 
Konstitutsiyaviy mas'uliyatidir. 
Konstitutsiyaning 93-moddasi oxirgi qismidagi “Prezident o„z vakolatlarini 
boshqarishni davlat idoralariga yoki mansabdor shaxslarga topshirishga haqli 
emas” degan qoida ham Prezidentning mas'uliyatini keltirib chiqaradi. 
Prezidentning eng muhim mas'uliyati Konstitutsiya va qonunlariga amal 
qilish bo„lib, Konstitutsiyani 15-moddasi qoidalari Prezidentga ham tegishlidir. 
Uning qabul qilgan, qiladigin normativ hujjatlar. Konstitutsiya normativ va 
qonunlariga zid bo„lmasligi kerak. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish