Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

1  Радмонкулов 

Мажбурият  хукуки.  -   Т.:  ТДЮИ.  2005.  Б.  18-19

www.ziyouz.com kutubxonasi




shartnom asi  obyekti  xodimning  m eh n a t  faoliyati  hisoblansa,  p u d rat 

shartnom asida  esa  pudratchining  m ehnat  natijasi  hisoblanadi.  M ehnat 

shartnom asida  xodim   tashkilotga  qo'shilgan  holda  u  belgilagan  ichki 

tartib  qoidalarga  bo'ysungan  holda  m ehnat  faoliyatini  am alga  oshirsa, 

p u d rat  shartnom asida  pudratchi  o'z  faoliyatini  o'zi  m ustaqil  belgilaydi 

va  ish  natijasi  yuzasidan  butun   m as’uliyatni  zimmasiga  olgan  holda 

n u q s o n li  is h n in g   o q ib a ti  f u q a r o lik - h u q u q iy   ja v o b g a r lik   b ila n  

yakunlanishini  e ’tiborga  olib,  faoliyat  yuritadi.

Shuningdek,  m ehnat  shartnom asi  m ehnat  m unosabatlaridan  kelib 

chiqsa,  p u d ra t  shartn o m asi  fuqarolik  huquqiy  m unosab atni  yuzaga 

keltiradi.  M ehnat  shartnom asi  shartlarini  buzganlik  uchun  O'zbekiston 

Respublikasi  M ehnat  kodeksining  tegishli  moddalariga  asoslangan  holda 

intizomiy  javobgarlikka  tortilsa,  p u d rat  shartnomasi  fuqarolik-huquqiy 

moddiy  javobgarlikka  tortiladi.

M ehnat  shartn om asi  bo'yicha  uyida  ish  b ajaradigan  xodim ning 

m ehnati  bilan  p u d ra t  shartnom asi  bir-biriga  o'xshab  ketsa-da,  lekin 

ular  farqlanadi.  Uyda  ish  bajaruvchi  aniq  bir  buyurtm ani  ishxonadan 

olib uyida bajarib beradi. Lekin garchi u korxona m ehnat tartib qoidalaridan 

yiroqda  bo'lsa-da  korxonaning  ishchisi  hisoblanadi  va  unga  nisbatan 

ijtimoiy  kafolatlar  qo'llaniladi.

Hozirgi  kunda  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2006-yil  5- 

yanvarda  «Yirik  sanoat  korxonalari  bilan  kasanachilikni  rivojlantirish 

asosida ishlab chiqarish va xizmatlar o'rtasida kooperatsiyani kengaytirishni 

rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida» gi Farmoni ham da O'zbekiston 

Respublikasi Vazirlar M ahkamasining 2006-yil  11-yanvardagi 4-son Qarori 

bilan tasdiqlangan «Kasanachilik to'g'risida»gi Nizomga asosan kasanachilik 

faoliyati  rivojlanmoqda.  Kasanachilikning  pudrat  m unosabatlaridan  farqi 

ham   yuqoridagi  qoidalardan  kelib  chiqib  belgilanadi.  Kasanachilik  bu  -  

tuzilgan  m ehnat  shartnomasiga  muvofiq  16  yoshdagi  yoki  undan  katta 

yoshdagi jismoniy shaxs (kasanachi)  ning yashash joyi bo'yicha yoki unga 

yoki uning oila a ’zolariga tegishli bo'lgan boshqa binolarda ish beruvchining 

b uyurtm alari  bo'yicha  tovarlar  ishlab  chiqarish  yoki  xizm atlar  ko'rsatish 

bo'yicha  am alga  oshiraladigan  ish  -   m ehnat  faoliyatidir.  Korxona  bilan 

m ehnat  shartnom asini  imzolagan  kasanachiga  korxona  asbob-uskunalar, 

jihozlar, xom ashyo va m ateriallar yetkazib beradi. Korxonada ishlayotgan 

xodim  bilan  kasanachining  maqomi  tenglashadi.  M ehnatga  haq  to'lash, 

ijtimoiy m uhofazalash, ijtimoiy sug'urtalash masalalari hal qilinadi hamda 

soliq  imtiyozlari  qo'llaniladi.  Demak,  kasanachilik  pudrat  shartnom asidan 

farqli ravishda m ehnat m unosabatlarini vujudga kelishi uchun asos bo'ladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi




S h u n in g d e k ,  m e h n a t  m u n o sa b a tla rid a   x o dim   ish  b e ru v c h ig a  

bo'ysunadi,  kasanachi  ham   b uyurtm achi  bilan  m eh n at  m unosabatlari 

orqali  bog'liq  bo'lganligi  va  faqatgina  uning  buyurtm asi  orqali  m ehnat 

qilishini  nazarda  tutsak  unga  nisbatan  ham   “ish  beruvchiga  bo'ysunadi” 

iborasini  qo'llasak  bo'laveradi.  Xodim   ish  b e ru v c h i  b u y u rg a n   ishni 

yakunlagandan  so'ng  ham   ish  beruvchi  bilan  m unosabatda  qolaveradi. 

P u d ra t  shartnomasida  esa  pudratchi  buyurtm achiga  bo'ysunm aydi  va 

u n d a n   a lo h id a   u n in g   b u y u r tm a s in i  b a ja r g a n d a n   s o 'n g   u  b ila n  

m unosabatlari  tugaydi.

P u d rat  shartnomasi  bilan  tuziladigan  m ajburiyatlarning  konstitutiv 

belgilari  quyidagilardan  iborat:

-pudratchi  buyurtm achining  topshirig'i  bo'yicha  buyurtm achining 

u  yoki  bu  individual  topshiriqlarini  qondirish  m aqsadida  ishni  bajaradi;

-pudratchi  yangi  ashyoni  yaratish  yoki  qayta  tiklash,  yaxshilash, 

m avjud b o igan ashyoni o'zgartirish  kabi natijaga ega  b o ig an  belgilangan 

ishni  bajarish  m ajburiyatini  oladi;

-p u d ra t  shartnom asi  bo'yicha  yaratilg an   ashyo  to  b u yu rtm achi 

bajarilgan  ishni  qabul  qilgunga  qadar  pudratchiga  m ulk  huquqi  asosida 

tegishli  boiadi;

- p u d ra tc h i  sh a rtn o m a g a   asoslan g an   n a tija g a   e rish ish   usul  va 

vositalarini  m ustaqil  tan lash   huq u q ig a  ega  (sh artn o m ad a  va  qonun 

hujjatlarida  nazarda  tutilgan  hollar  bundan  mustasno);

-p u d ra tc h i  ishni  b ajarish   jaray o n id a  uning  natijasiga  n isb atan  

tavakkalchilik  qiladi.

P u d ra t  shartnomasining  huquqiy  belgilari  quyidagilardan  iborat: 

P u d rat  shartnomasi  ikki  tomonlama  shartnom a  hisoblanadi.  Chunki 

p u drat shartnomasida shartnom a taraflarining h a r birida o'ziga xos huquq 

va  m ajburiyatlar  mavjud.  P udratchida  shartnom ada  belgilangan  ishni 

bajarish m ajburiyatini va bajarilgan ish haqini talab qilish huquqi m avjud 

boisa,  buyurtm achi  shartnom ada  belgilangan,  bajarilgan  ish  uchun  haq 

to ia sh   m ajburiyati  va  ishni  bajarishni  talab  qili  huquqi  m avjud  boiadi.

P u d ra t  shartnom asi  konsensual  sh artn o m a  hisoblanadi.  C hunki 

shartnom a taraflar o'rtasida kelishuvga erishilgan paytdan boshlab tuzilgan 

hisoblanadi  va  shu  paytdan  boshlab  kuchga  kiradi.

P u d r a t  sh artn o m asi  h a q   b a ra v a rig a   tu z ila d ig a n   s h a rtn o m a la r 

turkum iga kiradi. Pudrat shartnomasida buyurtm achi pudratchi tomonidan 

amalga  oshirilgan  ishlar  uchun  shartnom ada  belgilangan  haqni  toiash i 

lozim  b o iad i.  B ajarilgan  ishning  bahosi  ta ra fla rn in g   kelishuvi  bilan 

belgilanadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Taraflarning  kelishuviga  ko‘ra,  pudratchi  tomonidan  bajariladigan 

ishlar  p u drat  shartnomasining  predm eti  hisoblanadi.  P udrat  shartnomasi 

bo'yicha  bajariladigan ish m a’lum bir ashyoni  tayyorlash,  m asalan,  ishlab 

chiqarish  texnikasiga  oid  bo'lgan  m ahsulot  yetkazib  berish  shartnom asi 

bo'yicha  olishi  m um kin  bo'lmagan  asbob-uskunalar  va  shunga  o'xshash 

m ahsulotlarni  yasatib   olish,  fuqarolarning  m aishiy  ehtiyojlari  uchun 

buyum lar  tayyorlab  berish  yoki  ashyolarni  qayta  ishlab,  ta ’mirlab,  xom- 

ashyoga  qay ta  ishlov  berish  yoxud  boshqacha  tartib da  ishni  bajarib, 

buyurtm achiga  topshirish  yo  buyurtm achining  topshirig'iga  muvofiq, 

uning  tom onidan  ko'rsatilgan,  vakil  qilingan  shaxslarga  topshirishdan 

iborat  hisoblanadi.


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish