Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


  Omonat  saqlash  shartnomasining  turlari



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet298/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

1.2.  Omonat  saqlash  shartnomasining  turlari

Fuqarolik huquqida omonat saqlash shartnomasining bir necha turlari 

qonun  hujjatlari  va  qoidalar  bilan  tartibga  solinadi.  Omonat  saqlash 

shartnomasi  oddiy  omonat  va  maxsus  omonat  turlariga  bo'linadi.  Oddiy 

omonat  saqlashda  omonat  saqlashning  umumiy  qoidalari  (FKning  875— 

893-moddalari)ni  qo'llashning  o'zi  kifoya  qiladi.  Omonatni  saqlashning 

maxsus  turiga  tovar  omborlarida,  lombardlarda,  banklarda,  transport 

korxonalarining  yukxonalarida,  kiyimxonalarda,  mehmonxonalarda, 

sekvestr (nizoli ashyolarni) omonat saqlash kiradi. Bundan tashqari, omonat 

saqlashning  maxsus turiga  madaniy  boyliklami,  muzeyga  tegishli  bo'lgan 

boyliklar  va  boshqalarni  omonat  saqlash  o'z  xususiyatlariga  ega.  Bulami 

saqlashning  har  birida  qo'llaniladigan  omonat  saqlash  xizmati  faoliyati 

bir-biridan  ajralib  turadi.

Amaliyotda  oddiy  (tinch)  va  favqulodda  (holatlarda)  omonat  saqlash 

shartnomalari  tuzilishi  mumkin.

Oddiy  holatda  omonat  saqlash  shartnomasi  -   tinchlik  paytida, 

Fuqarolik  kodeksida  o'rnatilgan  qoidalarga  rioya  qilingan  holda  tuziladi.

Favqulodda  holatlarda  ya’ni  turli  tabiiy  ofatlar,  harbiy  holatlar, 

kutilmagan kasalliklarning tarqalishi natijasida tuziladigan omonat saqlash 

shartnomasini Fuqarolik kodeksi bilan o'rnatilgan qoidalarning ayrimlariga 

rioya  qilmasdan  ham  tuzishlari  mumkin.  Masalan,  fuqaro  mol-mulkini

www.ziyouz.com kutubxonasi




favqulodda  holatlarda  omonat  saqlash  shartnomasining  yozma  shakliga 

rioya  etmasdan  ham  omonat  saqlovchiga  topshirishi  mumkin.

Omonat saqlashning yana bir turi — ashyoni egasizlantirib saqlashdir.

Amaliyotda  ashyolarni  egasizlantirib  saqlanganida  saqlash  uchun 

qabul  qilingan ashyolar  boshqa  yuk  topshiruvchilaming  shunga  o‘xshash 

va shunday sifatli ashyolari bilan aralashtirib yuborilishi mumkin. Masalan, 

og ‘irlik  va  o ‘lchov  bilan  belgilanadigan  donni  elevatorlarda  omonat 

saqlash,  turli  shaxslarga  qarashli  bo'lgan  bir  xildagi  buyumlami  maxsus 

xonalarda saqlash va xokazo. Saqlash uchun topshirilgan bunday ashyolar, 

narsalar bir-birlariga aralashtirilishi, ya’ni egasizlantirilishi sababli omonat 

qo'ygan shaxs o‘zi topshirgan buyumlarni qaytib olganida o'z buyumlarini 

emas,  balki  jism  va  xil  jihatidan  o'sha  buyumlarga  to'g'ri  keladigan 

boshqa narsalami oladi. Bunday saqlashga egasizlantirib saqlash deb aytiladi 

Bu haqda  Fuqarolik kodeksining  879-moddasida shunday deyiladi. Ashyo 

egasizlantirib saqlanganida saqlash uchun qabul qilingan ashyolar boshqa 

yuk  topshiruvchilaming  shunga  o'xshash  va  shunday  sifatli  ashyolari 

bilan aralashtirib yuborilishi mumkin. Yuk topshiruvchiga teng miqdorda 

yoki  taraflar  kelishgan  miqdorda  shunga  o'xshash  va  shunday  sifatli 

ashyolar  qaytarib  beriladi.

Egasizlantirib saqlash omonat saqlash shartnomasida bevosita nazarda 

tutilgan  hollardagina  amalga  oshiriladi.


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish