Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov


partiyalar ega. Bir davrlarda nomzod ko„rsatish huquqiga vakillik hokimiyati



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)


partiyalar ega. Bir davrlarda nomzod ko„rsatish huquqiga vakillik hokimiyati 
2007, 33-46-бетлар.


341 
organlari va bevosita fuqarolar ham (tashabuskor tashkilotlar orqali) ega bo„lgan. 
Hozir faqat bunday huquqqa siyosiy partiyalar ega.
Prezident o„ta muhim sharafli, mamlakat, xalq taqdirini hal qiluvchi lavozim 
bo„lganligi uchun Prezident bo„ladigan shaxslar oldiga ma'lum talablar qo„yiladi. 
Bu talablar Konstitutsiyaning 90-moddasida, saylov to„g„risidagi qonunning 25-
moddasida belgilab qo„yilgan. 
Prezidentlikka nomzod ko„rsatish huquqi ularni ro„yxatga olish, uning uchun 
taqdim qilinadigan hujjatlar, nomzod ko„rsatish tartibi (imzolar to„plashi), 
nomzodlik maqomidan voz kechish yoki nomzodlikdan mahrum qilish tartiblari 
Prezident saylovi to„g„risidagi qonunning 24-26-moddalarida belgilangan. Huddi 
shuningdek saylovchilarni ro„yxatga olish va u bilan tanishtirish, ro„yxatdagi 
kelishmovchiliklarni hal qilish, saylov byulletenlarini tayyorlash, tashviqot-
targ„ibot ishlari, kuzatuvchilar faoliyati, ishonchili vakillar faoliyati, nomzodlar 
huquqlarining kafolatlari qonunning 22, 23, 27-29-moddalarida belgilangan. 
Prezident saylovida ham ovoz berish soat 6 dan 20 gacha saylov 
uchastkalarida maxsus jihozlangan xonalarda uchastka saylov komissiyasi a'zolari, 
kuzatuvchilar ishtirokida tashkil qilinadi. Saylov uchastkasiga kelish imkoniyati 
yo„qlarga turar joyida ovoz berish tashkil qilinadi. Saylov kuni boshqa yerda 
bo„ladiganlar uchun avvaldan saylov varaqalari asosida ovoz berishga imkoniyat 
yaratiladi. 
Saylovchi ovoz berish byulletini olgach, bu xaqda ro„yxatga imzo qo„yib, 
yashirin ovoz berish natijasida, byulletendagi o„zi xohlagan nomzod ro„parasiga 
krestik qo„yish bilan ovoz beradi. 
Ovoz berish vaqti tugagach, belgilangan tartibda saylov qutisi ochilib, ovoz 
berish natijasi aniqlanib, bayonnoma tuziladi va bayonnomani bir nusxasi 48 soat 
davomida uchastkada osib qo„yiladi, bir nusxasi okrug saylov komissiyasiga 
yuboriladi. 
Okrug saylov komissiyasi uchastka saylov komissiyasida bayonnomasi 
asosida natijani aniqlab, bayonnoma tuzib Markaziy saylov komissiyasiga taqdim 
qiladi. 


342 
Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalari bayonnomalari 
asosida Respublika bo„yicha natijani aniqlaydi. 
Ovoz berishda saylovchilar ro„yxatiga kiritilganlarni 33 foizi ishtirok etgan 
bo„lsa saylov xaqiqiy sanaladi.
Saylovda ikkita nomzod ishtirok etib, ovoz berishda ishtirok etgan 
saylovchilarining nisbiy ko„pchilik ovozini olgan nomzod saylangan deb 
hisoblanadi. 
Saylovda ikkitadan ortiq nomzod ishtirok etgan taqdirda, nomzodlardan 
birortasi ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan ko„pini ovozini 
ololmagan bo„lsa, eng ko„p ovoz olgan ikki nomzod ishtirokida takroriy ovoz 
berish o„tkaziladi. 
Agar qonunda ko„zda tutilgan sabablar asosida saylovda bitta nomzod qolib, 
saylovda ishtirok etsa, saylovda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan ko„pini 
ovozini olsa saylangan hisoblanadi. 
Takroriy ovoz berish zaruriyati tug„ilsa, takroriy ovoz berish kunini MSK 
saylov o„tkazilgan kundan e'tiboran bir oy ichida, lekin saylov o„tkazilgan kundan 
kamida o„n besh kun keyin o„tkaziladigan qilib tayinlaydi. Bu haqda OAVda e'lon 
qilinadi. Takroriy ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning ovozini boshqa 
nomzodga nisbatan ko„proq olgan nomzod saylangan hisoblanadi. Takroriy ovoz 
berishda saylovchilarning ishtirok etish foizi e'tiborga olinmaydi. Qancha 
saylovchi ishtirok etishidan qat'iy nazar, saylov o„tgan hisoblanadi. 
Prezident saylovi o„tmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan bo„lsa, yoki 
saylovda bitta nomzod ishtirok etib, yetarli ovoz ololmagan bo„lsa, MSK takroriy 
saylov tayinlaydi. Takroriy saylov asosiy saylov o„tganidan so„ng qirq kun ichida 
o„tkaziladi. Takroriy saylov ushbu qonun talablari asosida o„tkaziladi. Takroriy 
saylovni yangi okrug va uchastka saylov komissiyasida tomonidan o„tkazilishi 
haqida MSK qaror qabul qilishi mumkin. Ovoz berish asosiy saylovida tuzilgan 
saylovchilar ro„yxati asosida o„tkaziladi. 
O„zbekiston Prezidenti MSK tomonidan saylov natijalari e'lon qilingan 
kundan e'tibordan kechi bilan ikki oy ichida Oliy Majlis palatalarining qo„shma 


343 
yig„ilishida qasamyod qilgan paytdan boshlab o„z lavozimiga kirishadi. 
Amaldagi Prezident o„z vakolatini yangi saylangan Prezident lavozimiga 
kirishguncha bajaradi. 
Konstitutsiya va qonunlarimizda O„zbekiston Prezidentining vakolatini 
muddatidan avval tugatish hollari ko„zda tutilmagan. Faqat bir holda, 
Konstitutsiyaning 96-moddasida ko„zda tutilgan holat yuz bersa, Prezident vakolati 
to„xtatiladi. Unga asosan “O„zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o„z 
vakolatlarini boshqara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha 
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, 
bunda uch oy muddat ichida “O„zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 
to„g„risida”gi Qonunga to„la muvofiq holda mamlakat Prezidenti saylanadi”. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish