Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 
 
1. Iqtisodiy negiz nima? 
2. O„zbekiston iqtisodiyotini asosini nima tashkil etadi? 
3. O„zbekistonda qanday mulk shakllari mavjud? 
4. Mulk shakllarini teng huquqliligi qanday ta'minlanadi? 
5. Xususiy mulk nima, ularning ob'ektlarri nimalar? 
6. Ommaviy mulk nima? Ularning ob'ektlari nimalar? 
7. Xususiy mulkni daxlsizligi, U davlat tomonidan qanday muhofaza 
qilinadi? 
8. Iqtisodiy faoliyat nima? 


222 
9. Tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi qanday ta'minlanadi? 
10. Iste'molchi kim? Nima uchun uning huquqlari ustuvor? 
11. Mulkka qanday egalik qilinadi? 
12. Mulkdan mahrum qilish asoslari qanday? 
13. Umummilliy boyliklar va davlat mulki, ularni muhofaza qilish choralari 
qanday? 


223 


224 


225 


226 


227 
XV bob. Jamoat birlashmalari 
 
§ 1. Jamoat birlashmalarining tizimi, turlari, vazifasi 
O„zbekistonda jamoat birlashmalari tizimiga kasaba uyushmalari, siyosiy 
partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, 
ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari 
kiradi, bu Konstitutsiyaning 56-moddasida belgilangan. Jamoat birlashmalarining 
faoliyat ko„rsatishinining asosiy sharti ular qonunda belgilangan tartibda 
ro„yxatdan o„tgan bo„lishi kerak. Ularni ro„yxatdan o„tkazish Adliya vazirligi 
zimmasiga yuklangan. 
Jamoat birlashmalari eng muhim demokratik institutlardan hisoblanib, ular 
fikrlar va g„oyalar xilma-xilligini amalda ta'minlovchi muhim vositadir. 
O„zbekiston Konstitutsiyasi 56-moddasidan tashqari yana bir necha 
moddalarda jamoat birlashmalarini xilma-xilligi, ko„p partiyaviylik tizimini 
mavjudligi jamoat taraqqiyotida muhim shartligini belgilovchi qoidalar, bu esa 
fuqarolar faolligini garovi ekanligi belgilab qo„yilgan. 
Konstitutsiyaning 34-moddasida fuqarolarning jamoat birlashmalariga a'zo 
bo„lish huquqi belgilangan bo„lib, shu moddaning ikkinchi bandida, jamoat 
birlashmalarida ham ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi shaxslarning 
huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hyech kim kamsitishi mumkin emasligini 
belgilanishi esa, fikrlar va g„oyalar xilma-xilligini muhim garovi hamda 
Konstitutsiyaviy tuzumning demokratik xususiyatidir. 
Jamoat birlashmalari, turidan qatiy nazar, xalqning erkin faoliyati va 
ijtimoiy hayotda ishtirokini ta'minlash vositasi hisoblanadi. Bu tashkilotlarning 
samarali faoliyatidan fuqarolar ham, davlat ham manfaatdor. Fuqarolar ularning 
faoliyati orqali jamiyat ishlarida, davlatni boshqarishda ishtirok etsa, o„z 
qarashlarini bayon etib, manfaatlarni to„la himoya qilsa, davlat o„zining ayrim 
funksiyalarini ularga o„tkazib, muhim masalalarni hal qilishga jalb etadi. Ya'ni 
jamiyatni boshqarishda jamoat birlashmalariga tayanadi. Davlat jamoat 
birlashmalarini faoliyatiga yordam berib, ular bilan to„g„ri va samarali munosabat 


228 
o„rnata olsa, taraqqiyot tezlashadi, farovon turmush yaratiladi. Shu bilan birga 
davlatning nazorati jamoat birlashmalari faoliyatiga ularning ishiga bevosita 
aralashmagan holda o„rnatiladi (Konstitutsiyaning 58-moddasi). 
Jamoat birlashmalari kishilarni siyosiy qarashlari (siyosiy partiyalar), 
faoliyati yo„nalishiga (kasaba uyushmalari), jinsiga (xotin-qizlar qo„mitalari), 
yoshiga (Kamolot), qobiliyati, kasbiga (yozuvchilar, arxitektorlar ittifoqlari) qarab 
birlashtiradi. 
Bu Konstitutsiyaning 56-moddasida quyidagicha mustahkamlab qo„yilgan: 
“O„zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro„yxatdan o„tkazilgan 
kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, 
faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalari, ommaviy harakatlar va 
fuqarolarning uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e'tirof etiladi. 
Demak, jamoat birlashmalarining faoliyat ko„rsatishining asosiy sharti ularni 
qonunda belgilangan tartib ro„yxatdan o„tkazishdir, bu ularning Ustav 
(nizomlarini) ro„yxatga olish bilan amalga oshiriladi. 
“O„zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to„g„risida”gi qonunga 
asosan Respublikada amal qiluvchi jamoat birlashmalari Adliya vazirligi 
tomonidan ro„yxatga olinadi. Birlashma tuzish, ro„yxatdan o„tkazish uchun Adliya 
vazirligiga murojaat qilish, taqdim qilinadigan zarur hujjatlar qonunda belgilangan. 
Hozirgi kunda O„zbekistonda to„rtta siyosiy partiya va ko„plab boshqa 
jamoat birlashmalari mavjud va ular qonuniy ravishda jamoat birlashmalari sifatida 
e'tirof etilgan. 
Jamoat birlashmalarining faoliyati turli qonunlar, jumladan, “Jamoat 
birlashmalari to„g„risida”, “Noddavlat, notijorat tashkilotlari to„g„risida”, qonunlar 
bilan tartibga solinadi. 
Barcha jamoat tashkilotlariga xos xususiyat – bu ularga a'zolikni 
ixtiyoriyligidir. Eng yirik jamoat birlashmalari – Kasaba uyushmalari va Siyosiy 
Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish