Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov


§ 4. Respublikaning bank tizimi



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

§ 4. Respublikaning bank tizimi 
 
Bank tizimi O„zbekiston Respublikasi Moliya tizimining asosiy 
bo„g„inlaridan biri hisoblanadi. 
Bank tizimining yuqori, ya'ni birinchi pog„onasi O„zbekiston 
Respublikasining Markaziy banki bo„lib, u bank tizimiga rahbarlik qiladi, bank 
sohasidagi qoidalarni o„rnatadi, tijorat banklarini nazorat qiladi. 
O„zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining davlat organi sifatidagi 
huquqiy maqomi avvalo O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan. 
Konstitutsiyaning 124-moddasida “O„zbekiston Respublikasining Banki bank 
tizimini, Respublika Markaziy banki boshqaradi”, – deyilgan. 
Davlat organi sifatida O„zbekiston Respublikasi Markaziy Banki o„z 
vakolatlari doirasida O„zbekiston Respublikasi xududida barcha shaxslar 
tomonidan ijro etilishi majburiy bo„lgan normativ hujjatlarni qabul qiladi. 
Markaziy Bank to„g„risidagi Qonunning 7-moddasiga binoan, O„zbekiston 
Respublikasi Markaziy Bankining me'yoriy hujjatlari agar Markaziy Bank 
tomonidan chiqariladigan normativ huquqiy hujjatlar turli yuriqnomalar, qoidalar, 
tartiblar va ko„rsatmalarni o„z ichiga oladi. 
O„zbekiston Respublikasi Markaziy Banki bir qator funksiyalarni amalga 
oshiradi. Bunday funksiyalarga: 
A) iqtisodni pul-kredit tartibiga solish; 
B) banklar faoliyatini tartibga solish; 
V) bank nazorati; 
G) valyutani tartibga solish; 
D) to„lov tizimini tashkil qilish va boshqarish kiradi. 
O„zbekiston Respublikasi Markaziy Banki davlat organi sifatida boshqa 
davlat organlaridan farq qiladi. 
O„zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining boshqa davlat organlaridan 
birinchi farqi shundaki, u iqtisodiy mustaqil tashkilot hisoblanib, sarf-harajatlari 
o„z foydasi hisobidan qoplanadi. Ya'ni Markaziy Bank, bevosita xo„jalik 


542 
faoliyatini amalga oshiradi va foyda ko„radi. Natijada shu foyda evaziga o„z 
faoliyatini amalga oshiradi. Boshqa davlat organlarining faoliyati esa Davlat 
byudjeti mablag„lari hisobidan amalga oshiriladi. 
O„zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining boshqa davlat organlaridan 
ikkinchi farqi shundaki, u faqat Oliy Majlisga hisobot beruvchi tashkilotdir. 
Boshqa davlat organlari Vazirlar Mahkamasi boshqaradigan davlat organlari 
tizimiga kiradi. O„zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining mustaqilligi 
birinchi navbatda uning pul-kredit siyosatiga ijro organlaridan, avvalo Vazirlar 
Mahkamasidan mustaqilligini ta'minlashga yo„naltirgan. 
Bank tizimining ikkinchi pog„onasini turli tijorat banklar tashkil qiladi. Bu – 
universal, ya'ni bank operatsiyalarining xamma turlarini bajaradigan va 
ixtisoslashgan, ya'ni iqtisodni aniq, tarmoqdariga xizmat ko„rsatadigan yoki bank 
operatsiyalarini ba'zi bir turlarini ko„p bajaradigan banklar; filiallarga ega bo„lgan 
va filiallari yo„q, banklar; O„zbekiston banklari, qo„shma banklar va chet el 
banklarining sho„ba banklari va hokazo banklardir. 
Tijorat bankning aniq ta'rifi katta amaliy ahamiyatga ega. Tijorat bankning 
ta'rifi bank nomidagi tashkilot yoki sub'ekt nima o„zi, uning huquqiy makomi 
qanday, uning vakolatlari nimadan iborat, u xo„jalik muomilasida qanday ishtirok 
etadi va shu kabi muxim huquqiy savollarga javob beradi. “Banklar va bank 
faoliyati to„g„risida”gi qonundir. 
Respublikaning moliya va kredit tizimi qandayligi mamlakatning 
taraqqiyotiga katta ta'sir qiladi. Shuning uchun ularni takomillashtirishga doimo 
e'tibor beriladi. Bank va moliya tizimidagi islohotlarni chuqurlashtirish iqtisodiy 
islohotlar roli muhim masala ekanligi 2005 yil Oliy Majlis palatalarining qo„shma 
majlisida alohida ta'kidlandi va bank va moliya tizimlaridagi islohotlarni 
chuqurlashtirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilandi
1


Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish