II.
Senat faoliyatini tashkiliy shakli va Senatning tarkibiy tuzilmasi
Konstitutsiya va qonunlarga asosan Senat faoliyatining tashkiliy shakli
uning majlisidir. Senatning birinchi majlisi MSK tomonidan Senat tarkib
topgandan keyin bir oydan kechiktirmay chaqiriladi, majlisni MSK raisi ochib,
Senat Raisi saylanguncha majlisga raislik qiladi.
Senat doimiy ishlovchi palata emas, uning majlislari zaruratga qarab, lekin
kamida bir yilda uch marta o„tkazilishi kerak.
Senatning navbatdan tashqari majlisini o„tkazilishi ko„zda tutilgan bo„lib, u
Prezident, Senat Raisi taklifiga binoan yoki Senat a'zolari umumiy sonining
uchdan bir qismi taklifi bilan chaqirilishi mumkin.
Senat majlislarida qonunchilik palatasida qabul qilingan qonunlar
ma'qullanadi yoki rad etiladi, shuningdek Senat hujjatlari qabul qilinadi.
Senat majlisi agar unda senatorlar umumiy sonini yarmidan ko„pi ishtirok
etayotgan bo„lsa vakolatli hisoblanadi. Konstitutsiya qabul qilish va unga
o„zgartirish kiritish, Konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilishda senatorlar umumiy
sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etishi shart.
Senat va uning organlari majlislarida O„zbekiston Respublikasi Prezidenti,
Qonunchilik palatasi Spikeri, Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining a'zolari,
Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo„jalik sudi raislari, Bosh prokurori ishtirok
etishlari mumkin. Bundan tashqari Konstitutsiya (81 modda) Senat majlislarida va
uning organlari majlislarida Markaziy bank boshqaruvi raisi ishtirok etishi ham
ko„rsatilgan.
Senat majlisiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarning, ilmiy
muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, OAV vakillari taklif etilishi
mumkin.
380
Senat majlisi ochiq va oshkora o„tkaziladi. Zarur hollarda senatni qarori
asosida yopiq majlisi o„tkazilishi mumkin. Senat qonunchilik palatasi bilan birga
qo„shma majlislar o„tkazadi. Bu haqda qonunchilik palatasiga bag„ishlangan
qismda batafsil to„xtab o„tilgan.
Senat ham o„z ichki tuzilmasiga ega.
Senat birinchi majlisida O„zbekiston Prezidentining taqdimiga binoan Senat
a'zolari orasidan yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining ko„pchilik
ovozi bilan Senat vakolat muddatiga Senat Raisini saylaydi.
Birinchi majlisda Senat Raisi bilan uning o„rinbosarlari saylanadi,
o„rinbosarlardan biri Qorqalpog„iston vakili bo„ladi.
Senat Raisi o„z vazifasini bajarishi davrida siyosiy partiyalar va harakatlarga
a'zolikni to„xtatib turadi.
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi:
1)
Senat majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;
2)
Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalrni tayyorlashga umumiy
rahbarlik qiladi;
3)
Senat qo„mitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib
boradi;
4)
O„zbekiston Respublikasi Qonunlarining va Senat qarorlarining ijrosi
ustidan nazoratni tashkil qiladi.
5)
Parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda halqaro
parlament tashkilotlari ishi bilan bog„liq Senat guruhlarining faoliyatiga rahbarlik
qiladi.
6)
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, boshqa
davlat organlari, chet davlatlar, halqaro va o„zga tashkilotlar bilan o„zaro
munosabatlarda Senat nomidan ish ko„radi.
7)
Senat qarorlarini imzolaydi
8)
Ushbu Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa
vakolatlarini amalga oshiradi.
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi farmoyishlar
381
chiqaradi.(Konstitutsiyaning 86-moddasi)
“O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to„g„risida”gi qonunida
Senat Raisining yana boshqa vakolatlari ham ko„rsatilgan, ya'ni Senat ma'qullagan
qonunlarni imzolash uchun Prezidentga yuborish, o„rinbosarlar o„rtasida
vazifalarni taqsimlash va boshqalar (Qonunning 14 moddasi).
Senat Raisi yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining uchdan
ikki qismidan ko„prog„ini ovozi bilan muddatidan ilgari chaqirib olishi mumkin.
Senat Raisi o„rinbosarlari Raisning topshirig„iga binoan uning ayrim
vazifalarini bajaradi va rais yo„qligida uning vazifalarini bajaradi.
Senatni ichki tuzilmasi sifatida Senat Kengashini ko„rsatish mumkin.
Senat faoliyatini samarali tashkil etish, qo„mitalar faoliyatini
muvofiqlashtirib borish, kun tartibi yuzasidan takliflar tayyorlash, qonunlarni
dastlabki tarzda ko„rib chiqishni tashkil etish uchun Senat Kengashi tuzildi. Uning
tarkibiga Senat Raisi, o„rinbosarlari, qo„mitalarini raislari kiradi. Senatda
fraksiyalar tuzilmasligi sababli Kengash tarkibida fraksiya boshliqlari yo„q.
Kengash Senat majlislari oraliqlarida, zaruratga qarab to„planadi. Uning
qarori a'zolarining umumiy sonin ko„pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Qonunchilik palatasi kabi Senat ichki tuzilishida qo„mitalar alohida rol
o„ynaydi.
Konstitutsiyaning
87-moddasida
Senat
muhokamasiga
kiritiladigan
masalalarni dastlabki tarzda ko„rib chiqish va tayyorlash,qonunlar hamda Senat
tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ijrosini nazoart qilish uchun senatorlar
orasidan qo„mitalar saylanishi belgilangan. Konstitutsiyaning shu moddasida zarur
bo„lgan vaqtda, muayyan vazifalarni bajarishi uchun senatorlar orasidan
komissiyalar tuzilishi ko„rsatilgan.
Oliy Majlisi Senati ichki tuzilishida Qonunchilik palatasidagi kabi, partiya
fraksiyalari, deputat guruhlari, bloklar kabi tuzilmalar yo„q.
Oliy Majlis Senati qo„mitalarini saylash, vakolatlari, ishini tashkil etish,
majlislari, qarorlari, Senat komissiyalari haqidagi masalalar “O„zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining senati to„g„risida” gi qonunning 17-22 moddalarida
382
belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |