Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


  Рахмонкулов  X.  Мажбурият хукуки.  (Умумий  кридалар).  -Т.:  ТДЮИ.  2005.  -18-20



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

1  Рахмонкулов  X.  Мажбурият хукуки.  (Умумий  кридалар).  -Т.:  ТДЮИ.  2005.  -18-20

б.

2  Гражданское  право.  4.2.  Учебник//Под.ред.  Ю.К.Толстого,  А.П.Сергеева.  -М.: 



Проспект.  2005.  С.  478.

www.ziyouz.com kutubxonasi




ekspeditsiya  shartnomalari  orqali  rasmiylashtiriladi  hamda  u  transport 

xizmatlarini ko'rsatish bilan bog'liq qo'shimcha shartnomalar turiga kiradi. 

Bu  bilan  uning  qo'llanilish  doirasi  va  subyektlar  (ekspeditor  va  mijoz) 

funksiyalari  belgilanadi.  Bu  shartnoma  barcha  yuk  tashish  bilan  bog'liq 

munosabatlarga  ham  qo'llanavermaydi.  Transport  ekspeditsiyasi  bo'lishi 

uchun albatta  yuk  tashishni  tashkil  etish  xizmatini  amalga  oshirish  talab 

etiladi.  Bu  shartnomaning  mazmuni  shundan  iboratki,  jo'natuvchilar  va 

qabul qiluvchilarni ularga aloqador bo'lmagan yuk tashib o'tish jarayonini 

tashkillashtirish  va  o'tkazish  operatsiyalarini  bajarishdan  ozod  etadi. 

Ekspeditorga  yuklatilgan asosiy funksiya  esa  aynan jo'natuvchi  va  qabul 

qilib  oluvchi  ozod  etilgan  harakatlarni  haq  evaziga  bajarishni  tashkil 

etish  hisoblanadi.

Mazkur  shartnoma  ekspeditsiya  (ya’ni,  yuk  tashish  xizmatlari)  bilan 

shug'ullanuvchi korxonalar bilan munosabatlarni ifodalovchi vosita sifatida 

ko'riladi.  Shartnomadan  maqsad  ekspeditsiya  xizmatlarini  ko'rsatuvchi 

korxona  -   ekspeditor  fuqarolar  yoki  yuridik  shaxslar  bilan  shartnoma 

tuzganida  o'ziga  topshirilgan  jo'natmani  tayinlangan  manzilga  yuborish 

yoxud  ularni  qabul  qilib  olib,  xaridorga  topshirishdir.  Ekspeditor  yuk 

(jo'natma) ni transport korxonalariga topshirish uchun yoki o'zining transport 

vositalari,  ishchi  kuchlari  bilan  tayinlangan  manzilga,  aytilgan  shaxsga 

yetkazish uchun mijozdan qabul qiladi yoxud uni mijozga topshirish uchun 

transport tashkilotidan qabul qiladi.  Mazkur shartnoma aralash  shartnoma 

bo'lib, u tufayli mijozlar ba’zi bir tashkiliy-xo'jalik ishlaridan, ya’ni yuklami 

qabul  qilib  olLsh,  yetkazib  berish,  jo'natish,  tushirib  olish  kabilardan  ozod 

bo'ladilar.  Ekspeditor  mana  shunday  turdagi  xizmatlarni  ko'rsatishga 

ixtisoslashgan.  Shu  sababli  uning  xizmatidan  foydalanish  mijoz  uchun  har 

taraflama  foydali,  qulay  bo'lib,  uni  qo'shimcha  majburiyatlardan  xalos 

qiladi.  Ekspeditorda  bunday  majburiyatlami  sifatli  amalga  oshirish 

imkoniyatlari mavjud. Mijozning ham vaqti, ham mablag'i tejaladi. Transport 

ekspeditsiyasi  shartnomalarining  amalda  keng  qo'llanilishi  uni  yanada 

kengroq  huquqiy  tartibga  solinishiga  ham  olib  keldi.

Transport  ekspeditsiyasi  shartnomasi  yuk  tashish  shartnomasidan 

farq  qilgan  holda  tashishni  tashkil  etish  xizmatlarini  ko'rsatilishi  bilan 

bog'liq shartnoma hisoblanadi. Shartnoma asosida yuk tashish bilan bog'liq 

xizmatlar bajariladi yoki bajarilishi tashkil etiladi. Transport ekspeditsiyasi 

shartnomasida  nazarda  tutilgan  xizmatlar  ikkiga  bo'linadi.

ekspeditorlik  xizmatlari 



-  bu  ekspeditor  shartnomaga  muvofiq 

xizmat  ko'rsatishni  o'ziga  olgan  vositachilik  va  yordamchi-texnologiya 

xizmatlari  kompleksidir.

www.ziyouz.com kutubxonasi




-  transport-ekspeditorlik  xizmati 

-   yukni  jo‘natish  va  qabul  qilib 

olish  jarayonini  tashkil  etish,  shuningdek,  transport  ekspeditsiyasi 

shartnomasiga muvofiq yuk tashishga aloqasi bo'lgan boshqa ish turlarini 

bajarish  bilan  bog'liq  transport  xizmati  turi.

Bu ikki tushuncha xizmat tarkibiga transport vositasining kiritilganligi 

yoki  kiritilmasdan  faqat  umumiy  xizmat  ko'rsatishning  o'zi  bilan 

kifoyalanish  orqali  farqlanadi.

Transport-ekspeditorlik  xizmatlari  jumlasiga  quyidagilar  kiradi:

- yukni jo'natish joyidan belgilangan joygacha tashishni tashkil etish;

-  mijozning  shart-sharoitlariga  ko'ra  yuklarni  tashishning  maqbul 

sxemasini tanlash;

-  yuk  jo'natuvchining  ombori  (terminali)dan  yuklarni  qabul  qilib 

olish,  yuk  qabul  qiluvchining  ombori  (terminali)ga  yetkazib  berish,  unga 

va  tashuvchiga topshirish;

-  yuklarni  o'rash-joylash  (qadoqlash),  markalash,  bog'lash,  navlarga 

ajratish  va  saqlash;

-  yukni  sug'urtalash;

-  yuk  jo'natilganligi,  turgan  joyi  va  belgilangan  joyga  kelganligi 

(yukning  harakati  dispozitsiyasi)  haqida  xabardor  qilish;

- boshqa ekspeditorlar xizmatlarining turlari, tariflari va ish rejimlari 

to'g'risidagi  axborotni  hamda  boshqa  tezkor  axborot;

-  transport-ekspeditorlik  faoliyati  bilan  bog'liq  masalalar  bo'yicha 

maslahatlar;

-  bojxona  tartibotlarini  bajarish;

-  yuk  tashilganligi  uchun  tashuvchi  bilan  hisob-kitoblarni  amalga 

oshirish;

-  yuk  tashish  bilan  bog'liq  boshqa  xizmatlarni  o'z  ichiga  olishi 

mumkin.

Shartnomaning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida tashish 

bilan bog'liq xizmatlarni a’lo darajada tashkil etgan holda yuk tashuvchini 

ortiqcha harakatlardan “ozod” etish hisoblanadi. Bunda mijoz ham vaqtdan 

yutadi, ham xizmatni yaxshi tashkil etilishi natijasida ortiqcha sarf xarajat

yuk bus-butun yetkazib berilishi xavfi kamayadi. Buning asosiy sabablari 

sifatida  esa  ekspeditorning  ixtisoslashganligi,  bozordagi  raqobat  a ’lo 

darajada xizmatni tashkil etishni talab etishi va boshqalar bilan belgilanadi.

FKning  726-m oddasida  transport  ekspeditsiyasi  shartnomasi 

tushunchasi  berilgan.  Unga  ko'ra,  transport  ekspeditsiyasi  shartnomasi 

bu  — ekspeditor  haq  evaziga  va  mijoz  (yuk jo'natuvchi  yoki  yuk  oluvchi) 

hisobidan ekspeditsiya shartnomasida belgilangan yuk tashish bilan bog'liq

www.ziyouz.com kutubxonasi



xizmatlarni bajarish yoki bajarishni tashkil etish majburiyatini  olish bilan 

bog'liq  shartnomadir.

Maxsus  belgilarga  qarab  shartnomalar  quyidagi  tarzda  tasniflanadi: 

haq  evaziga  va  tekinga  tuziladigan  shartnomalar;  ommaviy  shartnoma  va 

qo'shilish  shartnomasi;  asosiy  va  dastlabki  shartnomalar;  uchinchi  shaxs 

foydasiga tuziladigan shartnomalar; bir tomonlama va o'zaro shartnomalar1.

Shartnomalarni  bitimlarning  bir  turi  hisoblangani  sababli  ularga 

nisbatan bitimlami turlarga bo'lish to'g'risidagi qoidalar qo'llanishi mumkin. 

Bu  me’zon  I.B.Zokirov  asarlarida  shartnoma  turlariga  asos  qilib  olingan. 

Shuningdek,  muallif  ommaviy  shartnoma,  qo'shilish  shartnomasi  va 

dastlabki shartnoma kabi turlarga ham bo'linishini alohida ta’kidlab o'tadi2.

Yuridik  adabiyotlarda  shartnomalarni  turlarga  ajratish  uchun  turli 

xil mezonlami qo'llashga harakat qilingan. Masalan, M.V.Gordon -   yagona 

“natija” mezoni asosida barcha ma’lum bo'lgan shartnomalarni bir qatorga 

qo'yishni  taklif  etgan3.  O.S.Ioffe  esa  shartnomalarni  turkumlashda 

“jamlangan me’zon”ni taklif etadi4. E.A.Suxanov O.Sioffe fikrini to'ldirishga 

harakat  qilib,  yana  uchta  shartnoma  turini  ko'rsatib  o'tadi5.  Lekin  biz 

LB.Zokirovning  shartnomalarni  tasniflash  m e’zonini  asos  qilib  oldik.  Zero 

bu  me’zon  shartnoma  mohiyatini  tushuntirishda  “oson”  yo'lni  tanlaydi.

Transport ekspeditsiyasi shartnomasi ham o'zining maxsus belgilariga 

ko'ra  quyidagi  huquqiy  belgilarga  ega:

birinchidan,  shartnomada  ekspeditor  va  yuk  tashuvchi  boshqa- 



boshqa  shaxs  bo'lgan  hollarda  konsensual,  yuk  tashuvchi  va  ekspeditor 

bir  shaxs  bo'lgan  hollarda  esa  real  bo'lishi  mumkin.

Transport  ekspeditsiyasi  shartnomasi  konsensual  (huquq  va 

majburiyatlami  o'zaro  kelishish  va  bunday  kelishuvni  lozim  tartibda 

rasmiylashtirish paytda vujudga keltiradigan shartnoma) bo'lishi mumkin. 

Chunonchi, ekspeditor ekspeditsiya xizmatlarini bajarishni tashkil qilishida 

taraflarning  huquq  va  majburiyatlari  shartnoma  tegishli  tartibda 

rasmiylashtirilgandan  so'ng  vujudga  keladi.

Ayrim  hollarda  agar  ekspeditorning  o'zi  shartnoma  bo'yicha  yuk 

tashuvchi  bo'lgan  hollarda  shartnoma  real  bo'lishi  mumkin.  Transport




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish