341
organlari va bevosita fuqarolar ham (tashabuskor tashkilotlar orqali) ega bo„lgan.
Hozir faqat bunday huquqqa siyosiy partiyalar ega.
Prezident o„ta muhim sharafli, mamlakat, xalq taqdirini hal qiluvchi lavozim
bo„lganligi uchun Prezident bo„ladigan shaxslar oldiga ma'lum talablar qo„yiladi.
Bu talablar Konstitutsiyaning 90-moddasida, saylov to„g„risidagi qonunning 25-
moddasida belgilab qo„yilgan.
Prezidentlikka nomzod ko„rsatish huquqi ularni ro„yxatga olish, uning uchun
taqdim qilinadigan hujjatlar, nomzod ko„rsatish tartibi (imzolar to„plashi),
nomzodlik maqomidan voz kechish yoki nomzodlikdan mahrum qilish tartiblari
Prezident saylovi to„g„risidagi qonunning 24-26-moddalarida belgilangan. Huddi
shuningdek saylovchilarni ro„yxatga olish va u bilan tanishtirish, ro„yxatdagi
kelishmovchiliklarni
hal qilish, saylov byulletenlarini tayyorlash, tashviqot-
targ„ibot ishlari, kuzatuvchilar faoliyati, ishonchili vakillar faoliyati,
nomzodlar
huquqlarining kafolatlari qonunning 22, 23, 27-29-moddalarida belgilangan.
Prezident saylovida ham ovoz berish soat 6 dan 20 gacha saylov
uchastkalarida maxsus jihozlangan xonalarda uchastka saylov komissiyasi a'zolari,
kuzatuvchilar ishtirokida tashkil qilinadi. Saylov uchastkasiga kelish imkoniyati
yo„qlarga turar joyida ovoz berish tashkil qilinadi. Saylov kuni boshqa yerda
bo„ladiganlar uchun avvaldan saylov varaqalari asosida ovoz berishga imkoniyat
yaratiladi.
Saylovchi
ovoz berish byulletini olgach, bu xaqda ro„yxatga imzo qo„yib,
yashirin ovoz berish natijasida, byulletendagi o„zi xohlagan nomzod ro„parasiga
krestik qo„yish bilan ovoz beradi.
Ovoz berish vaqti tugagach, belgilangan tartibda saylov qutisi ochilib, ovoz
berish natijasi aniqlanib, bayonnoma tuziladi va bayonnomani bir nusxasi 48 soat
davomida uchastkada osib qo„yiladi, bir nusxasi okrug saylov komissiyasiga
yuboriladi.
Okrug saylov komissiyasi uchastka saylov komissiyasida bayonnomasi
asosida natijani aniqlab, bayonnoma tuzib Markaziy saylov komissiyasiga taqdim
qiladi.
342
Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov
komissiyalari bayonnomalari
asosida Respublika bo„yicha natijani aniqlaydi.
Ovoz berishda saylovchilar ro„yxatiga kiritilganlarni 33 foizi ishtirok etgan
bo„lsa saylov xaqiqiy sanaladi.
Saylovda ikkita nomzod ishtirok etib, ovoz berishda ishtirok etgan
saylovchilarining nisbiy ko„pchilik ovozini olgan nomzod saylangan deb
hisoblanadi.
Saylovda ikkitadan ortiq nomzod ishtirok etgan taqdirda, nomzodlardan
birortasi ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan ko„pini
ovozini
ololmagan bo„lsa, eng ko„p ovoz olgan ikki nomzod ishtirokida takroriy ovoz
berish o„tkaziladi.
Agar qonunda ko„zda tutilgan sabablar asosida saylovda bitta nomzod qolib,
saylovda ishtirok etsa, saylovda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan ko„pini
ovozini olsa saylangan hisoblanadi.
Takroriy ovoz berish zaruriyati tug„ilsa, takroriy ovoz berish kunini MSK
saylov o„tkazilgan kundan e'tiboran bir oy ichida, lekin saylov o„tkazilgan kundan
kamida o„n besh kun keyin o„tkaziladigan qilib tayinlaydi. Bu haqda OAVda e'lon
qilinadi. Takroriy ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning ovozini boshqa
nomzodga nisbatan ko„proq olgan nomzod saylangan hisoblanadi.
Takroriy ovoz
berishda saylovchilarning ishtirok etish foizi e'tiborga olinmaydi. Qancha
saylovchi ishtirok etishidan qat'iy nazar, saylov o„tgan hisoblanadi.
Prezident saylovi o„tmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan bo„lsa, yoki
saylovda bitta nomzod ishtirok etib, yetarli ovoz ololmagan bo„lsa, MSK takroriy
saylov tayinlaydi. Takroriy saylov asosiy saylov o„tganidan so„ng qirq kun ichida
o„tkaziladi. Takroriy saylov ushbu qonun talablari asosida o„tkaziladi. Takroriy
saylovni yangi okrug va uchastka saylov komissiyasida tomonidan o„tkazilishi
haqida MSK qaror qabul qilishi mumkin. Ovoz berish asosiy saylovida tuzilgan
saylovchilar ro„yxati asosida o„tkaziladi.
O„zbekiston Prezidenti MSK tomonidan saylov natijalari e'lon qilingan
kundan e'tibordan kechi bilan ikki oy ichida Oliy Majlis palatalarining qo„shma
343
yig„ilishida qasamyod qilgan paytdan boshlab o„z lavozimiga kirishadi.
Amaldagi Prezident o„z vakolatini yangi saylangan
Prezident lavozimiga
kirishguncha bajaradi.
Konstitutsiya va qonunlarimizda O„zbekiston Prezidentining vakolatini
muddatidan avval tugatish hollari ko„zda tutilmagan. Faqat bir holda,
Konstitutsiyaning 96-moddasida ko„zda tutilgan holat yuz bersa, Prezident vakolati
to„xtatiladi. Unga asosan “O„zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o„z
vakolatlarini boshqara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi,
bunda uch oy muddat ichida “O„zbekiston Respublikasi
Prezidenti saylovi
to„g„risida”gi Qonunga to„la muvofiq holda mamlakat Prezidenti saylanadi”.
Do'stlaringiz bilan baham: