Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet414/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   410   411   412   413   414   415   416   417   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

l-§ .  Shaxslar

1.  Chet  el  fuqarolarining  fuqarolik-huquqiy  holatlari.

M a’lum   d a ra ja d a   aholi  k o 'ch ish ig a  olib  keluvchi  tu rli  xalqaro 

aloqalarning  rivojlanishi  bilan  birga,  chet  el  fuqarolarining  fuqarolik- 

huquqiy  holatini  tartibga  solish  aham iyati  ortib  boradi.

Albatta,  ushbu  masalani  o'rganishda  chet  el  fuqarolarining  huquqiy

Халкаро  хусусий  хукук.  Олий  укув  юртлари  учун  дарслик  //  ХР-  Рахмонкулов  ва 



бош^.  /  Х.Б.  Бобоев,  М.Х  Рустамбоев,  О.  Окюлов,  А.Р.  Рахмановларнинг  умумий 

тахрири  остида.  -  Т.:  «Иктисодиёт  ва  ХУКУК  дунёси»  нашриёт  уйи,  2002  йил,  65  -   66 

бетлар.

www.ziyouz.com kutubxonasi




layoqati  va  muomala  layoqati  kabi  m asalalarga  alohida  to'xtalib  o'tish 

kerak.  Masalan,  O'zbekiston  Respublikasida  o'zi  fuqaro  bo'lgan  davlat 

qonunchiligiga  ko'ra,  m uom alaga  layoqatsiz  hisoblanuvchi  18  yoshga 

etgan  chet  el  fuqarosi  bilan  bitim  tuzishda  qanday  normalarni  qo'llash 

kerak?

Hozirgi  d a v rd a   barch a  m am lak atlard ag i  jnsm oniy  shaxslarning 



h u q u q iy   holati  q onunlar  tom onidan  ta rtib g a   solingan  bo'lib,  h u q u q  

layoqati  va  muomala  layoqati  tushunchalari  yordam ida  ochib  beriladi. 

Am m o  bu  ikki  tu shu n ch a  barcha  huq u qiy   tizim larda  ham   m azm un 

jihatidan  farqlanavermaydi.  Angliya  va  AQShda  muomalaga  layoqat  va 

huquq  layoqati bitta  term in bilan belgilanadi  (huquq  layoqati inglizchada

—   legal  capacity).  Bu  o'rinda  shuni  ta ’kidlash  kerakki,  hozirda  «passiv 

huquq layoqati» term ini ham  qo'llanilmoqda. Bu term in mazmuni jihatidan 

huquq  layoqati  tushunchasiga  yaqin.  «Aktiv  h u quq  layoqati»  «active 

capacity»,  «huquqiy xatti-harakatni  amalga  oshirishga layoqat»  (capacity 

fo r  p e rfo rm a n c e   of  legal  a c t)  te rm in i  esa  m u o m a la g a   la y o q a tli 

tushunchasiga  m azm unan  yaqin.  Fransiyada  xuddi  Angliyadagidek  kabi 

muomala layoqati va huquq layoqati o'rtasida keskin terminologik tafovut 

yo'q.  Fransiya  FKping  3-m oddasida  «capacite»  term ini  qo'llaniladi  va 

bunda  muomala  layoqati  va  huquq  layoqati  tushuniladi.  FFKning  488- 

m oddasida  voyaga  etgan   fu q aro   fuqarolik  xayotining  b a rc h a   x a tti- 

h arakatlariga  layoqatli  bo'lishi  to'g'risidagi  norm a  aks  ettirilgan.  Sud 

am aliyo tid a  va  y u rid ik   a d a b iy o tla rd a   m u om ala  lay oq ati  (capacite 

dexercice) va huquq layoqati (capacite de juissanse)1 bir-biridan ajratiladi. 

F ran su z  va  ingliz  h u q u q id an   farqli  ra v ish d a   G erm aniy a  fu q arolik  

t u z u m id a   (G FT )  u c h ta   te r m in   q o 'lla n ila d i:  « h u q u q   la y o q a t» i 

(Rechtsfahigkeit),  «muomala layoqati»  (Delitsfahigkeit) va  «huquqqa xilof 

h a ra k a tg a   layoqat,»  (D elitsfahigkeit).  B u n d ay   farq lash   S h v e y tsa riy a  

Fuqarolik  kodeksida  ham   kuzatiladi.

60-yillarning  o'rtalarida  G 'arb   davlatlarining  ko'pchiligida  voyaga 

etish  yoshi  21  yoshdan  18  yoshga  tushirilishi  to'g'risidagi  qonunlar  qabul 

qilingan edi. Masalan, GFTning 2-paragrafi fuqaro yoshining o'n sakkizinchi 

yili  tugagan  kunda  voyaga  etgan  deb  hisoblanishini  ko'rsatadi.

Shveytsariyada voyaga etgan deb 20 yoshga etgan shaxs hisoblanadi. 

A ngliyada  inson  18  yoshga  to 'lg a n   k u n id a n   b oshlab  voyaga  e tg a n

1  Гражданское  и  торговое  право  капиталистических  государств.  Отв.ред. 

Е.А.Васильев.  -  М.,  Международные  отношения.  1993,  8-бет.

2  Уша жойда,  69-бет.

www.ziyouz.com kutubxonasi



hisoblanadi.  AQShning  turli  shtatlarida  voyaga  etgan  deb  18  yoshdan  21 

yoshgacha bo'lgan shaxslar hisoblanadi.  Shuningdek,  turli m am lakatlarda 

voyaga  etm aganlam ing  muomalaga  layoqati  hajm i  turlichadir2.

O'zbekiston  Respublikasidagi  chet el  fuqarolarining  fuqarolik  huquq 

layoqati  quyidagicha:

1)  mulk  huquqiga  ko'ra  mol-mulkka  egalik  qiladi;

2)  avtorlik  (mualliflik)  huquqiga  ega;

3)  bitimlar  tuza  oladi;

4)  tadbirkorlik  va  boshqa  faoliyat  bilan  shug'ullanadi;

5)  mol-mulkka  vorislik  qiladi;

6)  tu ra r  (yashash)  joyini  tanlaydi;

7)  mustaqil  ravishda  yoki  boshqa  shaxslar  bilan  birgalikda

shirkatlar  va  jam iyatlar  tashkil  qiladi  va  h.  k.

O'zbekiston  Respublikasida  doimiy  ravishda  istiqomat  qiluvchi  yoki 

bu  erga  vaqtincha  kelgan  chet  ellikiarning  fuqarolik  huquqiy  layoqati 

milliy  rejim  bilan  belgilanadi.

Amaldagi qonunlarga asosan chet elliklar O'zbekiston Respublikasida 

quyidagi  harakatlarni  amalga  oshira  olmaydilar:

1)  davlat  hokimiyati va  boshqaruv  organlariga  saylash va  saylanish;

2)  s u d ’y a,  p r o k u ro r ,  te rg o v c h i,  n o ta riu s ,  h a rb iy   x iz m a tc h i 

lavozimlarini  egallash.

Chet  elliklariing  muomala  layoqatini  cheklashga  quyidagi  hollarda 

yo'l  qo'yiladi:

1)  doimiy  tu ra r  joyi  O'zbekiston  Respublikasi  hududida  bo'lsa;

2)  s h a x s   f u q a r o s i  b o 'lg a n   d a v la ti  to m o n id a n   O 'z b e k is to n  

Respublikasida  sud  m uhokam asiga  ijozat  berilishi  (muomala  layoqatini 

cheklash  haqida);

3)  shaxs  fuqarosi  bo'lgan  dav lat  tom onidan  shaxsning  m uom ala 

layoqatini  chegaralash  asoslari  to'g'risida  xabardor  qilish;

4)  shaxs  fuqarosi  bo'lgan  davlatda  muomala  layoqatini  chegaralash 

asoslari  (sabablari)  O'zbekiston  Respublikasidagi  asoslar  (sabablar)  bilan 

aynan  bir  xil  bo'lsa  va  h.  k.

2. 

Yuridik shaxslaming  huquqiy holatlari. Yuridik shaxslar  (Juristishe 



person,  persone  civile,  persone  morle,  persone  juridique,  corporation, 

legal  person,  juridical  person)  -  bu,  aw alam bor,  turli  xildagi  tadbirkorlik 

birlashmalari bo'lib,  ular h ar bir davlatning iqtisodida muhim rol’ o'ynaydi.

Yuridik  shaxs  faqatgina  o'ziga  m ansub  bo'lgan  mulkiy  huquqi  va 

m a jb u riy a tla ri  sohibi  sifatida  k o 'rib   chiqiladi,  u  tarkibiga  k iru v ch i 

shaxslardan  m ustaqil  ravishda  va  o'z  nomidan  h arakat  qiladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Xo‘jalik  yuritishning  zamonaviy  sharoitlarida  yuridik  shaxslarning 

faoliyati  bitta  davlatning  o‘zi  bilan  chegaralanib  qolmaydi  va  b unday 

yuridik  shaxslarning  soni  doimiy  ravishda  o‘sib  bormoqda.  O'zbekiston 

Respublikasining  «Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  to ‘g ‘risida»gi  qonunning  6- 

m oddasiga  ko'ra,  O'zbekiston  Respublikasida  tashqi  iqtisodiy  faoliyat 

s u b y e k tl a r i   b o 'lib ,  m u lk   s h a k lid a n   q a t ’iy  n a z a r ,  O 'z b e k is to n  

Respublikasida  tashqi  iqtisodiy  aloqalar  ishtirokchilar  sifatida  ro'yxatga 

olingan respublika hududida va undan tashqarida harakat qiluvchi yuridik 

shaxslar,  shu  jum ladan,  xorijiy  xalqaro  tashkilotlar  hisoblanadi.  Shuni 

t a ’k id la sh   lozim ki,  k a p ita ln i  e k s p o rt  qilish  b ir  d a v la td a   tu z ilg a n  

korxonalarni  to'liq  yoki  qisman  ravishda  boshqa  davlat  kompaniyalariga 

tegishli  bo'lib  qolishiga  olib  keladi,  chunki  yirik  monopoliyalaming  asosiy 

faoliyati  bir  vaqtning  o'zida  bir  necha  m am lakatda  amalga  oshiriladi.

O'zbekiston Respublikasi FKning  1175-moddasiga ko'ra yuridik shaxs 

qonuni  deb  yuridik  shaxs  qaysi  m am lakatda  ta ’sis  etilgan  bo'lsa,  shu 

m am lakatning huquqi hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi FKning  1176- 

moddasiga  ko'ra,  yuridik  shaxsning  fuqarolik  h uquq  layoqati  yuridik 

shaxsning  qonuni  bilan  belgilanadi.  C het  el  yuridik  shaxsi  o'z  organi 

yoki  vakilining  bitim   tuzish  vakolatlaridagi  chet  el  yuridik  shaxsning 

organi  yoki  vakili  bitim   tuzgan  m am lakatning  huquqi  uchun  nom a’lum  

bo'lgan  cheklovlarni  vaj  qilib  keltirishi  m um kin  emas.

Yuridik  shaxs  huquqlariga  ega  bo'lgan  va  tashqi  iqtisodiy  aloqalar 

ishtirokchilari  bo'lmish  tashkilot  va  firm alar  doimo  m a’lum  bir  davlat 

va uning huquqiy tartibotiga «bog'langan» bo'lib, yuridik shaxsning ushbu 

m uhim  xususiyati xalqaro xususiy huquqda shaxsiy status maqomi (qonun) 

va  yuridik  shaxs  millati  deb  ataladi.

Yuridik shaxsning shaxsiy statusi (qonun) yuridik shaxsning quyidagi 

holatlari  bo'yicha  davlatga  qaramligini,  tegishliligini  belgilaydi:

a)  uning  huquq  subyektligi  hajmini  aniqlashda;

b)  soliq  rejimida;

v)  kollizion  masalalarni  hal  etishda;

g)  diplomatik  himoya  uchun  m urojaat  qilishda;

d)  uning  bekor  bo'lishi  tartibini  belgilashda  va  h.  k.

Yuridik  shaxsning  shaxsiy  statusini  (qonunini)  aniqlashga  qaratilgan 

asosiy  doktrinalar  (mezonlar)  m avjuddir:

a)  o'troqlik  (boshqaruv  m arkazi  uchun);

b)  Inkorporatsiya  (tashkil  etish  joyi);

v)  ekspluatatsiya  markazi  (asosiy  faoliyat  ko'rsatilayotgan  joy);

g)  yuridik  shaxs  ishini  nazorat  qilish  mezoni  va  hokazo.

www.ziyouz.com kutubxonasi




O'zbekiston  Respublikasidagi  yuridik  shaxslam ing  huquqiy  holati 

milliv  qonunlar  va  O'zbekiston  Respublikasining  boshqa  davlatlar  bilan 

tuzgan  xalqaro  shartnom alaridagi  qoidalar  bilan  belgilanadi.

Y uqorida  k o 'rsa tilg a n id e k ,  tash q i  iqtiso diy  b itim la rn i  am a lg a  

oshirishga  haqli bo'lgan yuridik shaxslaming  soni o'sib ketdi,  y a’ni tashqi 

bozorga  chiqish  huquqiga  (tovarlar,  xizmat  va  ijodiy  faoliyat  natijalarini 

e k s p o r t  v a  im p o r t  q ilis h   h u q u q ig a )   is h la b   c h iq a r u v c h i l a r   v a 

iste’molchilarning  keng  doirasi  ega  bo'ldi.

Yana shuni aytib o'tish kerakki, chet el korxonalari uchun O'zbekiston 

R espub likasida  en g   k a m id a   m illiy  rejim   am al  qiladi.  (O 'zbekiston 

Respublikasi  FK  1177-modda).

O'zbekiston  Respublikasida  chet  el  investitsiyali  (xorijiy  sarmoyali) 

korxonalarning  maqomi  va  faoliyatini  tartibga  soluvchi  asosiy  qonuniy 

a k tla r  «O 'zbekiston  R espublikasida  korxonalar  to'g'risida»  «Xo'jalik 

jam iyatlari  va  shirkatlar  to'g'risida»,  «Chet  el  investitsiyalari  to'g'risida», 

«Chet  el  investorlari  huquqlarini  himoya  qilish  kafolatlari  va  tadbirlari 

to'g'risida», O'zbekiston Prezidentining «Chet el investitsiyali korxonalarga 

berilgan qo'shimcha rag'batlantirishlar va imtiyozlar to'g'risida»gi Farmoni 

(o'zgartirishlar  bilan),  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  M ahkamasining 

«O'zbekiston  Respublikasida  chet  el  investitsiyali  korxonalarni  tashkil 

etish, davlat tomonidan ro'yxatga olish va faoliyatini to'xtatish to'g'risidagi 

Qarori  (o'zgartirishlar  bilan)  va  h.  k.  bo'lib  hisoblanadi.

Qo'shma  korxona  —  m a’lum  tashkiliy-huquqiy  shaklga  kiritilgan 

korxona  bo'lib,  O'zbekiston  Respublikasi qonunlariga  ko'ra,  yuridik shaxs 

huquqlariga  ega  va  uning  u stav   fondi  o'zbek  va  chet  ellik  sheriklar 

ulushi  asosida  shakllangan.  Bu  hoi  ularga  ushbu  korxonani  birgalikda 

boshqarish  va  uning  ishlab  chiqarish,  xo'jalik  va  boshqa  faoliyatidan 

tu s h g a n   d a ro m a d n i  u lu sh la rig a   p ro p o rsio n al  ra v ish d a   taq sim la sh  

imkoniyatini  beradi.

Qo'shm a  korxonani  tashkil  qilishda  va  uning  faoliyatida  «chet  el 

elementi»  ishtirok  etgani  uchun,  ushbu  holda  qanday  huquq  qo'llanadi, 

d e g a n   savol  tu g 'ilish i  m um kin.  U shbu  savolga  javobni  O 'zbekiston 

Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  1175-moddasida  topish  m um kin: 

«Yuridik  shaxs qaysi  m am lakatda  ta ’sis etilgan bo'lsa,  shu m am lakatning 

huquqi  m azkur  yuridik  shaxsning  qonuni  hisoblanadi».

3. 


Davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatlari qatnashchisi sifatidagi 

huquqiy  holati.  Davlat  nafaqat  xalqaro  ommaviy  huquq  subyekti,  balki 

O 'zbekiston  Respublikasi  FK ning  79-moddasiga  ko'ra,  turli  fuqarolik- 

huquqiy m unosabatlaming to'la huquqli qatnashchisi bo'lib ham  hisoblanadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Shuningdek,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  FK ning  1178-moddasiga  ko'ra 

davlatning chet el elementli fuqarolik-huquqiy munosabatlarda qatnashishi 

ko'zda  tutilgan.  Bu  holda  davlat  o'zining  suverenligini  to'liq  ravishda 

saqlab qoladi, y a’ni butunlay mustaqil bo'lib, boshqa davlatlar va ularning 

organlariga  bo'ysunmaydi.

O'z  vakolatxonalari  uchun  chet  elda  m ol-m ulkka  nisbatan  m ulk 

huquqini  olib,  ch et  el  yuridik  shaxslari  va  fuqarolari  bilan  m ulkiy 

xarakterdagi  bitim larni  tuzib,  chet  elda  ochilgan  merosni  qabul  qilib, 

davlat,  shu  bilan  birga,  o'z  m unosabatlarini  hech  bir  xorijiy  qonunga 

yoki  yurisdiksiyaga  bo'ysundirmaydi.  Davlatning  suverenligi  asoslaridai 

uning mustaqilligi va demak, chet el huquqi va chet el sudiga bo'ysunmasligi 

kelib  chiqadi.  Ushbu  holatni  davlatning  daxlsizligi  (immunitet)  huquqi  deb 

atash  qabul  qilingan.

Davlatning daxlsizligi shundan iboratki, barcha davlatlarning tengligi 

prinsi piga ko'ra,  bir davlat boshqa davlat ustidan hukmdorlik qila olmaydi. 

Chet  el  davlati,  uning  organlari  va  unga  tegishli  mulk  ham   daxlsizlik 

(immunitet)  huquqiga  egadirlar.

Nazariy  jihatd ai  olganda,  odatda,  daxlsizlik  huquqining  quyidagi 

turlari  farqlanadi:  sudlovdan  daxlsizlik,  oldindan  d a ’voni  ta ’m inlashga 

daxlsizlik,  qarorni  m ajburiy  ijro  etishga  daxlsizlik.

Sudga  daxlsizlik  shu n dak  iboratki,  d a v la t  boshqa  d a v la tla rn n g  

sudloviga  tegishli  emas  (bir davlat  ikkinchi  davlat sudi  tomonidan  sudlana 

olmaydi).  Bir  davlat  ikkinchi  davlatning  sudi  tomondan  javobgar  sifatida 

jalb etilmaydi,  davlat  tomonidan  bunga  aniq  rozilik  berilgan  hollar bundan 

mustasno.

Oldindai  d a ’voni  ta ’minlashga  daxlsizlik  shundan  iboratki,  davlat 

mulki  d a’voni  ta ’minlash  predm eti  bo'la  olmaydi.

Q arorni  ijro  e tish g a   daxlsizlikka  k o 'ra ,  d a v la tn in g   ixtiyorisiz 

(roziligisiz) davlatga qarshi chiqarilgan qarorni m ajburiy ijro etishni amalga 

oshirish  mumkin  bo'lmaydi.

Q ator  d a v la tla rn in g   q o n u n larid a  d a v la tla rn in g   funksional  yoki 

cheklangan daxlsizligi nazariyasi aks ettirilgan. Unga ko'ra, davlat suveren 

sifatida  harakat  qilganda,  doimo  daxlsizlik  huquqiga  ega  bo'ladi.  A gar 

davlat  xususiy  shaxs  sifatida  h ara k a t  qilsa  tashqi  iqtisodiy  bitim larni 

amalga oshirsa va tijorat faoliyati bilan shug'ullansa,  bu holda u daxlsizlik 

huquqiga  ega  emas  deb  hisoblanadi.  Ushbu  nazariyaga  AQSH  (1976)  va 

Buyuk Britaniyaning daxlsizlik  to'g'risidagi qonunlari asoslangan. Bunday 

prinsipga  asoslangan  holda  A vstriya  (1974),  K anada  (1981),  Singapur 

kabi  m am lakatlarda  qonunlar  qabul  qilingan.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Shaxsiy  nomulkiy  huquqlar  (inglizcha  regsopal  unrgorerty  right)  — 

subyektiv  huquq  turidir;  ashyoviy  mazmunga  ega  bo'lmagan  boyliklarga 

bo'lgan huquq.  Shaxsiy nomulkiy huquqning xususiyatlaridan biri — uning 

sohibidan  tortib  olinmasligi  va  ajratilmasligidir.  Shaxsiy  nomulkiy  huquq 

odatda  absolyut  huquq  toifasiga  kiradi.  Masalan,  muallifniig  shaxsiy  va 

nomulkiy huquqlari — unga o‘z asariga nisbatan tegishli huquqlar hisoblanadi 

Bularga  asar  muallifi  deb  tan  olinish  huquqi  (mualliflik  huquqi);  ushbu 

asardan foydalanish va undan muallifning chinakam ismi, taxallusini ko‘rsatish 

bilan yoki ismini ko‘rsatm agan holda  (anonim ravishda) foydalanishga ijozat 

berish  huquqi;  nomga  bo'lgan  huquq;  asam i  e’lon  qilish  yoki  xohlagan 

shaklda  e’lon  qilishga  ijozat  berish  huquqi  (e’lon  qilish  huquqi);  muallif 

obro'siga  zarar  yetkazish  darajasida  asar  mazmunini,  nomini  har  qanday 

buzishlardan va tajovuzlardan himoya qilish huquqi (muallif obro'sini himoya 

qilish  huquqi)  va  hokazolar  kiradi  Muallif  asam i  e’lon  qilish  to'g'risidagi 

ilgari  qabul  qilingan  qarordan  quyidagi  holda,  ya’ni  asardan  foydalanuvchi 

shaxsga  ushbu  qaror  natijasida  yetkazilgan  zarar  o'm ini  to'ldirish,  shu 

jumladan,  boy  berilgan  foydani  to'lash  sharti  bilan  voz  kechishi  mumkin. 

Shaxsiy nomulkiy huquqlar muallifga uning mulk huquqlaridan qat’iy nazar, 

tegishlidir va u asardan foydalanishga bo'lgam mutlaq huquqlami boshqalarga 

o'tkazish  holida  ham   saqlanib  qoladi1

O 'zbekiston  R espublikasi  FK ning  1179-moddasiga  ko'ra  shaxsiy 

n o m u lk iy   h u q u q la rg a   n isb a ta n   b u n d a y   h u q u q la rn i  him oya  qilish 

to'grisidagi  talab  uchun  asos  bo'lib  xizmat  qilgan  harakat  yoki  boshqa 

holat  sodir  etilgan  m am lakat  huquqi  qo'llaniladi.

Xalqaro xususiy huquqda mualliflik, patent va ixtiro qilish huquqlari 

«intellektual  mulk»  d eb   nom langan  b itta  um um iy  guruh ga  birlasha 

boshladi. Bu hoi 1967 yilning 14 iyulida Jahon intellektual mulk tashkilotini 

t a ’sis  qilgan  S to k g o l’m   konvensiy asin in g   tuzilishi  bilan  bog'liqdir. 

O'zbekiston  Respublikasi  h am   ushbu  tashkilotga  1993  yildan  boshlab 

a ’zodir.

O 'zbekiston  R espu b lik asi  Fuqarolik  kodeksining  1180-m oddasi 

intellektual  m ulkka  bo'lgan  huquqlarga  nisbatan  bu  huquqlarni  himoya 

qilish  so'raladigan  m am lakat  huquqi  qo'llanilishini  ko'zda  tutadi.

«Intellektual  mulk»  tushunchasini  qullash  vaqtida  shuni  nazarda

1  Тихомирова  Jl.B.  Тихомиров  М.Ю.  Юридическая  энциклопедия.  Под  ред. 

М.Ю.Тихомирова.-М.,  1997,  229-бет.

www.ziyouz.com kutubxonasi



tu tish   zaru rk i,  b u   tu sh u n ch a  y ig‘m a  va  sh artli  m azm u ng a  egadir. 

Intellektual faoliyat. samarasi bo'lmish fan,  adabiyot, m adaniyat asarlarini 

yaratish,  ulardan foydalanish va  ularni  himoya  qilish jarayonida  vujudga 

kelgan m unosabatlam i tartibga solish jahon mamlakatlarining ko‘p qismida 

mulk  to'g'risidagi  qonunlar  bilan  emas,  balki  mualliflik  huquqi  va  tovar 

belgilari  to 'g risid a g i  q o nunlar  bilan   am alg a  oshiriladi.  O 'zbekiston 

Respublikasida  bu  qonunlar  quyidagilar;  «Mualliflik  huquqi  va  turdosh 

huquqlar  to‘g ‘risida»gi  qonun  (1996  yil  30  avgust),  «Tovar  belgilari  va 

xizmat  belgilari  to‘g ‘risida»gi  qonun  (1993  yil  7  may),  «Ixtirolar,  foydali 

modellar  va  sanoat  nam unalari  to‘g ‘risida»gi  qonun  (1994  yil  6  may), 

«ЕНМ uchun dasturlar va m a’lumot bazalarini himoya qilish to‘g ‘risida»gi 

qonun  (1994  yil  6  may)  va  hokazolar.

Mualliflik huquqi insonning asosiy huquqlaridan hisoblanib, insoniyat 

tom onidan  to 'p la n g a n   bilim lardan  fo ydalanish  z a ru riy a ti  v a  u sh b u  

bilim larni  to 'p la g a n la rn i,  y a r a tg a n la rn i  ta q d irla s h   m a jb u riy a tig a  

asoslangan.

Mualliflik  huquqlari  va  inson  huquqlari  bo'yicha  huquqiy  institutlar 

muallifning m a’naviy huquqi deb atalm ish m anfaatlarni  himoya qiladilar. 

M a’naviy  h u q u q la r  asarga  bo'lgan  m ualliflikni  va  a sa r  m a ’nosi  va 

yaxlitligini  buzib  talqin  etishdan  himoya  qilish  huquqini  o'z  ichiga  oladi.

Bundan  tashqari,  muallif  o'z  asaridan  uning  qiymati  va  vazifasidan 

q at’iy  nazar,  xohlagan  tijorat  m aqsadlarida  foydalanish  m utlaq  huquqiga 

egadir.

Mualliflik  huquqi  tomonidan  faqatgina  asarning  o'zi  him oya  qilinadi 

(ya’ni  muallif  g'oyalari  timsollangan  bir  shakl,  amm o  g'oyalam ing  o'zi 

emas).


Muallif  huquqi  —  barcha  m ualliflik-huquqiy  qonunlarning  asosi 

hisoblanadi.

Chet  elliklaming  mualliflik  huquqlariga  O'zbekiston  Respublikasida 

milliy  rejim  quyidagi  hollarda  beriladi:

ulam ing  asarlari  O'zbekiston  Respublikasi  hududida  e ’lon  qilingan 

yoki  e ’lon  qilinm agan,  am m o  m a ’lum   b ir  obyektiv  sh ak ld a  m avjud 

bo'lsa;

ularning  asarlari  O'zbekiston  Respublikasi  bilan  xalqaro  shartnom a 

tuzgan  m am lakat  hududida  e’lon  qilingan  yoki  e ’lon  qilinmagan,  amm o 

m a’lum  bir  obyektiv  shaklda  m avjud  bo'lsa.

Asar  muallifi  mualliflik  huquqiga  ega  bo'lishi  uchun  asos  bo'lgan 

yuridik fakt qaysi m am lakat hududida sodir etilgan bo'lsa,  shu m am lakat 

qonuniga  ko'ra  aniqlanadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi




P aten t  huquqi  (inglizcha  rate n t law) — texnik  yechimlar,  ixtirolarga 

b o ‘lgan  h u q u q larn i  him oya  qilish  tizimini  p a te n t  berish   yo‘li  bilan 

belgilovchi  huquqiy  norm alar  yig'indisidir.  P a te n t  huquqi  intellektual 

m u lk  to 'g 'risid ag i  qonunchilikning  tarkibiy  qism i  bo'lib,  huquqning 

m ustaqil  tarm og'i  hisoblanmaydi.  Patent  huquqining  asosiy  manbalari

—  O 'zbekiston  R espublikasining  «Tovar  belgilari  va  xizm at  belgilari 

to'g'risida»gi  (1993  yil  7  may),  «Ixtirolar,  foydali  m odellar  va  sanoat 

n a m u n a la ri  to 'g ‘risid a» g i  (1994  yil  6  m ay),  «Seleksiya  y u tu q la ri 

to'g'risida»gi  (1996  yil  30  avgust)  qonunlari  hisoblanadi.  Ko'pgina  yuridik

—  tex n ik a   qoidalari  p a te n t  idoralarining  yo'riq no m alari  va  boshqa 

hu jjatlarid a  aks  ettirilgan.  P a te n t  olishga  talabnom a  berish  va  ularni 

ko'rib  chiqish  qoidalari  p a te n t  huquqida  m uhim   o'rinni  egallaydi.

X alqaro-xususiy  sohaga  nisbatan  shuni  qayd  qilish  kerak:  chet 

elliklarning ixtiro huquqlarini himoya qilish sohasidagi milliy rejim xalqaro 

shartnom alar  yoki  o'zaroviylik  prinsipiga  asosan  beriladi.

S h u n d ay   qilib,  xalqaro  shartnom alarga  asosan  chet  ellik  patent 

egasining  huquqlari  quyidagilardan  iborat:

paten t  bilan  himoya  qilingan  ixtirolar,  foydali  modellar  yoki  sanoat 

nam unalaridan  o'z ixtiyoriga  ko'ra  foydalanishga  bo'lgan  m utlaq  huquqi;

ko'rsatilgan  obyektlardan  boshqa  shaxslam ing  foydalanishini  man 

etish  (O'zbekiston  Respublikasi  qonunlarida  qayd  etilgan  hollar  bundan 

mustasno);

p a te n t  idoralarida  ro 'y x a tg a   olingan  sh artn o m a  asosida  olingan 

paten tdan   xohlagan  jismoniy  yoki  yuridik  shaxs  foydasiga  voz  kechish 

huquqi;

patentning  va  paten t  olish  huquqining  meros  bo'yicha  o'tishi. 

O 'zaroviylik  p rin sip i  asosida  ch et  ellik  to v a r  belgisi  egasining 

huquqlari  quyidagilardan  iborat:

h a r  bir jismoniy  yoki  yuridik  shaxs  o'z  nomiga  tovar  belgisi,  xizmat 

belgisi  va  tovar  ishlab  chiqarilgan  joy  nomini  qayd  qilishi  mumkin;

shaxs  guvohnom ani  olgandan  so'ng  unda  ko'rsatilgan  tovarlarga 

nisbatan  tovar  belgisi  egasi  sifatida  m utlaq  huquqqa  ega;

tovar  belgisi  egasi  tovar  belgisidan  shartnom a  asosida  tovarlam ing 

ham m asi yoki m a’lum  qismiga nisbatan o'z huquqlaridan boshqa jismoniy 

yoki  yuridik  shaxs  foydasiga  voz  kechishga  haqli.

O'zbekiston  Respublikasida  hech  kim  patent  bilan  himoya  qilingan 

ixtirolar,  foydali  m odellar,  sano at  n am unalari  va  to v ar  belgilaridan 

p aten t  egalari  ruxsatisiz  foydalana  olmaydi.

Sanoat  mulki  bo'lmish  ayrim   obyektlami  alohida  bir  davlat  hududi

www.ziyouz.com kutubxonasi




doirasida  him oya  qilish  yetarli  emas.  Y anada  istiqbolli  ix tiro lar  va 

ishlanmalar  keng  miqyoslarda  m uhofazaga  muhtoj.  Ammo  sanoat  mulki 

obyektlariga  berilgan  patentlarning  kuchi  ularni  bergan  patent  idoralari 

tegishli  bo'lgan  davlat  hududi  bilan  chegaralangandir  (hududiy  prinsip). 

Ishlanmalar  boshqa  m am lakatlarda  ham   huquqiy  himoya  etilishi  uchun 

ular  ushbu  m am lakatlarda  ham   patentlangan  bo'lishi  zarur.  Boshqacha 

qilib  aytganda,  ishlanma  sohibi  bo'lgan  shaxs  qaysi  m am lakatda  himoya 

qilmoqchi  bo'lsa,  shu  m am lakatda  patent  olish  uchun  talabnom a  tuzishi 

va  topshirishi  kerak.  Bu  holda  h a r  bir  talabnoma  himoya  so'ralayotgan 

mamlakatdagi  paten t  huquqi  talablariga  javob  berishi  darkor.




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   410   411   412   413   414   415   416   417   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish