275
bo„ysunuvchi shaharlar turkumiga qoida tariqasida aholisi kamida o„ttiz ming
bo„lgan, muayyan ma'muriy ahamiyat kasb etadigan, istiqbolli iqtisodiy va
madaniy markazlar deb hisoblangan shaharlar kiritilishi mumkin.
Ya'ni shahar, viloyat buysunuvidagi shahar bo„lishi uchun, uning ma'lum
miqdorda aholiga ega bo„lishi kerak; u muhum ma'muriy
ahamiyat kasb etishi
kerak; madaniyat o„chog„i bo„lishi, iqtisodiy rivojlanish istiqboli bo„lishi zarur.
Shaharlarni viloyat bo„ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish, ularni qayta
tuzish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan O„zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan
amalga oshiriladi.
Qoraqolpog„iston Respublikasida shaharlarni respublika bo„ysunuvidagi
shaharlar turkumiga kiritish, ularni qayta tuzish Qoraqalpog„iston Respublikasi
hukumatining taklifiga muvofiq Jo„qorg„i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Tuman bo„ysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida
tariqasida kamida olti
ming aholisi bo„lgan sanoat korxonalari va rivojlangan infrasrukturasi mavjud
shaharlar, aholi punktlari kiritilishi mumkin. Shahar yoki aholi punktini shunday
turkumga kiritish uchun ma'lum miqdorda aholiga ega bo„lishi, iqtisodi normal
rivojlangan bo„lishi va tegishli rivojlanishni ta'minlaydigan darajada
infrasrukturasiga ega bo„lishi kerak.
Shahar, shaharcha, aholi puktlarini tuman bo„ysunuvidagi shaharlar
turkumiga kiritish, ularni qayta tuzish tegishli viloyat hokimlarning iltimos
nomasiga asosan O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga
muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi. Bu masala Qoraqalpog„istonda
tegishli tuman hokimining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpog„iston Respublikasi
hukumatining taklifiga muvofiq Jo„qorg„i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Kamida ikki ming aholisi bo„lgan, sanoat korxonalari, qurilishlar, temir yo„l
stansiyalari va boshqa muhim obektlar yaqinida
joylashgan aholi punktlari
shaharchalar turkumiga kiritilishi mumkin. Bu masala tegishli tuman
hokimlarining isltimosnomasiga asosan Qoraqalpog„iston Respublikasi Jo„qorg„i
Kenges, xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan hal qilinadi.
276
O„zbekiston Respublikasi ma'muriy-hududiy tuzilishini belgilashga
qaratilgan munosabatlarda ma'muriy-hududiy birliklar va aholi pupktlariga nom
berish, nomini o„zgartirish tartiblari ham mazkur qonun bilan tartibga solinadi.
Qonunga binoan viloyatlar tumanlar shaharlarga nom berish va ularni
nomini o„zgartirish tegishli viloyat hokimlarining
iltimosnomasiga asosan Oliy
Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqolpog„iston Respublikasida tumanlar va shaharlarga nom berish va
ularni nomini o„zgartirish tegishli tuman, shahar hokimlarining iltimosnomasiga
asosan Jo„qorg„i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Shaharchalar, qishloqlar, ovullar, aholi puktlariga
nom berish va ularning
nomini o„zgartirish tegishli tuman, shahar hokimlarining iltimosnomasiga ko„ra
xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan, Qoraqolpog„istonda Jo„qorg„i
Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: