Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1.
Saylovchilarni ahamiyati qanday?
2.
Qaysi organlar saylov yo„li bilan saylanadi?
3.
Saylov tizimi nima?
4.
Saylov huquqi nima?
5.
Saylov huquqini prinsiplari nimalar?
6.
Saylov jarayoni nima?
7.
Saylov jarayoni sub'ektlari kimalar?
8.
Saylov o„tkazish muddatlari nima?
9.
Saylov kampaniyasi boshlanganligini e'lon qilish asoslari nima?
10.
Saylov senzlari nima, saylanuvchilarga qanday talablar qo„yiladi?
11.
Mojoritar va proporsional saylov nima?
12.
Saylov jarayonlari qanday bosqichlardan iborat?
13.
Okrug, uchastkalar qanday tuziladi?
327
14.
Saylov komissiyalari tizimi qanday, ular qanday tuziladi?
15.
Saylov komissiyalarining vakolatlari qanday?
16.
Prezidentlikka, deputatlikka nomzod ko„rsatish tartibi qanday?
17.
Tashviqot-targ„ibot qanday olib boriladi?
18.
Saylovchilar ro„yxati qanday tuziladi?
19.
Saylov byulletenlari qanday tayyorlanadi, rasmiylashtiriladi?
20.
Ovoz berish qanday tashkil qilinadi?
21.
Natija qanday yakunlanadi?
22.
Takroriy ovoz berish, takroriy saylov nima?
23.
Saylanganlarni ro„yxatga olish va natijani e'lon qilish tartibi qanday?
24.
O„rni bo„shab qolgan o„rinlarga qanday saylov o„tkaziladi?
25.
Deputat, senatorlarni chaqirib olish asoslari, tartibi qanday?
328
XXI bob. O„zbekiston Respublikasi Prezidenti
§ 1. O„zbekistonda Prezidentlik institutini vujudga kelishi va
rivojlanishi
Dunyo miqyosida prezidentlik institutini vujudga kelishi demokratik
kuchlarning g„alabasi sifatida qaraladi. Chunki Prezident davlat boshlig„i sifatida
paydo bo„lgach, xalq o„z davlat boshlig„ni o„zi saylab qo„yadigan, yoki prezident
xalq saylagan vakillar tomonidan saylanishi, davlat boshlig„i lavozimini merosga
qoldirish tartibi barxam topdi. Hozirgi vaqtda BMTga a'zo bo„lgan 192 davlatning
143 tasida prezidentlik lavozimi mavjud. Shuni o„zi ham dunyo xalqlari o„z
taqdirini Prezident bilan bog„laganlarini ko„ramiz.
Turli mamlakatlarning rivojlanishida, jahon hamjamiyatida o„rin tutishida
mamlakat prezidentlari ijobiy rol o„ynaydi. Jorj Vashinington, F.Ruzvelt, Mustafo
Ota Turk, Sharl De Gol, I.Tito kabi prezidentlar mamlakatlarni taraqqiyotiga katta
hissa qo„shib, xalqning, milatning iftixori, milliy qahramoniga aylangan.
O„zbekistonda Prezidentlik institutini vujudga kelishi ham O„zbekistoning
mustaqilligi bilan bog„liq va taraqqiyoti kafolatlaridan hisoblanadi.
Sobiq ittifoqning oxirgi yillaridagi ijtimoiy hayotning hamma sohalaridagi
tartibsizliklar, inqirozlarga uchrash, O„zbekistonda ham yaqqol sezila boshlandi.
Hamma sohalarni mutlaqo izdan chiqib ketishi, respublika miqyosida
yangicha boshqaruvga o„tishni, Respublika bilan ittifoq o„rtasida yangicha
munosabat o„rnatishni taqozo eta boshladi. Buning uchun Respublikada aholini
birlashtira oladigan, markaz hujumlariga bardosh beradigan, markazni roziligisiz,
ishtirokisiz vujudga keladigan davlat boshlig„i lavozimiga ehtiyoj sezildi.
Bundan tashqari, O„zbekiston shu paytda ham mustaqil respublika - davlat
hisoblansada davlat boshlig„i degan lavozim (bunday lavozimlar ittifoqda ham
yo„q edi) bo„lmagan. O„zbekiston Konstitutsiyasi barcha davlatlar konstitutsiyalari
o„rnatgan davlat boshlig„i degan institutni chetlab o„tgan edi. Davlat boshlig„i
vazifasini har doim komunistik partiya rahbarlari bajarib kelgan edi. Bu hyech bir
qonunda qayd qilinmagan edi. Shuning uchun bo„xronli 90 yillarning oxirida har
329
qanday mamlakatda ligitim davlat boshlig„i lavozimi bo„lishini davrning o„zi
taqazo etdi.
Shuning uchun avval sobiq ittfoqda dalat boshlig„i – prezident lavozimi
o„rnatildi va 1990-yil mart oyida O„zbekiston sobiq ittifoqdagi respublikalari
orasida birinchi bo„lib, Prezidentlik lavozimi – institutini o„rnatildi.
Bu markazni roziligini olmasdan, uni ta'qiqlashlariga qaramasdan qilingan
katta voqyea bo„ldi va aytish mumkinki Prezidentlik lavozimini o„rnatilishi
O„zbekistonning mustaqillik yo„lidagi eng salmoqli va to„g„ri qadami bo„ldi.
1991-yil dekabr oyida O„zbekiston birinchi Prezidenti I.Karimov umumxalq
tomonidan, muqobillik asosida Prezident etib saylandi.
Shundan
keyin
mamlakatda
boshqaruvni
barqarorlashtirish,
ijro
hokimiyatini kuchaytirish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. O„zbekistonni
yangi Konstitutsiya loyihasi ustida ishlashi jadallashtirildi.
1991-yil 31-avgustda mamlakat Prezidenti O„zbekiston Respublikasi Oliy
Soveti minbarida O„zbekistonni mustaqil davlat deb e'lon qildi. Bu katta tarixiy
voqyea bo„lib, o„zbek xalqining azaliy orzusi ushalishi edi. Shundan keyin
Prezident rahbarligida O„zbekistonni mustaqilligini amalda saqlash chora-tadbirlari
ko„riladi. Xavfsizlikni ta'minlash maqsadida mamlakat qurolli kuchlari tashkil
qilinib, mustahkamlanib bordi. Mamlakatni iqtisodiy tizimi mustahkamlandi.
Mamlakat hududidagi barcha mulklar respublika mulki deb e'lon qilindi.
Hokimiyat tizimida rivojlangan mamlakatlar tajribasi qo„llanilib kelingan
hokimiyat bo„linishi prinsipi qo„llanila boshlandi.
Prezident rahbarigida qilingan yana bir muhim ish, voqyea bu – mustaqil
O„zbekistonni Konstitutsiyasini ishlab chiqish va qabul qilish bo„ldi. Konstitutsiya
O„zbekistonning davlat suvereniteti mustahkamladi. Xalq hokimiyatchiligini
o„rnatdi, inson va uning huquqlarini oliy qadriyat deb belgiladi. Konstitutsiyada
O„zbekiston demokratik, suveren respublika deb e'tirof etildi. Davlat boshlig„i
sifatida Prezident belgilandi va Konstitutsiyada Prezidentni saylash, Prezident
nomzodiga qo„yiladigan talablar, Prezident vazifasi va vakolatlari belgilab
qo„yildi. O„zbekiston Prezidentiga taalluqli asosiy masalalar Konstitutsiyaning
330
“O„zbekiston Respublikasi Prezidenti” degan XIX bobida mustahkamlandi. Unda
Prezident davlat va ijroiya hokimiyat boshlig„i degan qoida bilan bir qatorda,
Prezident bir vaqtning o„zida Vazirlar Mahkamasini ham Raisi degan qoida
o„rnatildi.
O„tish davrida ayniqsa ijroni ta'minlashda bu to„g„ri yo„l edi.
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti ma'lum davrda shu mavqyeini egallab,
O„zbekistonda barqarorlikni ta'minlashga, milliy totuvlikka erishishda, iqtisodiy
tizimga bozor munosabatlarini joriy qilishda, mamlakat xavfsizligini fuqarolar
manfaatini himoya qilish borasida katta ishlarni amalga oshirdi. O„zbekistonni
jahon hamjamiyatida munosib o„rni egallashiga, xalqaro huquqni to„la qonli
sub'ekti sifatida e'tirof etilishiga katta hissa qo„shdi.
Mamlakatimiz XXI asrga qadam qo„yar ekan jamiyatni rivojlantirish ustuvor
yo„nalishlarini Prezident rahbarligida belgilab oldi. Ustuvor yo„nalishlardan biri
qilib – mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotni, davlat va jamiyat qurilishini yanada
erkinlashtirish – belgilandi
1
.
Erkinlashtirish davlat qurilishi va boshqaruvdagi islohotlarni asosini tashkil
etib, u boshqa hokimiyat tarmoqlariga shu jumladan Prezident maqomiga ham
taalluqli bo„ldi. Bu borada mamlakatida amalga oshirilgan voqyealardan biri 2002-
yil 27-yanvarda bo„lib o„tgan referendum va uni asosida 2003-yil 24-aprelda qabul
qilingan qonun bo„ldi. Shular asosida konstitutsiyaga kiritilgan o„zgarishlar tufayli
Oliy Majlis ikki palatali tuzilishda tashkil qilinadigan bo„ldi. Prezidentning
vakolati besh yildan yetti yilga o„zgartirildi. Prezidentning ayrim vakolatlari Oliy
Majlis Senatiga o„tkazildi va eng muhimi Konstitutsiyadan Prezidentning Vazirlar
Mahkamasi Raisi haqidagi qoida chiqarib tashlandi.
Bularni barchasi demokratlashtirishning amaliy ifodasi edi.
2007-yil
11-aprelda
“Davlat boshqaruvini yangilash va yanada
demokratlashtirish
hamda
mamlakatni
modernizatsiya
qilishda
siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: |