Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§.  Intellektual  m ulk  obyektlariga  nisbatan  shaxsiy



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet360/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   356   357   358   359   360   361   362   363   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

4-§.  Intellektual  m ulk  obyektlariga  nisbatan  shaxsiy 

va  mulkiy  huquqlar

Intellektual  faoliyat  natijalarining  mualliflari  ana  shu  natijalarga 

nisbatan  shaxsiy  va  mulkiy  huquqlarga  ega  bo'ladi.

Intellektual  faoliyat  natijalariga  nisbatan  uning  muallifining  shaxsiy 

huquqlari  deganda,  mulkiy  mazmunga  ega  bo'lmagan,  ushbu  natijaga 

nisbatan  ijo d k o r-y a ra tu v ch i  sifatidagi  m avqeyini  e ’ tirof  etish, 

mustahkamlash  va  him oya  qilishga  qaratilgan  mutlaq  huquqlari

www.ziyouz.com kutubxonasi




tushuniladi va huquqlar muallifning faqat o'zigagina tegishli bo'lib, boshqa 

birovga  yetkazilishi,  ya’ni  muallifdan  begonalashtirilishi  mumkin  emas. 

Shaxsiy  huquqlar  mazmuni,  doirasi  har  bir  intellektual  faoliyat  natijasi 

uchun  alohida  o‘ziga  xos  tarzda  belgilanadi.  Masalan,  mualliflik  huquqi 

obyektlariga  nisbatan  muallif  shaxsiy  huquqlari  doirasi  keng  (mualliflik 

huquqi,  mualliflik  ism-sharifiga  bo'lgan  huquq,  muallif  obro'sini  himoya 

qilish  huquqi,  asarni  chaqirib  olish  huquqi  va  hokazo).  Ba’zi  obyektlar 

bo'yicha  esa  (masalan,  seleksiya  yutuqlarida)  shaxsiy  huquq  obyekt 

muallifi  sifatida  tan  olinishi  huquqi  bilan  kifoyalanadi.

Intellektual  faoliyat  natijalari  muallifi  shaxsiy  huquqlari  bilan  bir 

qatorda, ushbu natijaga nisbatan mulkiy huquqlarga ham ega. Mulkiy huquq 

mazmuni  muallifning  ushbu  o'zi  yaratgan  intellektual  faoliyat  natijasidan 

foydalanishi, boshqalarga haq evaziga foydalanishga berish yoki haq evaziga 

foydalanish  uchun  ruxsat  berish  yoxud  haq  evaziga  bu  natijaga  nisbatan 

huquqlarni  boshqalarga  yetkazish  imkoniyatlari  bilan  belgilanadi.

Muallifning  mulkiy  huquqlari  hajmi  to'liq  yoki  cheklangan  bo'lishi 

mumkin. Intellektual faoliyat natijasiga nisbatan mutlaq huquqlar (FKning 

1034-moddasi)  muallifning  o'ziga  emas,  boshqa  shaxsga  tegishli  bo'lsa, 

muallifning  intellektual  faoliyati  natijasiga  mulkiy  huquqlari  cheklangan 

tusga  ega  bo'ladi  (masalan,  mualliflik  huquqida  ergashma  huquq  yoki 

ulush  huquqi,  seleksiya  yutuqlari  bo'yicha  seleksionerlarning  patent 

egasidan  mukofot  olish  huquqi,  ixtirochining  ixtirodan  ilmiy-tadqiqot 

va  shaxsiy  maqsadlarda  foydalanish  huquqi  va  hokazo).

Shaxsiy  nomulkiy  huquqdar  muallifga  uning  mulkiy  huquqlaridan 

qat’iy  nazar,  tegishli  bo'ladi  va  uning  intellektual  faoliyat  natijalariga 

bo'lgan  mulkiy  huquqlar  boshqa  shaxslarga  o'tgan  taqdirda  ham  uning 

o'zida  saqlanib  qoladi.  Intellektual  faoliyat  natijalariga  nisbatan  shaxsiy 

huquqlar  faqat  ijodkor-yaratuvchi  (muallif)ning  o'ziga  tegishli  bo'ladi, 

mulkiy  huquqlar  esa,  uchinchi  shaxslarga  ham  tegishli  bo'lishi  mumkin 

(masalan,  obyekt  buyurtma  asosida  yaratilganda).  Mulkiy  huquqlar 

fuqarolik muomalasida faol harakatda  bo'lishi,  u boshqalarga  haq evaziga 

yoki  tekin  o'tkazilishi,  garov  predmeti  bo'lishi,  meros  tartibida  o'tishi 

mumkin.  Shaxsiy  huquqlar  esa  ijodkor-muallifning  shaxsi  bilan  bog'liq, 

undan  begonalashtirilishi,  birovga  o'tkazilishi  mumkin  emas.  Binobarin, 

intellektual  faoliyat  natijasiga  nisbatan  mulkiy  huquqlar  fuqarolik 

muomalasida qanday harakatda bo'lishidan qat’iy nazar, shaxsiy huquqlar 

faqat  ijodkor-muallifning  o'zida  saqlanib  qoladi  va  mulkiy  huquqlardan 

foydalanuvchilar  ijodkor-yaratuvchi  (muallif)ning  shaxsiy  huquqlariga

www.ziyouz.com kutubxonasi



rioya  qilishlari  shart.  Masalan,  asarga  nisbatan  mutlaq  huquqni  sotib 

olgan  nashriyot  asarni  nashr  etishda  muallif  nomini  ko‘rsatishi,  asar 

daxlsizligiga  rioya  qilishi  lozim.

Fuqarolik  muomalasi  ishtirokchilarining  tovarlar,  ishlar  yoki 

xizmatlarning  xususiy  alomatlarini  aks  ettiruvchi  vositalarga  nisbatan 

huquq  egalariga  bu  vositalar  borasida  mulkiy  huquqlar  tegishli  boiadi.

Alohida  farqlash  belgilari  (xususiy  alomatlarni  aks  ettiruvchi  vositalar) 

ga nisbatan huquqlar intellektual faoliyat natijalariga nisbatan boigan huquqlar 

kabi  ikki  turga,  ya’ni  shaxsiy  va  mulkiy  tusdagi  huquqlarga  bo‘linadi  va 

demak,  unga  ikki  xil  tusdagi  huquq  sifatida  qaraladi.  Binoba-in,  alohida 

farqlash  belgilari  (xususiy  alomatlarni  aks  ettiruvchi  vositalar)ga  nisbatan 

huquq  sohibining  huquqi  nafaqat  mulkiy,  ayni  vaqtda  shaxsiy  tusda  ham 

bo'ladi  Biroq  bu  huquq  ma’lum  tartibda  va  shartlarga  rioya  qilingan  holda 

haq  evaziga yoki tekin,  vaqtincha  boshqalarga  o'tkazilishi,  foydalanish  uchun 

berilishi  mumkin  boiadi  (firma  nomiga  boigan  huquqdan  tashqari).

Mualliflik huquqi (intellektual faoliyat natijasining muallifi deb e’tirof 

etilishi  huquqi)  shaxsiy  nomulkiy  huquq  hisoblanadi  va  ijodiy  mehnati 

bilan  intellektual  faoliyat  natijasini  yaratgan  shaxsgagina  tegishli  boiadi.

Intellektual  faoliyat  natijasida  ixtiro  yoki  asarni  o'z  aqliy,  ijodiy 

faoliyati  -  mehnati  bilan yaratgan shaxs ushbu  natijaning  muallifi deb tan 

olinadi, e’tirof etiladi. Bu huquq ijodiy faoliyat mahsuliga nisbatan mualliflik 

huquqi  deb  atalib,  barcha  qolgan  shaxsiy  huquqlarning  o'zagini  tashkil 

etadi, boshqa shaxsiy huquqlar ushbu huquq mavjud boigan taqdirdagina, 

undan kelib chiquvchi o'ziga xos hosila ikkilamchi huquq hisoblanadi Muallif 

sifatida  tan  olishga  boigan  huquq  o'z  mohiyatiga  ko'ra,  shaxsiy  nomulkiy 

huquq  hisoblanadi,  ya’ni  u,  birinchidan,  ijodkor-yaratuvchi  shaxsi  bilan 

bog'liq,  ikkinchidan,  mulkiy-iqtisodiy  mazmunga  ega  emas,  uchinchidan, 

huquq  sohibining o'zidan begonalashtirilishi mumkin emas. Bunday huquq 

ijodiy  mehnati  bilan  intellektual  faoliyat  natijasini  yaratgan  shaxsgagina 

tegishli  boiadi.  Ijodiy  xususiyatlarga  ega  bo'lmagan,  odatdagi,  mexanik 

tusdagi  mehnati  bilan  ijodiy  faoliyat  natijasini  yaratishda  qatnashgan 

shaxslar  muallif  huquqiga  ega  boimaydi  (masalan,  ixtirochi  chizmasi 

asosida  ixtiro  qurilmasini  yasagan  chilangar  va  hokazo).

Mualliflik  huquqi  boshqa  shaxsga  o'tkazilmaydi,  berilmaydi.  Ijodiy 

faoliyat  natijasiga  nisbatan  muallif  huquqi  ijodkor  yaratuvchisining 

o'zigagina  tegishli,  uning  o'zidan  har  qanday  tarzda,  har  qanday  asosda 

begonalashtirilishi,  boshqa  birovga  o'tkazilishi  mumkin  emas.  Shu 

sababdan mualliflik huquqini bitim yoki shartnoma asosida boshqa birovga 

o'tkazish  (sotish,  hadya  qilish)  yoki  undan boshqa  shaxslar  foydasiga  voz

www.ziyouz.com kutubxonasi




kechish  muallifning  o'z  erki,  ixtiyori  va  xohishi  bilan  sodir  bo‘lsa  ham 

haqiqiy  hisoblanmaydi.  Binobarin,  bir  shaxs  ikkinchi  shaxs  uchun  uning 

nomidan dissertatsiya yozib berishi, asar yozib berishi haqidagi kelishuvlari 

haqiqiy hisoblanmaydi va qonunga nomuvofiq bitim sanaladi. 0 ‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat  kodeksining  149-moddasida  intellektual  mulk 

obyektiga  nisbatan  mualliflik  huquqini  o'zlashtirib  olish,  hammualliflikka 

majburlash  harakatlari  uchun jinoiy javobgarlik  belgilangan.  Agar  ijodiy 

faoliyat  natijasi (ixtiro, asar)  ikki yoki  undan  ortiq  shaxsning  birgalikdagi 

ijodiy  mehnati  bilan  yaratilgan  bo'lsa,  ular  hammualliflar  hisoblanadi. 

Hammualliflar shaxsiy huquqlari  umumiy qoidalar bo'yicha  teng hajmda 

bo'lishi e’tirof  etiladi.  Mulkiy-huquqlar  hajmi  esa  hammualliflar o'rtasida 

o'zaro  kelishuv  asosida  belgilanadi  va  noteng  hajmda  bo'lishiga  yo'l 

qo'yiladi.  Intellektual  mulkning  ayrim  obyektlariga  nisbatan  qonunda 

asarning  to'laligicha  hammualliflari  bo'lib  hisoblanadigan shaxslar doirasi 

cheklab  qo'yilishi  mumkin.  Ushbu  qoida  intellektual  mulk  obyektini 

yaratishda  g'oyat  ko'pchilik  qatnashadigan  turlarga  nisbatan  amal  qiladi. 

Masalan,  kinofilm  xuddi  shunday  obyekt  hisoblanadi.  Bu  jarayonda 

ko'pchilik  o'z  ijodiy  mehnati  bilan  qatnashsa-da,  kinofilm  muallifi  bo'lib 

ssenariy muallifi,  sahnalashtiruvchi rejissyor,  bosh  operator,  bosh  rassom 

va  shu  kabi  cheklangan  doiradagi  shaxslar  hisoblanadi.

Yaratilish  fakti  sababli  huquqiy  muhofaza  qilinadigan  obyektlarga 

nisbatan  muallif  huquqlari  ushbu  yaratilish  fakti  asosida  vujudga  keladi 

va  rasmiyatchiliklarga  rioya  etilish  talab  qilinmaydi.  Vakolatli  davlat 

organi  tomonidan  huquqiy  muhofaza  yorlig'i  asosida  huquqiy  muhofaza 

ostiga  olinadigan  intellektual  mulk  obyektiga  nisbatan  mualliflik  huquqi 

huquqiy  m uhofaza  y orlig 'i  h u jja ti  yoki  boshqa  h u jjat  asosida 

guvohlantiriladi.  Barcha  shaxsiy  huquqlar  kabi  muallif-yaratuvchi 

huquqlari  muddasiz  himoya  qilinadi.




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   356   357   358   359   360   361   362   363   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish