§ 5. Fuqarolar huquqlarini himoyalash
Shaxs fuqaro bo„lgach, fuqaro va davlat o„rtasida ma'lum munosabatlar
orqali uzviy bog„lanish vujudga keladi. Bu bog„liqlik o„zaro huquq va
majburiyatlar orqali mustahkamlandi.
Fuqaroni davlat oldidagi majburiyatlari ularning Konstitutsiya va
qonunlarda belgilangan burchlari orqali amalga oshirilsa, o„z navbatida davlatning
fuqaro oldidagi majburiyatlari ham konstitutsiyada belgilangan mas'uliyati orqali
amalga oshiriladi.
Davlatning fuqaro oldidagi mas'ulligi Konstitutsiyaviy tuzum prinsiplari
darajasiga ko„tarilganligi (2-modda), mamlakat ichkarisida ham tashqarida ham
davlat faoliyatini fuqarolar huquqlarini, manfaatini himoyalashga yo„naltirishga
141
asos bo„ladi.
Konstitutsiyaning 22-moddasida bu masalani qonuniy ifodasi o„z o„rnini
topgan. Unga asosan “O„zbeknston Respublikasi o„z hududida ham, uning
tashqarisida ham o„z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik
ko„rsatishni kafolatlaydi”.
Fuqarolarning mamlakat hududida himoya qilish turli vositalar orqali
amalga oshiriladi. Bular:
- Fuqarolar huquq va erkinliklarini Konstitutsiya va qonunlarda belgilab
qo„yilishi;
- Fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ta'minlovchi, buzilgan huquqlarni
tiklovchi davlat organlar tizimini o„rnatilishi;
- Fuqarolarning huquqlarini himoya qiluvchi nodavlat tuzumlari faoliyatiga
ko„maklashish.
Avvalgi bandlarda aytilganidek, fuqarolar huquqlarini ta'minlashda sud
organlarining faoliyati alohidadir. Sudlar to„g„risidagi qonunda, sudlarning asosiy
vazifasi fuqarolar huquqlarini himoya qilish deb ko„rsatilgan. Boshqa davlat
organlarining faoliyatiga tegishli qonunlarni quradigan bo„lsak, ularda ham
fuqarolarning huquqlari, xavfsizligini ta'minlash vazifasi mavjudligini kuramiz.
Konstitutsiyaning 100-moddasida, maxalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga
kiritilgan vazifalar katorida, fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash ko„rsatilgan, bu
“Mahalliy davlat hokimiyati to„g„risida”gi qonunda yanada kengrok ifodalangan.
O„zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi, Adliya
vazirligi tartibida inson huquqlarini himoya qiluvchi maxsus tuzilmalar tashkil
qilingan va ular samarali faoliyat ko„rsatmoqda.
2011-yil 23-avgustdagi “O„zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi O„zbekiston
Respublikasi Prezidenti qarorida norma ijodkorligi va huquqni qo„llash amaliyoti
sohasida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ishonchli himoya
qilish, Adliya vazirligining asosiy vazifalaridan kilib belgilandi.
O„zbekistonda fuqarolar huquqlarini himoya qiluvchi milliy institutlar tizimi
142
yaratilgan. Oliy Majlisning inson huquqlari bo„yicha vakili (Ombudsman) va
O„zbekiston Respublikasining inson huquqlari bo„yicha milliy markazi inson
huquqlarini himoya qilishda muhim rol o„ynovchi milliy institutlardandir.
O„zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari, manfaatlari nafaqat
mamlakat ichkarisida, mamlakat tashqarisida boshqa mamlakatlar hududida ham
O„zbekiston davlati tomonidan himoya qilinadi. Bu vazifani bevosita
O„zbekistonning tashqi mamlakatlardagi diplomatik va konsullik idoralari bajaradi.
O„zbekiston fuqarolari chet ellarda surishtiruv, tergov, sud organlari tomonidan
javobgarlikka tortilsa, davlat ularni huquqiy himoya qilish, advokatlar bilan
ta'minlash choralarini ko„rish mumkin.
Bularning barchasi O„zbekiston Konstitutsiyasining 43-moddasida
mustahkamlangan – “Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda
mustahkamlangan huquqlari va erkinlarini ta'minlaydi” – degan qoidani amaliy
ifodasidir. Davlatning fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash mas'uliyati
mamlakat ichkarisida ham, xorij mamlakatlarda ham amalga oshiriladi.
Fuqarolar huquqlarini himoya qilishda Ombudsman instituti muhim rol
o„ynaydi, bu haqda Prezident shunday degan edi: “Oliy Majlis tarkibida inson
huquqlari masalasi bilan shug„illanuvchi vakillik tashkil etilsa maqsadga muvofiq
bo„lar edi, deb o„ylayman. Bu Oliy qonunchilik organimiz maqomiga mos keladi.
Muhimi u jamiyatimizda inson huquqlari muammosini hal etishni yangi sifat
darajasiga ko„tarishga xizmat qiladi”
1
.
1997-yil aprelda “Oliy Majlisning inson huquqlari bo„yicha vakili
(Ombudsman) to„g„risida” qonun qabul qilindi. Vakilni saylash tartibi amaldagi
konstitutsiyamizda ko„zda tutilgan. Uning eng asosiy vazifasi fuqarolar huquqini
himoya qilishdir. Buning uchun u yetarli vakolatga ega.
Xuddi shuningdek 1996-yil 31-oktyabrdagi Respublika Prezidentining
farmoni bilan tashkil etilgan, O„zbekiston Respublikasi inson huquqlari bo„yicha
milliy markaz, fuqarolar huquqini himoya qilishda alohida o„ringa ega. Unga
1
Каримов
И.А.
Ўзбекистоннинг
сиѐсий-ижтимоий
ва
иқтисодий
истиқболининг
асосий
143
qo„yidagi vazifalar yuklangan:
- Inson huquqlari bo„yicha milliy qonunchilik va xalqaro huquq normalarini
amalga oshirsin strategiyasini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishga
ko„maklashish;
- Inson huquqlari sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
- Mamlakatda inson huquqlari ahvoli haqida milliy ma'ruzalar tayyorlash va
boshqalar. Markazga fuqarolarni huquqiy ongi va madaniyatini oshirish,
fuqarolarni huquqiy ma'lumotlar bilan ta'minlash borasida ham ko„pgina vazifalar
yuklashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |