Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


 1 -b ob .  K O L L IZ IO N   N O R M A L A R



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet413/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   409   410   411   412   413   414   415   416   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

7 1 -b ob .  K O L L IZ IO N   N O R M A L A R

XXH  huquqning  sohasi  sifatida  xalqaro  xarakterdagi  fuqarolik  va 

boshqa huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi o'zining m axsus usullari 

va  vositalariga  ega1.  Bu  yerda  ikki  usul  -kollizion  va  m oddiy-huquqiy 

metodlarning  o'zaro  ta ’siri  va  birligi  to'g'risida  gap  ketmoqda.

K olliziya  (inglizcha  clash,  collision)  -  q a ra m a -q a rs h i  k u c h la r, 

m anfaatlar va  maqsadlarning  to'qnashuvi  bir  xil  ijtimoiy  m unosabatlarni 

tartib g a  soluvchi  huquqiy  norm alarn in g   bir-biriga  to ‘g ‘ri  kelmasligi 

demakdir.

Kollizion  norm a  (inglizcha  -   conflict,  collision  norm )  -   xalqaro 

xarakterdagi fuqarolik yoki  boshqa  huquqiy m unosabatlarga qaysi davlat 

huquqi  qo‘llanishini  ko'rsatuvchi  normadir.

Q onunlar  kolliziyasi  (lotincha  collisio  -   to ‘q n ashu v,  inglizcha  -  

conflict  collision  of  laws)  -   bitta  m asala  bo'yicha  ishlab  chiqarilgan  (yoki 

chop  etilgan)  va  rasm iy  amal  qilayotgan  ikki  yoki  undan  ortiq  norm ativ 

aktlarning  m azm unan  to'g'ri  kelmasligi  (to'qnashishi)2  demakdir.

Qonunlar  kolliziyasi  ko'rilayotgan  masalaga  qo'llanishi  kerak  bo'lgan 

normativ  aktni  tanlash  yo'li  bilan  hal  etiladi.

XXHning mazmuni  kollizion normalarning o'zi  bilangina  chegaralanib 

qolmaydi.  XXH  tarkibida  kollizion  va  m oddiy  huquqiy  norm alarning 

birlashishi,  xarakteriga  ko'ra,  bir  xil  bo'lgan  m unosabatlarning  ikki  xil 

turdagi  metodlar  bilan  tartibga  solish  zaruriyatiga  asoslangan.

M a’lumki,  XXH  kollizion  h u q u q iy   tartib g a  solish  m etodlarining 

qo'llanishi  asosida  vujudga  kelgan,  am m o  ushbu  huquqiy  m etodning 

qo'llanishi  qator  qiyinchiliklar  va  salbiy  oqibatlar  bilan  bog'liq.

B irinchidan,  ay rim   hu quq iy  tizim larning   kollizion  n o rm a larid a  

tafovutlar  m avjud  bo'lib,  bitta  masala  bo'yicha  turli  davlatlar  huquqiga 

m urojat  qildirishi  mumkin.

Ikkinchidan,  ayrim   davlatlarning  qo'llanishi  kerak  bo'lgan  huquqi 

o'z  xususiyatlariga  ega  va  bitta  huquqiy  institut  uchun  m azm unan  turli 

normalarni  belgilashi mumkin  yoki  um um an zarur bo'lgan tartibg a  solish 

m avjud  bo'lmasligi  ham   m um kin  (m asalan,  tashqi  iqtisodiy  aloqalar 

amaliyoti  natijasida  ishlab  chiqarilgan  va  ichki  huquq  norm alarida  aks 

ettirilm agan  yangi  institutlar  xuddi  shunday  xolga  tushadi).

1  Гражданское  право.  Часть первая. Учебник.  Под.ред. А.Г.Калпина,  И.А.Масляева.- 

М.,  Юрист.  1997,  74-75-бетлар.



2

  Юридическая  энциклопедия  Под  ред.  М.Ю.Тихомирова.  -   М.,  1997,  202-бет.

www.ziyouz.com kutubxonasi



N a tija d a ,  x o rijiy   e le m e n tli  fu q a ro lik -h u q u q iy   m u n o s a b a tla r 

ishtirokchilarining huquq va m ajburiyatlarida  huquqiy noaniqlik vujudga 

keladi  va  oxir  oqibatda  q aro r  bir  taraf  uchun  salbiy  bo‘lishi  mumkin. 

Masalan,  xaridor  o‘z  m am lakatida  amal  qilayotgan  d a ’vo  m uddatlariga 

asoslanib  ish  tutadi,  u  tuzgan  tashqi  savdo  sotiq  shartnomasiga  qarasa 

esa,  sotuvchining  davlat  yoki  uchinchi  davlat  huquqi  qullaniladi,  unga 

ko‘ra  esa  d a ’vo  m uddatlari  ancha  qisqa  bo‘lib,  xaridorning  huquqlari  bu 

holda muhofaza qilinmagan bo'ladi. Milliy fuqarolik jarayon normalaridagi 

tafovutlar natijasida turli xildagi protsessual harakatlam i chet elda amalga 

oshirishda  qiyinchiliklar  vujudga  keladi.

O ltg an   asrning  oxirida,  xalqaro  aloqalar  sohasidagi  m unosabatlar 

uchun  bir  xil  (bir turdagi)  huquqiy  normalami  ishlab  chiqish  boshlangan 

edi.  Bu  norm alam ing  m anfaatdor  davlatlar  tomonidan  milliy  huquqning 

turli xildagi qoidalari o'm ida  qabul  qilinishi yuqorida  ko'rsatilgan moddiy 

huquqiy  normalardagi  qiyinchiliklami  bartaraf  qilishga  yordam   beradi. 

Moddiy  huquqiy  norm alar  deb  xalqaro  yoki  xorijiy  elem ent  qatnashgan 

fu q a ro lik   h u q u q iy   m u n o sa b a tla rn i  ta rtib g a   solish  u c h u n   x alq aro  

konvensiyalarga qo'shilish yoki xalqaro shartnoma (Unifikasiyalashtirilgan 

norm alar)  tuzish  yo‘li  bilan  davlat  tomonidan  b ir  tomonlama  tartibda 

m axsus  belgilangan  norm alar  tushuniladi.

T artibga  solishning  m oddiy-huquqiy  metodi  afzalligini  quyidagicha 

ifodalab  berish mumkin.

1.  Y uqorida  ko‘rsatilgan id ek ,  m oddiy-huquqiy  n orm alar  xorijiy 

e le m en tli  fu q a ro lik -h u q u q iy   m u n o sab atlarn i  ta rtib g a   solish  u c h u n  

qo'llaniladi.  (M oddiy-huquqiy  m etodda  maxsus  tartibga  solish  qo'llanilsa, 

kollizion  m etodda  -   um um iy  tartibga  solish  qo'llaniladi).

2.  To‘g ‘ridan  to‘g ‘ri  tartib g a  solish  m etodining  qo'llanishi  m a’lum 

m unosabatlar  ishtirokchilari  uchun  ko‘proq  aniqlik  yaratadi,  chunki  ular 

uch u n   va  ush bu  norm alarni  qo‘llayotgan  m a’lum   organlar  uchun  bu 

m oddiy  huquqiy  norm alar  oldindan  m a’lumdir.

S h u   bilan  birga,  kollizion  norm alam ing  xalqaro  xususiy  huquqda 

o'ziga yarasha o‘m i bor bo‘lib, qator xollarda esa aynan shu normalam ing 

qo‘llanishi  uning  yanada  sam arali  tartibga  solishini  ta ’minlaydi.

X alqaro  xususiy  huquqning  kollizion  normalari  va  boshqa  huquqiy 

n o rm alar  ichida  n afaqat  m azm uni  (maqsadi),  balki  bayon  etilishining 

shakli  (strukturasi)  bilan  h am   ajralib  turadi.  Yuqorida  ko'rsatilganidek, 

kollizion  norm alam ing  m aqsadi  -   xalqaro  muloqot  sharoitida  vujudga 

keluvchi  m unosabatlarda  qo‘llanuvchi  huquqni  aniqlashdan  iboratdir, 

c h u n k i   b u n d a y   m u n o s a b a t la r n i   t a r t i b g a   s o lis h d a   b ir   n e c h a

www.ziyouz.com kutubxonasi




m am lakatlarning  huquqiy  tartibini  qo‘llash  m um kin,  vujudga  kelgan 

kolliziyani  esa  xal etish zarur bo‘ladi.  Kollizion norm alar ushbu  kolliziyani 

xal  etib,  xorijiy  elementli  munosabatlarni  m a’lum   davlat  huquqiga  tobe 

qiladi.


Kollizion  norm alarni  sharhlash  va  qo'llash  masalasiga  kelsak,  shuni 

aytib  o‘tish  kerakki,  kollizion  norm alarning  quyidagi  turlari  m avjud:

qonun  chiqaruvchining  irodasini  izhor  etish  (yoki  bildirish)  usuli 

bo'yicha  im perativ  va  dispozitiv.

Boshqa  fuqarolik  huquqiy  norm alar  kabi  kollizion  norm alar  ham  

yoki  im perativ  (majburiy)  yoki  dispozitiv  xarakterga  ega  bo‘ladi.  So‘nggi 

holda taraflar ular o‘rtasidagi m unosabatlarga nisbatan boshqa prinsi pdagi 

huquq  qo'llanishi  to'g'risida  kelishib  olishlari  mumkin.

Savdo-sotiq  shartn om asi,  m ulk  ijarasi,  litsenziya  sh a rtn o m a si, 

saqlash,  komissiya,  topshiriq,  yuk  va  y o io v c h ila r  tash ish   tra n s p o rt 

ekpeditsiyasi,  sug'urta,  kredit  shartnom alari,  hadya  shartnomasi,  kafolat 

shartnomasi,  garov  shartnomasi  va  hokazo  kabi  tashqi  iqtisodiy  bitim lar 

borasida  taraflarning  huquq  va  m ajburiyatlariga  nisbatan  qo'llanuvchi 

barcha  kollizion  norm alar  dispozitiv  xarakterg a  egadir.

Im perativ  kollizion  normalarga  misol  qilib,  O'zbekiston  Respublikasi 

fuqarolik  kodeksining  1191-  m oddasini  k eltirish   m um kin:  «Chet  el 

ishtirokidagi  yuridik  shaxsni  tuzish  to'g'risidagi  shartnom aga  nisbatan 

yuridik  shaxs  ta ’sis  etilgan  m am lakat  huquqi  qo'llaniladi».

Bog'lanishlar  soniga  ko'ra  bir  xil  m a’noli  va  muqobil  (kumulyativ) 

normalar.  Ko'p  hollarda  kollizion  norm alar  bitta  bog'lanishga  ega.  Ammo 

gohida  ularda  ikki  yoki  undan  ortiq  bog'lanishlar  bo'lib,  ular  boshqa 

m am lak atlar  hu qu qig a  havola  qiladi  va  a lte rn a tiv   yoki  k u m u ly a tiv  

bo'lishlari  mumkin.

Birinchi  qarashda  bundan  m urakkab  huquqiy  yechim   qulayroq  va 

adolatliroq  tartibga  solish  tizimini  vujudga  keltiradi,  bu  esa  o'z  o'rnida 

vakolat  oluvchi  shaxsning  m anfaatlarini  himoya  qilib,  uning  uchu n  afzal 

bo'lgan  m am lakat  huquqiga  tayanish  imkoniyatini  beradi.

A lternativ  bog'lanishlar  ko'p  m am lakatlar  huquqi  tom onidan  delikt 

m ajb u riy a tla rg a   n isb atan   qo'llaniladi,  delik t  m a jb u riy a tla r  esa,  o'z 

o'rnida,  jabrlanuvchi  ixtiyoriga  ko 'ra  zarar  yetkazilgan  joy  huq uq iga 

yoki  huquqbuzarlik  sodir  etilgan  joy  huquqiga  bo'ysunadi.  (V engriya 

xalqaro xususiy huquq to'g'risidagi qonunining 32 paragrafi, Shveytsariya 

xalqaro  xususiy  huquq  to'g'risidagi  qonunining  133  paragrafi).  AQSH 

ta ’limotida  bu  xollarda  to 'rtta  bog'lanishdan  foydalanish  tavsiya  etiladi: 

yuqorida  ko'rsatilgan  ikkita  bog'lanishdan  tashqarii  taraflarning  manzili

www.ziyouz.com kutubxonasi




(milllati)  va  taraflar  o‘rtasidagi  m unosabatlardagi  og'irlik  m arkazining 

joyi,  y a’ni  m unosabatlar  ko‘proq  sodir  bo‘ladigan  hudud  (AQSH  xalqaro 

xususiy huquq  majmuasining  145  paragrafi).

B izn in g  q o n u n c h ilig im iz d a   b u n d a y   a lt e r n a t iv   b o g ‘la n is h la r  

qo‘llanilmaydi,  am m o  kum ulyativ  x arakterdagi  bog‘lanishlar  m avjud. 

B unday xollarda echilayotgan masalani ikki yoki undan ortiq davlatlarning 

huquqiga havola etishga yo‘l qo'yiladi. Ammo bunda havola etish texnikasi

-   o'zgacha.  K um ulyativ  bog‘lanishlar ham  m anfaatdor  taraflarni yanada 

to‘liq  huquqiy  m uhofaza  bilan  ta ’minlashga  qaratilgan,  shuning  uchun 

u lard a n   foydalanish  m aqsadga  muvofiq  deb  hisoblanadi.  K um ulyativ 

bog'lanishlarga  misol  qilib  OlzR  Fuqarolik  kodeksining  1181-  moddasini 

k e ltirish   m um kin:  «B itim ning  shakli  u  tu zila y o tg a n   joy  h u q u q ig a  

bo'ysunadi,  biroq  chet  elda  tuzilgan bitim,  agar  O'zbekiston  Respublikasi 

huquqi  talablariga  rioya  etilgan bo‘lsa,  shaklga  rioya  etilmaganligi tufayli 

haqiqiy  emas  deb  topilishi  m um kin  emas».

Kollizion  bog'lanish  o‘z  shakliga  k o 'ra  b ir  tom onlam a  yoki  ikki 

tomonlama  bo'lishi  mumkin.

B ir  to m o n lam a  kollizion  n orm a  fa q a t  o'z  m am lak ati  (vatani) 

qonunidan  foydalanishni  ko'rsatadi,  ikki  tomonlam a  kollizion  norm alar 

esa  n a fa q a t  o'z  m am lak ati,  balki  chet  el  q o n u n larid an   foydalanish 

doiralarini  ham   belgilab  beradi.

Kollizion  n o rm a la rn in g   asosiy  m aqsadi  u larn in g   stru k tu ra s id a  

nam oyon  bo'ladi.  U  boshqa  huquqiy  normalarning  strukturasidan  ajralib 

turib,  a n ’anaviy  ta s a w u rg a   ko'ra  ikki  elem entni  o'z  ichiga  oladi:  Hajm 

(chet  el  elementli  huquqiy  munosabatlarning)  turini  ko'rsatadi  (fuqarolik 

yoki boshqa  huquq  instituti) va bog'lanish yoki biriktirish ta ’rifi (berilgan 

m unosabatlarga  yoki  m unosabatlar  guruhiga  nisbatan  qo'llanilayotgan 

m am lakat  huquqi)  ni  ko'rsatadi.

Asosiy  biriktirish  form ulalari  (ta’riflar)  quyidagilar:

Jismoniy  shaxslarning  shaxsiy  qonuni  (lex  personalis),  fuqaroviylik 

qonuni  yoki  tu ra r  joy  (manzil)  qonuni;

Yuridik  shaxs  qonuni  (lex  societatus);

Sotuvchi  m am lakatining  qonuni  (lex  venditoris);

Sud qonuni  (lex fori)  (ya’ni sud joylashgan hududda amal qilayotgan 

qonun);

Fuqarolik,  huquqiy  m unosabtlarning  taraflari  tomonidan  tanlangan 

qonun,  «erk  m uxtoriyati»  (lex  voluntatis);

M azkur  huquqiy  m unosabat  uzviy  bog'langan  qonun  (law  of  the 

cotract);

www.ziyouz.com kutubxonasi




Bayroq  qonuni  (lex  flagi);

X atti-h arak at  sodir  etilgan  joy  qonuni  (lex  loci  actus);  shartnom a 

tuzilgan joy qonuni  (lex loci  cotractus),  shartnom ani  ijro  etish joyi  qonuni 

(lex  loci  solutionis);

Nikoh  qayd  qilingan  joy  qonuni  (lex  loci  celebrations);

Z arar yetkazilgan joy qonuni  (lex  loci  delicti commissi)  va  hokazolar.

B archa  h uq u q iy   norm alar  kabi,  kollizion  norm a  h am   qo'llanishi 

vaqtida  uning  mazmunini  tushunish  va  yanada  ochib  berish  maqsadida 

sharhlab  berilishi  kerak.  Kollizion  normalarni  izohlash  natijasida  halqaro 

xususiy  h u q u q n in g   o‘ziga  xos  x u su siy atlarin i  aks  e ttiru v c h i  ayrim  

qo‘shimcha  huquqiy  savollar  vujudga  kelishi  mumkin.  Masalan,  kollizion 

norm aning  qo‘llanishi  jarayonida  kollizion  norm alam ing  (ham   hajmi, 

ham   bogianishi)  formulirovkasida  qo‘llanuvchi  yuridik  tushunchalarni 

baholash,  talqin  qilish  muammosi  vujudga  keladi.

Kollizion norm alam ing bog‘lanishida «shaxsning tu ra r joyi» («domisil»

-  ya’ni huquqiy aham iyati bo'lgan tu ra r joy),  «yuridik shaxs ta ’sis qilingan 

joy»,  «mol-mulk  joylashgan  joy»,  «bitim  tuzilgan  joy»,  «huquqbuzarlik 

sodir  etilgan  joy»  va  hokazo  iboralar  m avjud.  Kollizion  norm alam ing 

hajmi  «muomala  layoqati»,  «ashyoga  bo‘lgan  mulk  huquqi»,  shartnom a 

bo'yicha  m ajburiyat»,  «huquqbuzarlikdan  kelib  chiquvchi  m ajburiyat», 

«da’vo muddati» va hokazo iboralar orqali belgilanadi. K o'rsatilgan iboralar 

va  ularga  muvofiq  keluvchi  tushunchalar  davlatlarning  ichki  huquqiy 

tizimlarida  h ar  doim  ham   bir  xil  m azm unga  ega  bo'lavermaydi.

S h u   m u n o sa b a t  bilan  O 'zb ek isto n   R espublikasi  F K nin g  1159- 

m oddasida  yuridik  tushunchalarga  sud  yoki  boshqa  davlat  organlari 

tomonidan  huquqiy  baho  berilishida,  agar  qonunda  boshqa  hoi  nazarda 

tutilgan bo'lmasa, bunday yuridik tushunchalarni nizo ko'rib chiqilayotgan 

m am lak at  sifatida  O'zbekiston  R espublikasining  h u q u q ig a   m uvofiq 

sharhlash  normasi  belgilangan.

M asalan ,  F ra n siy a d a ,  q a to r   b o sh q a   d a v la tla r d a g id e k ,  d a ’vo 

m u d d atig a   fu q aro lik -h u q u q iy   tu sh u n c h a si  sifatida  q a ra lsa,  B u y u k  

Britaniya,  AQSPI  va  Finlyandiyada  protsessual  huquqqa  oid  tushuncha 

deb  qaraladi.

Fransuz  sudi  o'tgan  m uddatni  o'zining  emas,  ingliz  huquqiga  asosan 

baholashi  lozim  bo'lsa  (bitim ga  n isb a ta n   ingliz  h u q u q i  q o 'llanilgan  

hollarda),  d a’vo  m uddati  to'g'risidagi  ingliz  qoidalarini  qo'llay  olmaydi, 

chunki  sud  um um an  chet  el  protsessual  qonunlarini  qo'llamasligi  lozim.

H ar  bir  kollizion  norma  xorijiy  huqu q iy  tizim larning  nom uayyan 

doirasi  va  ular  t a ’siri  ostida  vujud g a  kelgan  subyektiv  huquqlarning

!

www.ziyouz.com kutubxonasi




harakatini tan olishga yo‘naltirilgan. Shuning uchun ushbu norm a tegishli 

huquqiy  tizimlar  uchun  m azm uni  jthatidan  um um iy  bo'lgan  iboralar  va 

tushunchalar yordam ida  ifodalanishi  mumkin.  Boshqacha  qilib  aytganda, 

kollizion  norm adagi  ibora  va  tushunchalar  ular  bilan  bir  xil  b o ig a n  

u sh b u   m am lakatning  ichki  huquqidagi  tu sh u n c h a lar  bilan  m azm un 

jihatdan  to‘g ‘ri  kelmasligi  mumkin.

Qonunlarimizning  kollizion  normalarida  «mulk»,  «fuqarolik  huquqiy 

layoqat»  kabi  tushunchalar  qo‘llanganda  ular  m azm un jihatidan  moddiy 

huquqdagi  shunday  tushunchalar  bilan  to‘g‘ri  kelmasligi  ham   mumkin. 

S h u n in g   u c h u n   kollizion  n o rm a n in g   t a ’s ir  d o ira si  (u n in g   hajm i) 

«umumlashtirilgan»  yuridik  tushunchalar,  y a ’ni  turli  huquqiy  tizimlar 

uchun  um um iy  bo‘lgan  tushunchalar  yordamida  ifodalanishi  zarur.

Kollizion bog'lanishlar baholanishiga kelsak, bu yerda holat boshqcha: 

huquqni  qo'llash  to'g'risidagi  ko'rsatm aning  to'la  aniqligini  faqatgina 

bog'lanish  kvalifikatsiyasini  sud  qonuniga  asosan  qo'llash,  y a ’ni  tegishli 

huquqiy  institutlarga  asosan  ushbu  m am lakatning  ichki  fuqarolik  (oila, 

m ehnat) huquqida m avjud bo'lgan xuddi shunday tushunchalarni qo'llash 

yo'li  bilan  ta ’minlash  mumkin.

M a m la k a tim iz d a g i  ra s m iy   q a ra s h la r   (d o k trin a )n in g   y u rid ik  

tushunchalar kvalifikatsiyasiga um um iy yondashish m ana shundan iborat.

O 'zbekiston  R espublikasi  FK ning  1159-moddasiga  ko'ra,  yuridik 

tush u n ch alar  nizo  ko'rib  chiqilayotgan  m am lakat  sifatida  O'zbekiston 

Respublikasining  huquqiga  nom a’lum   bo'lsa  yoki  boshqa  nom  yoxud 

boshqa  m azm un  bilan  m a ’lum   bo'lsa  va  O'zbekiston  Respublikasining 

huquqi  bo'yicha  talqin  etish  orqali  aniqlanishi  m um kin  bo'lmasa,  ularga 

huquqiy  baho  berishda  chet  davlat  huquqi  ham   qo'llanishi  mumkinligi 

ko'rsatilgan.

O'zbekiston  Respublikasi  kollizion  normasi  chet  el  qonuniga  (chet  el 

huquqiy  tizimiga)  m urojaat  qilishni  tavsiya  qilsa,  sud  yoki  xo'jalik  sudi 

oldida  ch et  el  qonunining  m azm unini  qanday  aniqlash  kerak,  degan 

savol  paydo  bo'ladi.

Bu  savolga  O'zbekiston  Respublikasining  Fuqarolik  kodeksi  1160- 

m oddasining  1-qismi javob beradi. Unga ko'ra, chet el huquqini qo'llashda 

s u d   y o k i  b o sh q a   d a v la t  o rg a n i  u n in g   n o rm a la ri  m az m u n in i  b u  

norm alarning  tegishli  xorijiy  davlatda  rasm iy  talqin  etilishi,  qo'llanish 

amaliyoti  va  doktrinasiga  m uvofiq  aniqlanadi.

U shbu  norm adan  kelib  chiqadiki,  ko'zda  tutilgan  hollarda  chet  el 

qonuni  u   o'z  vatanida  qanday  qo'llansa,  xudi  shunday  qo'llash  kerakdir. 

Sud  chet  el  qonunini  o'z  qonunlariga  va  o'z  huquqiy  normasiga  nisbatan

www.ziyouz.com kutubxonasi




qanday tartibda  talqin qilsa,  xuddi  shunday talqin  etilishi  m um kin emas: 

u  nafaq at  tegishli  qonun,  balki  bu  qonunning  sud  am aliyotida  talqin 

qilinish  doirasiga  ham   amal  qilishi  lozim.  Bu  holda  am aliyot  ushbu 

m am lakatda  huquq  manbaasi  yoki  qo'shim cha  m anbasi  hisoblanishini 

ham   nazarda  tutish  lozim.

Sudlar, o‘z ixtiyoriga ko‘ra m am lakat kollizion normasi  havola qilgan 

chet  el  qonunini  taraflarning  birontasi  chet  el  qonuniga  asoslanish- 

asoslanm asligidan  q a t’iy  nazar,  qo'llashi  zarur,  am m o  sud  qo‘llanishi 

lozim  bo'lgan  chet  el  qonunining  mazmunini  aniqlash  uchun  taraflam i 

yordam ga  jalb  qilishi  mumkin  yoki  ishda  ishtirok  etayotgan  shaxm   chet 

el  huquqi  normalari  mazmunini  tasdiqlovchi  hujjatlam i  taqdim   etishga 

h a q lid ir  (O 'zbekiston  R espublikasi  FK   1160-m oddasining  3-qismi). 

Shuningdek, shu maqsadda sud ekspertlam i jalb qilishi yoki tushuntirishlar 

so'rab,  Adliya vazirligiga yoki boshqa milliy vakolatli organlarga m urojaat 

qilishi  m um kin  (O'zbekiston  Respublikasi  FK  1160-moddasining  2-qismi).

C het  el  huquqi  normalarining  sud  tom onidan  noto'g'ri  qo'llanishi 

qabul qilingan qarom i kassasion tartib da  bekor qilishga asos bo'lib xizmat 

qilishi  mumkin.

A gar ushbu moddaga  muvofiq  ko'rilgan chora-tadbirlarga  qaram ay, 

chet el huquqi normalarining m azm uni m aqbul m uddatlarda aniqlanmasa 

O'zbekiston Respublikasining huquqi qo'llaniladi (O'zbekiston Respublikasi 

FK  1160-moddasining  4-qismi).

C het  el  huquqiga  havola  etish  va  orqaga  havola  qilish  kollizion 

normalarni  tatbiq  qilishda  eng  m urakk ab   m asalalardan  hisoblanadi.

O 'zbekiston  Respublikasi  FK   1161-moddasining  1-qismiga  ko'ra, 

chet el  huquqiga  h ar qanday  havola  etish  tegishli m am lakatning  kollizion 

huquqiga  emas,  balki  moddiy  huquqiga  havola  etish  deb  qaralishi  lozim.

Bizga  m a’lumki,  m am lakatim iz  kollizion  norm alarining  m ohiyati 

shundan  iboratki,  ular  chet  el  elem entli  bironta  huquqiy  m unosabatlarni 

tartib g a   solishda  O'zbekiston  yoki  xorijiy  davlat  hu qu qig a  (huquqiy 

tizimiga)  havola  qiladi.  Chet  el  huquqiga  havola  qilish  vaqtida  quyidagi 

savol tug'iladi:  chet el qonunchiligining faqat moddiy norm alari qo'llanishi 

m um kinm i  yoki  o'z  ichiga  kollizion  n o m alarn i  olgan  b u tu n   boshli 

qonunchilik  qo'llaniladimi?

Ijobiy  javob  berilgan  holda,  «qarshi  tomonga  havola  etish»,  ayrim  

hollarda  esa  «uchinchi  m am lakat  huquqiga»  havola  etish  vujudga  keladi. 

Shu  m unosabat  bilan  O'zbekiston  Respublikasi  FK  1161-moddasining  2- 

qismida  chet  el  huquqi  ushbu  Kodeksning  1168-moddasiga  ham da  1169- 

moddasining  birinchi,  uchinchi  va  beshinchi  qismlariga,  1171  va  1174-

www.ziyouz.com kutubxonasi




m o d d ala rig a   m uvofiq  q o ‘lla n ilg a n   ho llarda  q a rs h i  to m o n   sifatid a 

O'zbekiston Respublikasi huquqiga va uchinchi mam lakat huquqiga havola 

etishni  qo‘llash  ko‘zda  tutilgan.

K arshi  tomonga  havola  etish  muammosi  xalqaro  m unosabatlarda 

o‘tgan  asrning  oxirida  ko‘rib  chiqilgan  qator  sud  ishlaridan  kelib  chiqdi. 

Ulardan  bittasini  misol  qilib  keltiramiz.

Doimiy ravishda Bel’giyada istiqomat qiluvchi ingliz fuqarosi m a’lum 

shaxslarga  yirik  pul  m ablag'ini  vasiyat  qilgan  Vasiyatnimoning  shakli  -  

yozma  bo‘lib,  fuqaroning  o'z  qo'li  bilan  yozilgan  va  imzolangan.  Ammo 

hech  qaerda  tasdiqlanmagan.

Bel’giyada  vasiyatnom aning  tasdiqlanm agan  shakli  ta n   olinmaydi. 

Angliya  huquqiga  ko'ra  esa,  vasiyatnoma  qonunga  to'la  muvofiqdir.

V a fo t  q ilg a n n in g   m e ro s x o 'rla ri  A n g liy ad a   v a s iy a tn o m a n in g  

h a q iq iy lig ig a   e ’tiro z  b ild irish d i.  A m m o  ingliz  kollizion  h u q u q id a  

vasiyatnoma shaxsning tu ra r joyida amal qiluvchi qonunlar asosida tuzilishi 

k e ra k   deb  aytilgan,  dem ak,  ingliz  huquqi  Bel’giya  huquqiga  havola 

qilyapti.

Bel’giya huquqini qo'llash vaqtida vasiyatnoma bekor qilinishi kerak. 

Ammo  Bel’giya  huquqi  vorislik  sohasida  fuqarolik  prinsipiga  asoslanadi.

D em ak,  Bel’giya  h u q uqi  o'zi  ushbu  m asalani  hal  etishdan  bosh 

tortadi,  ingliz  huquqi  ham   o'z  o'm ida  Bel’giya  huquqiga  havola  qiladi. 

Va  bu   holda  masalaning  echilishi  oxiri  ko'rinmaydi.

S h u n in g   u c h u n   q a r s h i   to m o n g a   h a v o la   e tis h   q o 'lla n is h -  

qo'llanmasligiga  qarab  m asala  hal  etiladi.

U shbu m asala borasida bir necha mumkin bo'lgan variantlarni ko'rib 

chiqamiz:

1. 

Faraz  qilamizki,  Bel’giyada  istiqomat  qiluvchi  Bel’giya  fuqarosi 



yuqorida  ko'rsatilgan  vasiyatnom ani  tuzdi  va  bu  vasiyatnom a  haqiqiy 

em as  deb  tan   olindi.

Bel’giyada istiqomat qiluvchi Angliya fuqarosi shunday vasiyatnomani 

tuzdi  va  u   B el’giyada  e ’tiroz  qilinmoqda.  Bel’giya  qonunlariga  ko'ra 

h am   vasiyatnom a  haqiqiy  em as  deb  topiladi.  Am m o  qo'llanilayotgan 

h uq uq  b u  holda  fuqarolik  prinsipiga  ko'ra  belgilanadi  va  demak,  ingliz 

h uquqiga  havola  qiladi.  Ingliz  huquqini  qo'llash  vaqtida  vasiyatnoma 

haqiqiy  deb  tan  olinadi.  Lekin  yuqorida  ko'rsatilganidek,  ingliz  huquqi 

o'zi  Bel’giya  huquqiga  orqaga  havola  qiladi  (Bel’giyada  orqaga  havola 

qilish qo'llaniladi). Bu holda esa vasiyatnoma haqiqiy emas deb tan olinadi.

Bu  yerda  qarshi  tomonga  havola  etish  qaysi  hollarda  qo'llanishini 

bilish  m uhim   aham iyatga  ega.  A gar  Angliyada  vorislik  sohasida  qarshi

www.ziyouz.com kutubxonasi



tomonga havola etish qo‘llanildi deb faraz qilsak va vasiyatnom a Angliyada 

e ’tiroz  qilinayotgan  vaqtda  ingliz  qonuni  Bel’giya  qonuniga  havola  qilgan 

holda,  Bel’giya  qonuni  esa  o'z  o'rnida  ingliz  qonuniga  qarshi  tomonga 

havola  qilsa,  bu  holda  ingliz  qonuni  qo'llaniladi  va  vasiyatnom a  haqiqiy 

deb  ta n   olinadi.

S h u n i  t a ’kidlash  k erak k i,  O 'zbekiston  R esp u blik asi  F u q arolik  

kodeksi,  1161-moddasining  2-qismiga  ko'ra,  O 'zbekiston  Respublikasi 

Fuqarolik  kodeksi,  1161-moddasining  2-qismiga  ko'ra,  vorislik  sohasida 

qarshi  tomonga  havola  etish  qo'llanilmaydi.

C het  el  qonuniga  havola  etuvchi  kollizion  norm a  bog'lanishi  m a’lum 

salbiy  xususiyatlarga  ega.  Ushbu  havola  etish  «umumiy»  xarakterga  ega 

bo'lib,  nom uayyan  doiradagi  chet  el  qonunlarini  qo'llash  imkoniyatini 

belgilaydi.  Natijada  kollizion  norm a  tarkibida  m am lakat  huquqi  sud  yoki 

arbitrajm ing  asosiy  prinsiplariga  zid  bo'lgan  norm alar  m avjud  bo'lgan 

m am lakat  qonuniga  havola  etishi  mumkin.

C het  el  huquqini  qo'llashdan  voz  kechish  faqatgina  m a’lum   xorijiy 

d a v la tn in g   huqu q iy,  siyosiy  yoki  iqtisodiy  tizim i  bilan  O 'zbekiston 

R espublikasining  huq uqiy ,  siyosiy  yoki  iqtisodiy  tizim i  o 'rta sid a g i 

tafovutga  asoslanishi  mumkin  em as  albatta.

T artibga  solishning  m oddiy-huquqiy  metodi  afzalligini  quyidagicha 

belgilash  mumkin:

1.  Yuqorida  t a ’kidlanganidek  m oddiy  hu q uq iy  n o rm alar  xorijiy 

elementli  fuqarolik-huquqiy  m unosabatlarni  tartibga  solishga  qaratilgan 

(«m oddiy-huquqiy  m etodda  doimo  m axsus  ta rtib g a   solish,  kollizion 

m etodda  esa  um um iy  tartibga  solish  qullaniladi»).

2.  T o'g'ridan-to'g'ri  (bevosita)  tartibga  solish  metodiniig  qo'llanishi 

tegishli m unosabatlar ishtirokchilari uchun yanada aniqlik yaratadi, chunki 

ularga va ushbu normalarni qo'llovchn tegishli organlarga ushbu m oddiy- 

huquqiy  norm alar  doimo  oldindan  m a’lum 1.

M um kin qadar qulaylik berish  (imkom tug'dirish) tamoyili  (inglizcha 

the  largest  favour)  —  turli  davlatlar  o'rtasidagi  iqtisodiy  ham da  savdo 

m unosabatlarini  tartibga  solishning  asosiy  p rin sip larid an   hisoblanadi. 

Mumkin qadar qulaylik yaratish rejimi shuni anglatadiki, shartlashayotgan 

d av latlarnin g   h a r  biri  boshqa  d av latg a  uning  fu q aro lari  va  yuridik  

shaxslariga  ularning  o'zaro  m unosabatlari  sohasida  m um kin  q a d a r  qulay 

huquqlar,  imtiyozlar,  afzalliklar  berish  m ajb u riy atini  oladi  va  bu nd a

1  Богуславский  M.M.  Международное  частное  право.  Учебник.  2-изд.,  перераб  и 

доп.  Междунар.  отношения,  1994,  82-бет.

www.ziyouz.com kutubxonasi



uchinchi  davlat  va  uning  fuqaro  ham da  yuridik  shaxslariga  berilgan 

yoki  beriladigan  huquq  imtiyoz  va  afzalliklardan  kam   bo'lmasligi  shart.

Milliy  holat  —  kelishilayotgan  bir  davlatning  yuridik  shaxslar  va 

fuqarolariga  boshqa  kelishilayotgan  davlat  hududida  shu  davlat  yuridik 

shaxslari va fuqarolariga qanday bo'lsa, xuddi shunday huquq,  imtiyozlar 

va  afzalliklar  berilishi  prinsipiga  asoslangan.

O'zaroviylik  (vzaimnost’)  —  m a’lum  davlatda  boshqa  chet  el  davlati 

fuqarolari va yuridik shaxslariga  belgilangai  huquq va  imtiyozlar qanday 

bo'lsa,  bu   dav lat  ham   o'sha  davlat  fuqarolari  va  yuridik  shaxslariga 

shunday  huquq  va  imtiyozlar  belgilaydi.  (Meni  hurm atlasang,  m en  ham  

seni  hurm atlaym an).

Kollizion  norm aga  ega  bo'lgan  deyarli  barcha  huquq  tizimlarida 

ommaviy  tartib   to'g'risida  izohlash  mavjud.  Bunday  izohlashdan  asosiy 

m aqsad  sudlov  m am lakatining  (masalan,  O'zbekistonning,  agar  masala, 

O'zbekiston sudiga taalluqli bo'lsa) ommaviy tartibiga to'g'ri kelmaydigan 

chet el qonunini tadbiq qilishni ushbu mam lakat (O'zbekistonning) kollizion 

norm asi  bilan  cheklab  qo'yishdan  iborat.  B unday  izohlash  yo'li  bilan 

qonunning  cheklanishi  oldindan  ogohlantirib  qo'yilishi  kollizion  normalar 

vositasida  qo'llash  uchun  havola  qilinadigan  qonunlar  doirasi  noaniq 

ekanligi  bilan  bog'liq.

O'zR Fuqarolik kodeksining 1164-moddasida nazarda tutilgan qoidaga 

binoan  "Chet  el  huquqini  qo'llanish  O'zbekiston  Respublikasining  huquq- 

tartiboti  asoslariga  (ommaviy  tartibga)  zid  keladigan  hollarda  chet  el 

huquqi  qo'lanilmaydi".  Shunga  o'xshash qoida O'zbekistonning  1963  yilda 

qabul qilingan Grajdanlik kodeksining  621-moddasida ham  bor edi. Lekin 

u n d a ,  a g a r   c h e t  el  q o n u n in i  q o 'lla sh   c h e k la n g a n   ta q d ir d a   qaysi 

m am lakatning  qonunini  qo'llash  m um kin  degan  savolga  javob  yo'q  edi. 

Bu  savolga  javob  ham   1164-moddada  berildi  va  u  quyidagi  qoida  bilan 

to 'ld irild i:  "B u n d ay   h o llarda  O 'zbekiston  R esp ub likasining  h u quqi 

qo'llaniladi". Dem ak chet el qonuni  O'zbekiston Respublikasida o'rnatilgan 

o m m a v iy   ta r tib g a ,  h u q u q - ta r tib o t  asoslariga  zid  k e lg a n   ho llarda 

O'zbekiston  Respublikasi  huquqi  qo'llaniladi.

Om m aviy tartib  to'g'risidagi izohga  1164-moddada yana bitta muhim 

tu sh un tirish  berildi.  Shu  bilan  ush b u  izohni  o'rinsiz  keng  qo'llanishini 

oldi  olindi.  M azku r  m o d dan in g   2-qism iga  binoan  "Tegishli  chet  el 

d a v la t n in g   h u q u q iy ,  s iy o s iy   y o k i  iq tis o d iy   tiz im i  O 'z b e k is to n  

Respublikasining  huquqiy,  siyosiy yoki  iqtisodiy tizimidan  farqlanishigina 

chet  el  huquqi qo'llanilishini rad  etish  uchun asos bo'lishi  m um kin emas".

O'zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  23-moddasiga  binoan

www.ziyouz.com kutubxonasi




chet  el  fuqarolarining  va  fuqaroligi  bo'lmagan  shaxslam ing  huquq  va 

erk in lik lari  xalqaro  hu q uq  norm alariga  m uvofiq  t a ’m inlanadi.  U lar 

O'zbekiston  Konstitutsiyasi,  qonunlari  va  xalqaro  shartnom alari  bilan 

belgilangan  bu rch larn i  ado  etadilar.  C het  el  fu q aro lari  O 'zbekiston 

fuqarolari  foydalanadigan  huquq  layoqatiga  teng  ega  bo'lganlari  kabi 

nikoh layoqatiga ham  egadirlar. Nikoh tuzish tartibi va uni rasmiylashtirish 

uch un  belgilangan  shartlar  (Oila  kodeksining  13-17-  moddalari)  chet  el 

fuqarolari  uchun  ham   taalluqlidir.  Shunga  ko 'ra  ana  shu  m oddalarda 

belgilangan shartlar  buziladigan va  nikoh tuzishga  monelik qiluvchi  (Oila 

kodeksining  16-  moddasi)  ho latlar  bo'lsa,  nikohni  qayd  qilishga  yo'l 

qo'yilm aydi.  Masalan  chet  el  fuqarosining  qonuni  bo'yicha  unga  ikki 

yoki  undan  ortiq  xotin  olish  (poligamlik  nikoh)  huquqi  nazarda  tutilgan 

bo'lsada  O'zbekiston  hududida  va  O'zbekiston  qonuniga  muvofiq  uning 

ikkinchi  nikohi  qayd  qilinmaydi.  Dem ak  b u nday  hollarda  O'zbekiston 

qonuni  qo'llaniladi.  Lekin  poligamlik  nikohda  yo'l  qo'yadigan  qonunga 

asosan  tuzilgan  bunday  nikohdan  tug'ilgan  bolalar  uchun  O'zbekiston 

sudi  qarori  bilan  aliment  undirish  m ajburiyati  bekor  qilinmaydi.  Chunki 

chet el qonuniga asosan chet elda tug'ilgan bolalar uchun aliment undirish 

qoidasi  O'zbekiston  qonuniga  zid  kelmaydi.

Chet  el huquqining O'zbekiston Respublikasida qo'llanishi davlatimiz 

tuzilishi,  uning huquqiy-tartiboti asoslariga,  o'm atilgan ommaviy tartibga 

zid  ekanligi holatini emas, balki,  bu asoslarga, tartibga chet el huquqining 

zid  kelishini  va  shuning  uchun  qo'llab  bo'lmasligini  anglatadi.

Ommaviy tartib tushunchasi sud tajribasida va ko'pgina davlatlam ing 

ta ’lim otida  o'zining mavxumligi  bilan ajralib turadi. Buning ustiga G 'arb  

d a v la t la r in i n g   a y rim   y u r is t la r i   f ik r ig a   k o 'r a   o m m a v iy   t a r t i b  

tu shunch asin in g  aniq  emasligi  u nga  xos  b o 'lg an   va  uni  ifodalovchi 

xususiyat hisoblanadi. Om m aviy ta rtib  to'g'risidagi izohdan ayrim  sudlar 

o'zga  d a v la t  huquqini  ch etlab   o 'tish,  b a ’zan  u m u m a n   ta n   olmaslik 

m aqsadida  foydalanadilar.  B unday  tajriba  o'tm ishda  ijtimoiy-iqtisodiy 

tizimi  turlicha  bo'lgan  m am lakatlar  huquqiga  nisbatan  ko'p  ishlatilardi. 

U shbu  izohni  qo'llash  doirasini  belgilash  ko'pgina  davlatlarda  to'lig'icha 

sudning  xohishiga  topshirilgan  edi.  B unday  tajribaning  davom   etishi 

natijasida  om maviy  tartib   va  uni  izohlash  tegishli  d arajada  aham iyatga 

ega  bo'lm ay  qoldi.

Bizning  qonunlarimizda,  yuqorida  ko'rsatib  o'tilganidek,  b a ’zi  bir 

h o lla rd a   c h e t  el  q o n u n la rin in g   O 'z b e k isto n d a   q o 'lla n is h i  u c h u n  

c h e k la sh la rg a   yo'l  qo'yiladi.  L ekin  sh u n g a   e ’tib o r  b e rish   k e ra k k i 

O 'zbekiston  qonunlari  bilan  c h e t  el  d av latlari  qonunlari  o 'rtasid ag i

www.ziyouz.com kutubxonasi




farqlanishlar  om maviy  tartib  to'g'risidagi  izohni  tadbiq  qilish  uchun  o'z 

holicha  asos  bo'lishi  m um kin  emas,  chunki  ushbu  izohni  b archa  hollarda 

tadbiq  qilish  O'zbekistonda  chet  m am lakatlar  huquqining  qo'lanishini 

um um an  inkor  qilishga  olib  kelishi  m um kin1.

Retorsiya  —  b ir  davlatning  qonuniy,  adolatli,  m ajburlov  chorasi 

bo'lib,  shu  davlatning  jismoniy  va  yuridik  shaxslarini  boshqa  davlat 

tomomidan  kamsitish,  nodo'stona  xatti-harakatlarga  javoban  qo'llaniladi. 

Bu  holat  uzbekcha  «Sendan  ugina,  m endan  bugina»  m aqolga  to 'g 'ri 

keladi.  R eto rsiya  d a v la tla r  o 'rta sid a g i  m u n o sab atlard a  o'zaroviylik 

prinsipidan  kelib  chiqadi.  Retorsiya  sifatida  qullanuvchi  choralar  ulam i 

vujudga  keltirgan  harakatga  (aktga)  muvofiq  bo'lishi  kerak  va  oldingi 

holat  tiklanganidan  so'ng  to'xtatilishi  lozim.

X alq aro   x u su siy   h u q u q n in g   u m u m iy   tu sh u n c h a la rig a   kelsak, 

doktrinaning  (rasmiyat)  tutgan  o'rni  ustida  alohida  to'xtalib  o'tish  kerak.

Doktrinani  (rasmiy)  sharxlash  (inglizcha  doctrinal  interpritetion)  — 

n az ariy a c h i-y u ristla r  tom onidan  hu q uq iy   norm alarini  tu shuntirilish i 

dem akdir (huquqiy tartibga solish m avjud bo'lmagan hollarda h am  talqin 

etishga  ijozat  beriladi).

XXH  norm alari  va  institutlarini  shakllantirishda  doktrina  alohida 

ah am iy atg a  ega.  H uquqning  ay n a n   shu  sohasida  n o rm ativ   tartib g a 

solishning ko'zda tutilmaganligi va jiddiy nuqsonlarning m avjudligi sababli 

doktrina  huquqining  boshqa  sohalariga  qaraganda  m uhim roq  o'rinni 

egallagan  va  egallab  kelmoqda.

Ushbu  xulosa  nafaqat  doktrina  XXHning  manbasi  sifatida  qabul 

qilingan  m a m la k a tla rg a ,  balki  u   m an b a  sifatid a  e ’tiro f  etilm ag an  

m am lakatlarga  h am   tegishlidir.




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   409   410   411   412   413   414   415   416   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish