§ 4. Davlat va jamoat birlashmalari munosabati
Davlat ham, jamoat birlashmalari ham jamiyatning tuzulmalaridir. Ularning
alohida-alohida vazifalari bilan birga umumiy vazifalari ham mavjud. Davlat va
uning tashkilotlari bilan jamiyat birlashmalari o„rtasida to„g„ri munosabat
o„rnatilsagina ijobiy natija berishi mumkin. Ana shu munosabatning huquqiy asosi
Konstitutsiyada mustahkamlangan.
Konstitutsiyaning
58-moddasida,
“Davlat jamoat birlashmalarining
huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishining ta'minlaydi, ularga ijtimoiy
hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi.
237
Davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari
faoliyatiga, shuningdek, jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor
shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo„l qo„yilmaydi” – deb belgilangan.
Davlat bilan jamoat birlashmalari munosabatida davlat tomonidan jamoat
birlashmalarini ro„yxatga olish tartibini o„rnatilishi hamda barcha jamoat
birlashmalarining faoliyatini tashkil qilish, vazifasi, vakolatini belgilovchi huquqiy
hujjatlarni (qonun, farmon, qarorlar) davlat tomonidan qabul qilinishi muhim rol
o„ynaydi.
Davlat o„zining qonun va boshqa huquqiy hujjatlari orqali jamoat
birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta'minlaydi.
Qonunlarda jamoat birlashmalarining ijtimoiy-siyosiy hayotda ishtirok etishlari
uchun teng huquqiy imkoniyatlar belgilanadi.
Masalan, O„zbekistonning saylov to„g„risidagi qonunlarida, barcha
ro„yxatga olingan siyosiy partiyalarga teng imkoniyat yaratilgan va bir hil huquq
berilgan. Qonunga asosan siyosiy partiyalar deputatlikka va Prezidentlikka
nomzod ko„rsatishda, nomzodlarni tashviqot-targ„ibot qilishda teng huquqlarga
ega.
Jamoat birlashmalari o„z faoliyatini mustaqil, chetdan aralashuvlarsiz olib
borsa, ularning faoliyati ijobiy bo„lishi mumkin. Shuning uchun Konstitutsiyada
belgilangan qoidaga asosan, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat
birlashmalari faoliyatiga aralashuvi, ta'sir qilishi mumkin emas. Xuddi shuningdek,
jamoat birlashmalari ham davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyatiga
aralashishi mumkin emas.
Davlat jamoat birlashmalarini moddiy tomondan ham qo„llab-quvvatlash
siyosatini olib boradi. 2004 yil 30 aprelda “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish
to„g„risida” qonun qabul qilinib, barcha siyosiy partiyalarga teng imkoniyat
yaratish, faoliyatini oshirish, o„z faoliyatini tashkil etishda moliyaviy
qiyinchiliklarga uchramaslik uchun, partiyalarni davlat tomonidan moliyaviy
ta'minlash tartibi joriy qilindi.
Davlat jamoat birlashmalarining faoliyatiga aralashmagan holda, ular
238
faoliyatini qonunga mos bo„lishini nazorat qiladi. Siyosiy partiyalar o„z moliyaviy
faoliyati, davlat tomonidan ajratilgan mablag„lardan to„g„ri foydalanish haqida
davlatga (Oliy Majlisga) hisobot taqdim qiladi. Umuman har qanday jamoat
birlashmalarining mablag„lari, ularning sarflanishi, soliq to„lashlari ham davlat
organlari tomonidan nazorat qilinadi.
Jamoat birlashmalarining faoliyati qonun va o„z nizomlariga muvofiq olib
borilishi ustidan nazoratni olib borish borasida Adliya vazirligiga alohida
vakolatlar yuklangan.
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining
2010-yil 12-noyabrdagi qo„shma majlisidagi nutqida, mamlakat Prezidenti
fuqarolik jamiyati shakllanishi jarayonida davlat va jamoat birlashmalari
munosabatlariga to„xtalib, bunday tashkilotlarning davlat va hokimiyat tuzilmalari
faoliyati ustidan ta'sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi roli ortib
borayotganligini ko„rsatib o„tdi
1
. Hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat
tuzilmalari bilan o„zaro munosabatlaridagi aniq chchegaralarni belgilash va
tashkiliy-huquqiy
mexanizmlarini takomillashtiruvchi “Ijtimoiy sheriklik
to„g„risida”gi Qonun qabul qilish zarurligini uqtirdi
2
.
Bulardan ko„rinib turibdiki faqat davlat va uning organlari jamoat
birlashmalari faoliyatini nazorat qilishda ishtirok etish bilan cheklanmay, davla
organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining muhim ko„rinishlaridan biri
jamoat birlashmalarining nazorati hisoblanadi.
Ya'ni davlat va jamoat birlashmalari o„rtasidagi munosabatda nazorat,
ularning munosabatlarini ko„rsatuvchi shartlaridan bo„lib, u ikki tomonlama
xarakterga ega, birinchisi davlat organlarining jamoat birlashmalari ustidan davlat
nazorati, ikkinchisi davlat organlari ustidan jamoat birlashmalarining nazorati bu
jamoatchilik nazoratidir.
Har ikki nazoratda ham davlat organlar, jamoat birlashmalari biri-birini
1
1
Қаранг: Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик
жамиятини ривожлантириш концепцияси. –Т.: Ўзбекистон, 2010, 42-бет.
2
Қаранг: шу асар, 45-бет.
239
ishiga aralashmaydi, biri ikkinchisini o„rnini egallashiga, vazifasini bajarishga
harakat qilmaydi.
“O„zbekiston resbublikasi Jinoyat kodeksi”ning 216
2
-moddasida “Diniy
tashkilotlar to„g„risidagi qonun hujjatlarni buzganlik” uchun jinoiy javobgarlik
belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |