Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


  Гражданское право. Ч.2./Под.ред.А.П.Сергеева,  Ю.К.Толстого. -М.:  Проспект.  1997



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

1  Гражданское право. Ч.2./Под.ред.А.П.Сергеева,  Ю.К.Толстого. -М.:  Проспект.  1997. 

-103  б.;  Узбекистан  Республикасининг  Фукаролик  хукуки.  2-кисм./)^.Ра^монкулов, 

И.Зокировларнинг  умум.  та.\р.  остида.  -Т.:  Адолат.  1999  -65  б.

www.ziyouz.com kutubxonasi




predm eti  va  m azm uni  bilan  harakterlanadi.

K orxonani  sotish  shartnom asining  subyektlari  sifatida  fuqarolik 

huquqining  barcha subyektlari ishtirok etishlari mumkin. Davlat va uning 

organlari,  yuridik  shaxslar  va  fuqarolar  korxonani  sotish  shartnomasida 

sotuvchi  va  sotib  oluvchi  sifatida  qatnashadilar.

D av la tg a   q arash li  k o rx o n ala r  sotilganda  sotuvchi  sifatid a  shu  

korxonaga tegishli bo'lgan davlat yuridik shaxslari ishtirok etadilar. Odatda, 

korxonani sotish shartnomasining subyektlari sifatida tadbirkorlik faoliyati 

bilan  shug'ullanayotgan  fuqarolar  va  tijoratchi  yuridik  shaxslar  e’tirof 

e tilsa -d a,  k o rx o n an i  sotish  sh a rtn o m a sin i  ta rtib g a   soluvchi  qonun 

h u jja tla rid a   s h a rtn o m a   s u b ’e k la rig a   n isb a ta n   b u n d a y   c h e k la sh la r 

belgilanmagan. Bu holat esa, istalgan fuqaroning yoki tijoratchi bo'lmagan 

yuridik  shaxsning  korxonani  sotish  shartnomasining  subyekti  bo'la  olishi 

mumkinligini anglatadi. Korxonani sotib olgan fuqaro tadbirkorlik faoliyati 

bilan  shug'ullanish  uchun  ruxsatnom aga  ega  bo'lmasdan  ham  korxonaga 

nisbatan m ulk huquqining sohibi bo'lishga haqli. Bu holatda korxonanining 

tadbirkorlik  faoliyatini  shunday  ruxsatnom aga  ega  bo'lgan  mulkdorning 

vakili  am alga  oshirishi  yoki  m ulkdor  korxonani  ijaraga  berish  orqali  bu 

faoliyatini  olib  borishi  mumkin.

K orxonani  sotish  shartnom asi  ko'chm as  m ulkni  sotish  shartnom asi 

kabi  ta ra fla r  imzolagan  yozma  shakldagi  hujjat  tarzida  tuziladi.  Ushbu 

s h a rtn o m a   k o 'c h m a s  m u lk n i  so tish d a n   farq lan ib ,  u n in g   shakli  va 

rasm iylashtirishiga nisbatan FK  quyidagi qo'shimcha talablarni belgilaydi:

1.  Korxona  mol-mulki,  huquq  va  m ajburiyatlarining haqiqiy holatini 

ifodalaydigan  hujjatlarni  shartnom aga  ilova  qilish.  Bu  talab  korxonaning 

h uquq  subyektliligi  bilan  bog'liq  bo'lib,  uning  uchinchi  shaxs  oldidagi 

m ajb uriy atlari  va  m ulkiy  talablarini  aniqlashga  va  kelajakda  taraflar 

o 'rtasida  nizo  vujudga  kelm asligiga  xizmat  qiladi.  Shartnom aga  ilova 

q ilin a d ig a n   h u j ja tl a r   ju m la s ig a :  in v e n ta riz a ts iy a   d a lo la tn o m a si, 

b ux g alteriy a  balansi,  m ustaqil  auditorning  korxona  tarkibi  va  uning 

qiym ati  to'g'risidagi  xulosasi,  kreditorlar  va  ular  qo'yayotgan  talablar 

xususiyati,  miqdori  va  m uddatlari  ko'rsatilgan  qarzlar  ro'yxati  kiradi

2.  Shartnom aning  notarial  guvohlantirilishi.  B a’zi  hollarda  korxonani 

sotish  shartnom asida  notarial  guvohlantirilish  talab  qilinmaydi.  FKning 

490-m oddasiga  m uvofiq,  vakolatli  davlat  organining  qaroriga  binoan 

tanlov  (tender)  asosida  tuziladigan  korxonani  sotish  shartnomasi  notarial 

guvohlantirilishi  sh art  emas.  Ayni  vaqtda  Qonunning  110-moddasi  2- 

qismi  2-bandiga  ko'ra,  taraflard an   birining  talabi  bilan  ushbu  shartnom a 

notarial  tasdiqlanishi  shartligini  ham   aytib  o'tish  lozim.

www.ziyouz.com kutubxonasi




K o 'c h m a s  m ulk n i  so tish   s h a rtn o m a s i  k a b i  k o lrx o n a n i  sotish 

shartnom asi  davlat  ro 'y x atid an   o'tkaziladi.  K orxona  h u q u q   subyekti 

hisoblanganligi munosabati bilan uni sotish shartnomasi adliya organlarida 

ro'yxatga  olinadi.

Yuqoridagi  talablarga  am al  qilm asdan  tuzilgan  korxonani  sotish 

shartnom asi  haqiqiy  emas  deb  topiladi.  Bunday  shartnom a  o'z-o'zidan 

haqiqiy  bo im agan  bitim  hisoblanadi,  uni  bajarishga  yo'l  qo'yilmaydi  va 

bir tarafning bitimni bajarishi uni haqiqiy deb hisoblanishiga olib kelmaydi. 

Shuningdek, taraflardan birining korxonani sotish shartnom asining davlat 

ro'yxatidan  bosh  tortishi,  ikkinchi  tarafning  sud  tartibida  shartnom ani 

ro'yxatdan  o'tkazdirishiga  olib  kelmaydi.

Korxonani  sotish  shartnom asining  predm eti  shartnom aning  asosiy 

sharti  hisoblanadi.  FKda  korxonani  sotish  shartnomasiga  nisbatan  q a t’iy 

talablar  qo'yilgan.  Birinchi  navbatda,  ushbu  shartnom aning  predm eti 

mulkiy  m ajm ua  hisoblangan  korxona  hisoblanadi.  Ikkinchidan  esa,  firma 

nomi,  tovar  belgilari,  xizmat  ko'rsatish  belgilari  va  sotuvchini  ham da 

uning  m ahsulotini,  u  b ajaradigan  ish  yoki  ko 'rsatad ig an   xizm atlarni 

shaxsiylashtiradigan boshqa vositalardan foydalanish huquqlari shartnom a 

predm etini  tashkil  etadi.

FKning  85-moddasiga  muvofiq,  bu tu n   korxona  m ulkiy  kompleks 

sifatida  ko'chm as  mulk  hisoblanadi.  Mulkiy  kompleks  b o ig an   korxona 

tarkibiga  uning  faoliyati  uchun  m o'ljallangan  ham m a  m ulk  turlari,  shu 

ju m la d a n   y e r  u c h a stk a la ri,  b in olar,  in sh oo tlar,  u sk u n a ,  in v e n ta r, 

xomashyo,  mahsulot,  talab  qilish  huquqi,  qarzlar,  shuningdek  korxonani, 

uning mahsuloti, ishlari va xizmatlarini aks ettiruvchi xususiy alom atlarga 

(firma  nomi,  tovar  belgilari,  xizmat  ko'rsatish  belgilari)  b o ig an   huquqlar 

va  boshqa  m utlaq  huquqlar,  agar  qonun  yoki  shartnom ada  boshqacha 

tartib  nazarda  tutilgan  boim asa,  kiradi.

M ulkiy  m ajm u a  sifatid a  k o rxo n an in g   ta rk ib ig a   k iru v c h i  m ol- 

mulklarning ro'yxati aniqlanishi lozim. Sotiladigan korxona tarkibi va uning 

qiymati korxonani sotish shartnomasida inventarizatsiyalashning belgilangan 

qoidalariga  muvofiq  o'tkaziladigan  korxonani  to'liq  inventarizatsiyalash 

asosida  aniqlanadi.

Um um iy qoidaga  ko'ra,  korxonaning  predm eti  m oddiy va  nomoddiy 

n e’m atla rd a n   tashkil  topadi.  K orxona  p redm eti  hisoblangan  m oddiy 

ne’m atlarga  korxonaning  binosi,  turli  xildagi  ishlab  chiqarish  vositalarini 

kiritish  m umkin.  Nomoddiy  n e ’m atlarg a  esa,  korxonaning  h u q u q   va 

m ajburiyatlari,  m utloq  huquq  obyektlari  (patent,  firm a  nomi,  to v ar 

belgisi,  xizmat  ko'rsatish  belgisi  va  h.k.)  kiradi.

www.ziyouz.com kutubxonasi




S otilayotgan  korxonaning  m ajb u riy atlari  xususida  sotuvchi  o'z 

kreditorlarini,  korxona  sotib  oluvchilarga  topshirilgunga  q ad ar  uning 

sotilishi  haqida  yozma  ravishda  xabardor  qilishi  lozim.

Qarzning  boshqa  shaxsga  o'tkazilishiga  roziligini  sotuvchiga  yozma 

ravishda  bildirm agan  kreditor  korxona  sotilishi  to'g'risida  bildirish  xati 

olgan  k u n d an   boshlab  uch  oy  m obaynida  yo  m ajburiyatni  bajarishni 

to'xtatishni  yoki  m uddatidan  oldin  bajarishni  va  sotuvchi  tomonidan 

zarar  qoplanishini,  yo  bo'lmasa  korxonani  sotish  shartnomasini  butunlay 

yoxud  uning  tegishli  qismini  haqiqiy  emas  deb  topishni  talab  qilish 

huquqiga  ega.

Korxonaning  sotilishi  to'g'risida  ushbu  moddaning  birinchi  qismida 

nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinmagan kreditor sotuvchi korxonani 

sotib  oluvchiga  topshirgani  to'g'risida  xabar  topgan  yoki  xabar  topishi 

lozim bo'lgan kundan boshlab bir yil mobaynida ushbu moddaning ikkinchi 

qismida  nazarda  tutilgan  talablarni  qondirish  haqida  d a’vo  qo'zg'atishi 

mumkin.


K orxona  sotib  oluvchiga  topshirilganidan  so'ng  sotuvchi  va  sotib 

olu vchi  to p sh irilg a n   korx o n a  ta rk ib ig a   k iritilg a n ,  sotib  oluvchiga 

kred ito rn in g   roziligisiz  o 'tkazilgan  qarzlar  bo'yicha  solidar  javobgar 

bo'ladilar.

Firm a  nomi,  tovar belgilari,  xizmat  ko'rsatish  belgilari  va  sotuvchini 

ham da uning mahsulotini, u bajaradigan ish yoki ko'rsatadigan xizmatlarni 

shaxsiylashtiradigan  boshqa  vositalardan  foydalanish  huquqlari,  agar 

korxonani sotish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, 

sotib oluvchiga  o'tadi.

Sotuvchining  tegishli  faoliyat  bilan  shug'ullanishi  uchun  berilgan 

m axsus  ru xsatnom a  (litsenziya)  asosida  olgan  huquqlari,  agar  qonun 

hujjatlarida  boshqacha  tartib   nazarda  tutilgan  bo'lmasa,  korxonani  sotib 

oluvchiga  berilmaydi.  Chunki,  bunday  litsenziyalar  m a ’m uriy  huquqiy 

h a ra k te rg a   ega  bo'lib,  faqatgina  m uayyan  shaxs  nomiga  beriladi  va 

boshqa  shaxsga  to'g'ridan-to'g'ri  o'tkazishga  yo'l  qo'yilmaydi.

Agar, sotuvchi shartnom a bo'yicha topshiriladigan korxona  tarkibiga 

m axsus  ruxsatnom a  (litsenziya)  ga  ega  bo'lmagani  tufayli  sotib  oluvchi 

bajara  olmaydigan  m ajburiyatlam i  kiritsa,  u  kreditorlar  oldidagi  tegishli 

m ajburiyatlardan ozod qilinmaydi. Bunday m ajburiyatlam i bajarmaganlik 

u c h u n   sotuvchi  va  sotib  oluvchi  k redito rlar  oldida  solidar  javobgar 

bo'ladilar.

Korxonani  sotish  shartnom asining  bahosi,  FKning  491-moddasida 

ko'zda  tutilgan  hujjatlar  asosida  aniqlanadi.  Bunday  hujjatlarni  tuzish

www.ziyouz.com kutubxonasi




u ch u n   qilingan  xarajatlar  tarflarn in g   kelishuviga  ko ‘ra   qoplanadi  va 

u n in g   q iy m a ti  sh artn o m a  b ah o sig a  kiritilm aydi.  K o rxo nan i  sotish 

shartnom asi  taraflarning  erki  asosida  tuziladigan  shartnom a  boiganligi 

sababli,  baho  taraflarning  erk-irodalariga  muvofiq  belgilanadi.

K o rx o n a n i  sotish  s h a rtn o m a s in in g   m u d d a tin i  b e lg ila sh   h a m  

taraflarning  erkiga  muvofiq  aniqlanadi.  Qonun  hujjatlarida  korxonani 

sotish  shartnomasining  m uddati  to'g'risida  ko‘rsatm alar  berilmagan.

K orxonani  sotish  sh a rtn o m a sig a   m uvofiq,  so tu v c h in in g   asosiy 

m ajburiyati korxonani va unga nisbatan mulk huquqini uchinchi shaxslar 

h uquqlaridan  ozod  holda  topshirishdan  iborat.  B unda  korxona  yaxlit 

holda topshirilishi lozim1. Ushbu m ajburiyatni bajarish uchun sotib oluvchi 

bir qancha harakatlarni amalga oshirishi zarur. Birinchi navbatda sotuvchi 

korxonani  sotishga  tayyorlashi,  shartnom aga  ilova  qilinadigan  hujjatlarni 

va  sotib  oluvchiga  o'tadigan  h uquq  va  m ajburiyatlar  ro'yxatini  tuzishi 

lozim.

FKning 493-moddasiga ko‘ra, sotuvchining korxonani sotib oluvchiga 



topshirishi  topshirish  dalolatnomasiga  muvofiq  am alga  oshiriladi,  unda 

korxonaning  tarkibi  va  kreditorlar  korxona  sotilishi  to'g'risida  xabardor 

qilinganligi, shuningdek topshirilgan mol-mulkda aniqlangan kamchiliklar 

haqida  m a ’lum otlar  va  yo'qolganligi  tufayli  topshirish  m ajburiyatlari 

vujudga kelishi mumkin bo'lmaydigan mol-mulkning ro'yxati ko'rsatiladi.

K orx o n an i  to p sh irish g a  ta y y o rla s h ,  sh u   ju m la d a n ,  to p sh irish  

dalolatnomasini  tuzish  va  imzolashga  taqdim   etish,  a g ar  shartnom ada 

boshqacha  tartib   nazarda  tutilgan  boim asa,  sotuvchining  m ajburiyati 

hisoblanadi  va  uning  hisobidan  am alga  oshiriladi.

Ikkala  taraf  topshirish  dalolatnomasini  imzolagan  kundan  boshlab 

korxona  sotib  oluvchiga  topshirilgan  hisoblanadi.  Shu  paytdan  boshlab 

korxona  tarkibida  topshirilgan  m ol-m ulkning  tasodifan  nobud  boiishi 

yoki  tasodifan  buzilishi  xavfi  sotib  oluvchiga  o'tadi.

Korxonaga  mulk  huquqi  bu  huquq  davlat  ro'yxatidan  o'tkazilgan 

paytdan  boshlab  sotib  oluvchiga  o'tadi.

Sotib  oluvchining  korxonaga  m ulk  huquqini  ro 'y x atd an   o'tkazish, 

basharti korxonani sotish shartnom asida boshqacha tartib  nazarda tutilgan 

boim asa,  korxona  sotib  oluvchiga  topshirilganidan so'ng  bevosita  amalga 

oshiriladi.

Korxonani  sotish  shartnom asida  korxona  haqi  to ia n g u n ic h a   yoki 

boshqa  holatlar  yuz  berguncha  sotuvchining  sotib  oluvchiga  topshirilgan


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish