Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§.  Merosni  qabul  qilib  olish  huquqining  o'tishi



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet410/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   406   407   408   409   410   411   412   413   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

4-§.  Merosni  qabul  qilib  olish  huquqining  o'tishi

V orislikka  chaqirilgan  m ero sx o 'r  qonun  bo 'y ich a  ham ,  v asiy at 

bo'yicha  ham   o'ziga  tegishli  bo'lgan  m eros  m ulkning  ham m asiga  yoki 

bir  qismini  qabul  qilib  olish  huquqiga,  meros  ochilgan  paytd an  e ’tiboran 

ega  bo'ladi.

Merosni  qabul  qilib  olish  bir  tomonlama  bitim  bo'lib,  uni  bajarish 

faqatgina meros oluvchining erki-irodasiga bog'liq. M erosxo'r meros mulkni 

olish  huquqidan  voz  kechishi  mumkin.

Meros  qabul  qilish  uchun  m axsus  m ud dat  qonunda  belgilangan 

emas.  L ekin  m eros  h u q u q id an   voz  k echish  u c h u n   olti  oy  m u d d a t 

belgilangan.  Shu  m uddatda  m erosdan voz  kechgani  to'g'risida  notariusga 

ariza  bilan  m urojaat qilmasa,  m erosxo'r merosni qabul qilgan  hisoblanadi.

M eros  m ulkni  boshqarish,  saqlash,  qism an  bo'lsa  ham ,  u n d a n  

fo y d a la n ish ,  s h u   bilan  b irg a ,  m ero sg a   b o 'lg a n   h u q u q   to 'g 'r is id a  

guvohnoma berishni so'rab, notariusga qilingan m urojaat  -   m eros m ulkni 

qabul  qilganligini  isbotlaydi.

« A gar  m e ro s x o 'r  m ero sn i  q a b u l  q ilm a g a n   v a  m e ro s   m u lk i 

fuqarolam ing  o'zini  o'zi  boshqarish  organiga,  davlatga  yoxud  biror  bir 

shaxsning egaligiga o'tkazilmagan bo'lsa,  -  deyiladi Oliy sud  Plenum ining

www.ziyouz.com kutubxonasi




33-son  qarori  14-bandida,  -   m erosxo'r  istagan  vaqtida  merosga  bo'lgan 

huquq  to'g'risida  guvohnoma  olish  uchun  notariusga  m urojaat  qilishi 

mumkin».

Qonun bo'yicha merosxo'r yoki vasiyat bo'yicha vorislikka chaqirilgan 

voris  m eros  ochilmasdan  oldin  yoki  meros  ochilgandan  keyin,  merosni 

o'ziga tegishli qismini olish uchun h arakat qilmasdan vafot etgan taqdirda, 

m eros  m ulkdan  unga  tegishli  ulushni  qabul  qilib  olish  huquqi  qonun 

bo'yicha  taqdim   etish  huquqi  asosida  uning  m erosxo'rlariga  o'tadi.

Masalan,  fuqaro  «К»  2001  yil  15  m artida  vafot  etishi  munosabati 

bilan,  uning  o'g'illari  «В»  va  «D»  vorislikka  chaqirilgan.  Ammo  «В»  ikki 

oy o'tgandan  keyin  2001  yil  15  m ay kuni otasidan qolgan m eros mulkdan 

o'z ulushini ololmasdan vafot etgan. Meros qoldiruvchi «К» bilan birgalikda 

yashab  tu rg a n   o'g'li  «D»  meros  mulkning  hammasiga  merosga  bo'lgan 

huquq  to'g'risida  guvohnoma  berishni so'rab, notariusga  m urojaat qilgan 

Meros qoldiruvchi  «K»ning k atta o'g'li  «B»ning qonun bo'yicha merosxo'ri 

«X»  borligidan xabar topgan notarius,  uni vorislikka  taqdim  qilish huquqi 

bo'yicha  chaqirib,  otasi  «B»ga  tegishli  bo'lgan  m eros  ulushga  bo'lgan 

huquq  to'g'risida  guvohnoma  berib,  masalani  adolatli  hal  qilgin.

Meros  ochilgandan  keyin  yoki  meros  ochilmasdan  oldin  vafot etgan 

m e r o s x o 'r n in g   m e ro s  u lu s h in i  q a b u l  q ilib   o lish   h u q u q i  u n in g  

m erosxo'rlariga  taqdim   etish  huquqi  bo'yicha  o'tadi.

Vafot  etgan  m erosxo'rning  m eros  olish  huquqi  ham   uning  vorislari 

tomonidan  um um iy  d a’vo  m uddatida  amalga  oshirilishi  m um kin

M e ro s   m u lk n i  q a b u l  q ilib   o lg an ,  a m m o   u n i  te g is h lic h a  

rasm iylashtirishga  ulgurm asdan  vafot  etgan  taqdirda,  uning  vorislari, 

merosni  qabul  qilish  huquqi  taqdim   qilish  huquqi  asosida  o'tadi.

Merosni  qabul  qilish  huquqining  o'tishi  bilan  taqdim   qilish  huquqi 

bo'yicha  m eros  olish  quyidagilar  bilan  farq  qiladi:

a) Merosni qabul qilish huquqining o'tishi merosxo'r meros ochilgandan 

so'ng  m erosni  qabul  qilib,  uni  rasm iylashtirishga  u lgurm asdan  vafot 

etishi  m unosabati  bilan  am alga  oshiriladi;

b)  Merosni  qabul  qilish  huquqining  o'tishi,  nafaqat  qonun  bo'yicha, 

shuningdek,  vasiyat  bo'yicha  vorislikda  ham   amalga  oshiriladi;

v)  M erosni  qabul  qilish  huquqini  nafaqat  nabira  va  chevaralar, 

shuningdek,  boshqa  h a r  qanday  m erosxo'rlar  ham   qo'lga  kiritadilar.

D em ak,  merosni  qabul  qilib  olgan  voris  merosga  bo'lgan  huquq 

to'g'risida guvohnom a olishga ulgurm ay vafot etgan bo'lsa, uning merosni 

qabul qilish huquqi meros tarkibiga kiradi va uning m erosxo'rlari merosga 

bo'lgan  huquq  to'g'risida  guvohnom a  berishni  talab  qilishlari  mumkin.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Meros  m ulk  meros  ochilishi  bilan  vorislar  ixtiyoriga  o'tudi.  Ammo 

m eros  m ulkni  qabul  qilib  olgan  vorisga  uni  ta s a r ru f   qilish  huquqi 

berilm agan.  Meros  m ulk  hisobidan  x a ra jat  qilish  h uquqi  qonun  bilan 

belgilangan  olti  oylik  m uddat  o‘tgandan  keyingina  yoki  merosga  bo'lgan 

huquq  haqidagi  guvohnoma  olingandan  keyin  v u judga  keladi.  Meros 

ochilgan  joyda  ham m a  vorislar  m avjud  bo'lgan  taqdirda,  ular  o'rtasida 

kelishuv bo'lsa, meros mulk hisobidan ham m a xarajatlarni amalga oshirish 

mumkin.  Bunday  hollarda  merosni  keyinchalik  taqsim laganda,  vorislar 

qilingan  xarajatlarni  o'zlari  qabul  qilgan  meros  hissalariga  m utanosib 

ravishda  hisob-kitob  qilishlari  mumkin.1

Meros  m ulk  hisobidan  xarajat  qilish  tartibi  FK ning  1155-moddasi, 

«Notariat  o'g'risida»gi  Qonuning  57-moddasida  nazarda  tutilgan.

«Meros  vorislar  o'rtasida  taqsimlanishidan  oldin,  — deyiladi  FKning 

1155-moddasida,  -   meros  qoldiruvchining  vafoti  oldidan  xastaligi  tufayli 

qilingan  xarajatlar,  meros qoldiruvchining  dafn  etish  xarajatlari,  merosni 

egallash,  m uhofaza  qilish,  b o sh q a rish   va  v a siy a tn o m a n i  ijro  etish, 

shuningdek,  vasiyatnomani  ijro  etuvchi  yoki  merosni  boshqaruvchi  haq 

to'lash  bilan  bogiiq  x arajatlarn i  qoplash  to'g'risid agi  talab lar  m eros 

hisobidan  qondirilishi  lozim.  Bu  talablar  meros  qiym ati  hisobidan  boshqa 

barcha  talablardan,  shu  jum ladan,  ipoteka  yoki  boshqa  garov  bilan 

ta ’m inlangan  talablardan  oldin  imtiyozli  ravishda  qoldirilishi  lozim».

Z aru r  hollarda,  bu  qoidadan  istisno  tariqasida  notarius  meros  mulk 

hisobidan ayrim  xarajatlarni qoplash uchun m ablag'  ajratib berish haqida 

ko'rsatm a  berishi  mumkin.

Masalan, meros qoldiruvchining qaram og'ida bo'lgan voyaga etmagan, 

yordamga  muhtoj,  mehnatga  layoqatsiz  boqimlarining  turm u sh  kechirishi 

uchun  vaqtincha  meros  mulk  hisobidan  mablag'  ajratib  berilishi  mumkin.

Meros  qoldiruvchining  vafoti  m unosabati  bilan  am alga  oshirilishi 

lozim  bo'lgan  dafn  marosimiga  ketadigan  xarajatlar,  birinchi  navbatda, 

meros  m ulk  tarkibiga  kirgan  pul  m ablag'lari  hisobidan  bo'lishi  kerak. 

Pul  m ablag'lari  etishmagan  yoki  um um an  bo'lm agan  taqdirda,  boshqa 

m ulklar  hisobidan  qoplanadi.

Meros mulkdan qilingan xarajatlar yuzasidan kelib chiqqan har qanday 

nizolar vorislarning da’vo arizasiga binoan sud tomonidan ko'rilib, hal qilinadi

www.ziyouz.com kutubxonasi



Meros qoldiruvchining qarzlari bo'yicha kreditorlar oldida javobgarlik 

m erosxo'rlar  zimmasiga  tushadi.  Odatda,  o'zbekcha  urf-odatlar  bo'yicha 

vafo t  e tg a n   sh ax sn in g   d a fn   e tish   m arosim ida  k o 'p c h ilik   o 'rta sid a  

vorislardan  biri  meros  qoldiruvchining  qarzlari  uchun  javobgarlikni  o'z 

zimmasiga  oladi.

FKning  1156-moddasiga  asosan,  meros  qoldiruvchining  kreditorlari 

v a s iy a tn o m a n i  ijro   e tu v c h ig a ,  m e ro s n i  b o s h q a r u v c h ig a   y oki 

m erosxo'rlarga  meros  qoldiruvchining  m ajburiyatlaridan  kelib  chiqqan 

o'z  talablarini  qo'yishga  haqlidirlar.  Bu  holda  m erosxo'rlarning  h ar  biri 

o'ziga  tek k a n   m eros  m ol-m ulkning  qiym ati  doirasida  sherik  qarzdor 

sifatida  javobgar  bo'ladilar.

M eros  m ulkni  qiym atini  belgilashda  bozor  n arx inin g  o 'rta c h a  

m iqdoridan  kelib  chiqib,  hisob-kitob  qilish  lozim  bo'ladi.

M ulk  qim m atin i  b elg ilash d an   kelib  chiqq an  nizolar  ham   sud 

tom onidan  ko'rilib,  hal  qilinadi.

M erosxo'rlar  faq at  qonun  bo'yicha  huquqni  olish  yo'l  qo'yilgan 

meros  qoldiruvchining  qarzlari  uchun  javobgar  bo'lishlari  mumkin.

Meros  qoldiruvchining  shaxsi  bilan  bog'liq  qarzlar  (aliment,  nafaqa 

to'lash)  faqat  o'tgan  vaqtdan  qolgan  qarzi  uchun  meros  m ulk  hisobidan 

qoplanadi.

Meros  m ulkni  saqlash,  qo'riqlash  uchun  tayinlangan  shaxslarga, 

shuningdek,  meros  mulkni  boshqarish  uchun  vasiyatnomani  ijro  etuvchi 

s h a x s la rn in g   x iz m a tla ri  u c h u n   h a q   to 'la s h   m asa lasi  h a m   m eros 

taqsimlanishiga  qad ar  hal  qilinishi  kerak.  Bundan  xarajatlarni  qoplash 

haqida  topshiriq  notarius  tomonidan  berilishi  mumkin.

«N otariat  to'g'risida»ga  qonunning  55-moddasiga  asosan,  meros 

boshqaruvchilari  va  meros  m ol-mulk  saqlash  uchun  topshirilgan  boshqa 

shaxslar,  ag a r  ular  m erosxo'r  bo'lmasalar,  meros  mol-mulkni  saqlaganlik 

uchun  m erosxo'rlardan  haq  talab  qilishga  haqlidirlar.

Meros  qoldiruvchining  qarzlari  uchun javobgarlik haqidagi qoida'lar 

barcha  qonun  bo'yicha  ham ,  vasiyat  bo'yicha  ham   m erosxo'rlarga,  shu 

jum ladan  davlat  yoki boshqa  yuridik  shaxslarga  bab-barobar  taalluqlidir.

« N o ta ria t  to 'g 'ris id a » g i  q o n u n n in g   5 7 -m o d d a sid a ,  n o ta riu s 

m erosxo'rlar  tomonidan  m eros  qabul  qilib  olinguncha,  agar  meros  qabul 

qilib  olinm agan  bo'lsa,  m erosga  bo'lgan  huquq  to'g'risida  guvohnoma 

davlatga  berilguncha,  meros  m ol-mulk  hisobidan:

1) 

M eros  qoldiruvchi  kasal  bo'lgan  v aqt  m obaynida  u nga  qarab 



tu rg an ,  shuningdek,  vafot  etg an d an   keyin,  uni  dafn  etish  va  qabrini 

obod  qilish;

www.ziyouz.com kutubxonasi



2) Meros qoldiruvchining qaram og‘ida bo'lgan fuqarolam i ta ’minlash;

3)  Ish  haqi  bo'yicha  d a’volarni  va  ularga  tenglashtirilgan  d a’volarni 

qanoatlantirish;

4)  Meros  m ol-m ulkni  qo'riqlash  va  uni  boshqarish,  shuningdek, 

m ero sx o 'rlarn i  chaqirish  haq id ag i  x ab arn i  e ’lon  qilish  bilan  bog'liq 

xarajatlam i  to'lash  to'g'risida  farm oyish  beradi.

A gar  ko'rsatilgan  x arajatlar  meros  m ulk  taqsim langunga  qad ar 

to'lanm agan bo'lsa, m erosxo'rlarning olgan hissalariga m utanosib ravishda 

undiriladi.

Bunday  xarajatlam i  undirib  olish  uchun  um um iy  d a ’vo  m uddati 

qo'llaniladi.


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   406   407   408   409   410   411   412   413   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish