Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov


§ 3. Shaxsni aybdor deb topish. Sudda himoya bilan ta'minlanish



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

§ 3. Shaxsni aybdor deb topish. Sudda himoya bilan ta'minlanish 
huquqi 
 
Konstitutsiyaning 26-moddasida “Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan 
har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko„rib chiqilib, uning aybi 
aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o„zini 
himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta'minlab beriladi. 
Hyech kim qiynoqqa solinishi, zo„ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-
qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas. 
Hyech kimda uning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar o„tkazilishi 
mumkin emas”. – deb belgilab qo„yilgan. 
Har qanday kishini aybdor deb topishni faqat sud organlari vakolatiga 
berilishi demokratik huquqiy davlatga xos xususiyat bo„lib, bu shaxsni 
himoyalashning muhim vositasidir. 
Jahon huquqshunoslik tajribasida “aybsizlik prezumpsiyasi” degan so„z 
ishlatiladi. Bu degani shaxsni aybi aniq isbotlanib, aybli ekanligi sud e'tirof 
etguncha, unga hyech qanday ayb qo„ymaslik va aybdor deb e'lon qilmaslikdir. 
Shaxsni aybi qonunlarda belgilangan tartibda, sudda ko„rib chiqilib isbotlansagina 
u aybdor deb topilishi mumkin. Bunda yana bir muhim shart sudda ish oshkora 
ko„rilishi hisoblanadi. Sudda ishni oshkora ko„rish deganda manfaatdor tomonlarni 
oldindan sudda ish ko„rish vaqti va joyi haqida ogoxlantirish, sud majlislarida 
ishtirok etishga tusqinlik qilmaslik, sud majlislarida jamoatchilik vakillari, 
ommaviy axborot vakillarini ishtirokiga imkoniyat yaratish hisoblanadi. 
Sudda ayblanayotgan shaxsga o„zini himoya qilish, aybsizligini isbotlash 
1
Ҳалқ сўзи. 2005 йил август
2
И.А.Кaримов “Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини 
ривожлантириш концепцияси” . -Т.; Ўзбекистон, 2010, 22-бет.


154 
uchun barcha tegishli imkoniyatlar yaratiladi. Ular dalillar taqdim qilishi, suddan 
guvohlarni chaqirishni va boshqa harakatlar sodir etishni so„rashi mumkin. 
Sudda ayblanayotgan shaxsning himoyaga bo„lgan huquqini ta'minlashni 
Konstitutsiyaning 116-moddasi ham ko„zda tutgan, unga asosan “Ayblanuvchi 
himoyalanish huquqi bilan ta'minlanadi. Tergov va sud ishini yuritishning har 
qanday boskichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi”. 
“Aybsizlik prezumpsiyasi” yana ayblanayotgan shaxsga o„z aybsizligini 
isbotlash majburiyatini yuklamaydi (bu tegishli organlarning majburiyati), 
shuningdek gumonlar isbotlanmasa, bunda gumonlar ayblanuvchi foydasiga hal 
etilishini ko„zda tutadi. 
Amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotining eng muhim jihatlaridan biri, 
advokatlar rolini oshirish, ularning holatini davlat ayblovchilari bilan 
tenglashtirishga qaratilgan bo„lib, bu shaxs manfaatlarini himoya qilishni 
kuchaytirishga tug„ridan-tug„ri ta'sir qiladi. 
Shaxsning aybini isbotlash uchun uni qiynokka solish, unga nisbatan 
zo„ravonlik qilish, insonni qadr-qimmatini kamaytiruvchi har qanday harakat sodir 
etish, tazyiq o„tkazish kat'iyan taqiqlanadi. O„zbekiston Jinoyat Kodeksini 206, 
235-moddalarida shunday harakatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. 
Shunday harakatlar sodir etilgudek bo„lsa, aybdor shaxslar jazolanadi. 
Shunday 
harakatlarni 
sodir 
etmaslik 
jinoyat 
qonunlarimizning 
muhim 
prinsiplaridan qilib belgilangan. 
O„zbekiston Xalqaro huquqning umume'tirof etilgan qoidalariga sodikligini 
namoyon etib, 1995-yil 31-avgustda “Qiynoq hamda muomala va jazolashning 
qattiq shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi 
Konvensiya”ga qo„shilgan. 
Jahon tajribasida shaxsning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar o„tkazish 
shaxsning qadr - qimmatiga qaratalgan qonunsiz harakat deb e'tirof etilgan. 
O„zbekistonda ham bunday tajribalar taqiqlanadi. Shaxsning roziligisiz unda turli 
tajribalar o„tkazilishi natijasida insonlar naqadar xo„rlanganligini, hayotdan, 
sog„liqdan maxrum bo„lganligini ikkinchi jahon urushida Konslagerlarda fashistlar 


155 
qilgan ishlardan bilamiz. Shunday holatlar takrorlanmasligi uchun bizning 
mamlakatimizda kuchli huquqiy asoslar mavjud. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish