Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


  P u d rat  sh a rtn o m a si  tara flarin in g   h uq uq  va  m ajburiyatlari



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

4.  P u d rat  sh a rtn o m a si  tara flarin in g   h uq uq  va  m ajburiyatlari

Pudratchi  buyurtm achining  topshirig'iga  asosan  m uayyan  ishlarni 

am alga  oshirish  bo'yicha  shartnom a  tuzar  ekan,  uning  asosiy  huquq  va 

m ajburiyatlari  buyurtm achi  topshirig'iga  asosan  ishni  bajarish  va  uning 

haqini  talab  qilib  olish  bilan  bog'liq  holda  vujudga  keladi.

F K n in g   6 3 2 -m o d d a s i  t a l a b la r id a n   k e lib   c h iq ib ,  b u y u r tm a  

pudratchining materiallari, uning kuchi va m ablag'lari hisobidan bajarilishi 

n azard a  tu tilg a n   bo'lsa  sh a rtn o m a   bahosini  p u d ra tc h i  sarflay o tg an  

m ablag'larni  qo'shgan  holda  shakllantirishni  talab  qilish  huquqiga  ega.

Vaziyat taqazosi bilan ishni bajarishda qo'shimcha ishlarni bajarish zarur 

bo'lib  qolsa  va  shu  sababli  ishning  taxminan  belgilangan  bahosini  (taxminiy 

smetani)  ancha  oshirishga  to'g'ri  kelsa,  pudratchi  bu  haqda  buyurtmachini 

vaqtida  ogohlantirishi  shart.  Buyurtmachi  pudrat  shartnomasida  ko'rsatilgan 

ishning  bahosini  (smetani)  oshirishga  rozi  bo'lmagan  taqdirda  shartnomadan 

voz  kechishga  haqli.  Bunday  hollarda  pudratchi  buyurtmachidan  ishning 

bajarilgan  qismining  bahosini  to'lashni  talab  qilishi  mumkin

B uyurtm achini  p u d rat  shartnom asida  ko'rsatilgan  ishning  bahosini 

(sm etani)  oshirish  zaru rlig i  to 'g 'risid a   o'z  v a q tid a   ogohlantirm ag an 

pudratchi  ish  uchu n  shartnom ada  ko'rsatilgan  baho  bo'yicha  haq  olish

www.ziyouz.com kutubxonasi




huquqini  saqlab  qolgan  holda  shartnom ani  bajarishi  shart.

Pudratchi,  qoida  tariqasida,  q a t’iy  baho  (  q a t’iy smeta)ni  oshirishni, 

buyutm achi  esa  uni  kamaytirishni talab qilishga, shu jum ladan  bajarilishi 

kerak  bo'lgan  ishning  to‘la  hajmini  yoki  buning  uchun  zarur  xarajatlarni 

p u d ra t  sh artn o m asi  tuzilayotgan  p a y td a   n azard a  tu tis h   im koniyati 

bo'lmagan  hollarda  ham   haqli  emas.

Pudratchi  tomonidan  taqdim   qilinishi  kerak  bo'lgan  m ateriallar  va 

uskunalar,  shuningdek  uchinchi  shaxslar tomonidan  unga  ko'rsatiladigan 

xizmatlar bahosi ancha oshgan va buni shartnom a  tuzish vaqtida  nazarda 

tutish  m um kin  bo'lm agan  hollarda  pudratchi  belgilangan  ish  bahosini 

(smetani)  oshirishni  talab  qilishga,  buyurtm achi  bu  talabni  bajarishdan 

bosh  tortgan  taqdirda  esa  shartnom ani  bekor qilishni  talab qilishga  haqli.

FK ning  644-m oddasi  talab lariga  m uvofiq,  b u y u rtm a c h i  p u d ra t 

shartnomasi  bo'yicha  o'zining  muqobil  m ajburiyatlarini  bajarmaganligi, 

xususan  m aterial,  uskunalar,  texnik  hu jjatlarni  yoki  qay ta  ishlanishi 

(ishlov  berilishi)  k e ra k   bo'lgan  ashyoni  berm aganligi  p u d ratc h in in g  

shartnom ani  bajarishiga  to'sqinlik  qilgan  hollarda,  shuningdek  m azkur 

m ajburiyatlar  belgilangan  m u ddatda  bajarilmasligini  yaqqol  ko'rsatib 

tu rg a n   h o latlar  m av jud  bo'lganida  p u d ra tc h i  ishga  kirishm aslikka, 

boshlangan  ishni  esa  to'xtatib  qo'yishga  haqli.  Masalan,  ganchkor  kerakli 

sifatdagi  m ahsulotni  talab  qilganda  buyurtm achining  o'z  v aqtida  olib 

kelmasligi yoki boshqa sifatdagi m ahsulotni olib kelganligi ishning sifatiga, 

amalga  oshirilish  m uddatiga  ta ’sir  etishi  mumkin.  Chunki  boshqa  sifatli 

ganch mahsuloti  tez qotmasligi yoki boshqa xususiyatga ega  bo'lib,  ganch 

ishida  ishlatilmasligi  mumkin.  Shu  sababli  ganchkor  kelishilgan  ganch 

m a h s u lo ti  k e lg u n c h a   ish n i  t o 'x ta t ib   tu r is h i  yoki  m u d d a t  o 'tib  

ketayotganligini,  buyurtm achining  e ’tiborsizligini  vaj  qilib  shartnom ani 

bekor  qilishga  haqli  bo'ladi.

A g a r  b u y u r tm a c h i   p u d r a t c h in i n g   o 'z  v a q ti d a   v a   a so sli 

ogohlantirganiga  qaram asdan,  oqilona  m u ddatda  yaroqsiz  yoki  sifatsiz 

materialni alm ashtirm asa,  ishni bajarish usuli  to'g'risidagi ko'rsatm alarini 

o'zgartirm asa  yoxud  ishning  yaroqliligi  yoki  pishiqligini  xav f  ostiga 

qo'yadigan holatlarni b artaraf etish uchun zarur bo'lgan boshqa choralarni 

k o 'rm a sa ,  p u d r a tc h i  s h a rtn o m a n i  b a ja ris h d a n   bosh  to rtis h g a   va 

yetkazilgan  zararni  qoplashni  talab  qilishga  haqli.

FKning  637-moddasiga  asosan  pudratchining  amaldagi  xarajatlari 

ish  bahosini  aniqlash  vaqtida  (smeta  tuzilayotganda)  nazarda  tutilgan 

xarajatlardan kam  bo'lgan  hollarda,  basharti  buyurtm achi  pudratchining 

tejami  bajarilgan  ish  sifatiga  ta ’sir  etganligini  isbotlay  olmasa,  pudratchi

www.ziyouz.com kutubxonasi




ishlar  uchun  p u drat  shartnom asida  ko'rsatilgan  baho  bo'yicha  haq  olish 

huquqini saqlab qoladi. P u drat shartnomasida pudratchining tejami taraflar 

o'rtasida  taqsimlanishi  nazarda  tutilishi  mumkin.

P udratchi  qonun  hujjatlarida  yoki  p u drat  shartnom asida  nazarda 

tutilgan  hollarda  va  m iqdordagina  o'ziga  bo'nak  yoki  zakalat  berilishini 

ta la b   q ilishg a  haqli.  S h a rtn o m a n in g   b a ja rilish i  m u n o sa b a ti  bilan  

buyurtm achi pudratchiga belgilangan tegishli haqni yoki boshqa summani 

to 'lash   m ajb u riyatini  b a jarm ag an   taqdirda,  b u y u rtm a ch i  tom onidan 

teg ish li  su m m a  to 'la n g u n g a   q a d a r  p u d ra tc h i  ishning  n a tija la rin i, 

shuningdek  buyurtm achiga  tegishli  uskunalarni,  qayta  ishlash  (ishlov 

berish)  uchun  berilgan ashyolarni,  foydalanilmay qolgan m aterial qoldig'i 

va pudratchining ixtiyoridagi boshqa mol-mulkni  m ajburiyat bajarilishini 

ta ’m inlash  m aqsadida  ushlab  qolish  huquqiga  ega.  Bu  orqali  pudratchi 

bu y u rtm ach in in g   o'ziga  yuklatilgan  sum m ani  to'linishini  o'z  vaqtida 

am alga  oshirilishiga  erishadi.

Shuningdek,  agar  p u d rat  shartnomasida  boshqacha  tartib  nazarda 

tu tilg a n   bo'lm asa,  b u y u rtm a ch in in g   topshirig 'ini  bajarish   usullarini 

pudratchi mustaqil belgilaydi. Bu  yerda ishning o'ziga  xos usulini tanlash 

huquqidan  foydalangan  holda  pudratchi  ishni  tez,  sifatli,  tejamli  asosda 

bajarish  yo'llarini  o'ylab  topishga  haqli.  Bu  yerda  asosan  pudratchining 

m ahorati, tajribasi o'ziga xos ishni bajarish usulini tanlash imkonini beradi.

Ko'p hollarda ishning bajarish muddati, ish sifati, bajarish imkoniyati 

pudratchining yordam chi ko'magiga muhtoj qilib qo'yishi mumkin. P u d rat 

shartnom asi  shaxsiy  harak terd a  bo'lgan  hollarda  bunday  yordamchilar 

k o 'm ag id an   foydalanm aslik,  ishni  faq a t  p u dratch in in g   o'zi  bajarishi 

shartligi belgilab qo'yilishi mumkin. Masalan, kosibning m ahoratini eshitib 

kelgan  mijoz,  ishni  faqat  ushbu  usta  bajarishini  talab qilishi  mumkin.  Bu 

holda  p u d rat shaxsiy harakterga ega bo'ladi.  P u d rat shartnomasini buzib, 

shartnom ani  bajarish uchun yordam chi pudratchini jalb qilgan  pudratchi 

ushbu yordam chi pudratchi shartnom ani bajarishda qatnashib, yetkazgan 

zarar  uchun  buyurtm achi  oldida  javobgar  bo'ladi.

A gar  qonun  hujjatlarida  yoki  p udrat  shartnom asida  pudratchining 

shartnom ada  ko'rsatilgan  ishni  shaxsan  o'zi  bajarish  m ajburiyatlari  kelib 

chiqmasa,  pudratchi  o'z  m ajburiyatlarining  bir  qismini  bajarish  uchun 

boshqa shaxslar (yordamchi pudratchilar)ni jalb qilish huquqiga ega. Bunday 

hollarda  pudratchi  bosh  pudratchi  hisoblanadi.

Bosh  pudratchi  buyurtm achining  p udrat  shartnomasi  bo'yicha  o'z 

m ajburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun 

yordam chi  p udratchi  oldida  javobgar  bo'ladi,  buyurtm achi  oldida  esa

www.ziyouz.com kutubxonasi




yordam chi  p u d ratch i  o'z  m ajb u riy atlarini  bajarm aganligi  yoki  lozim 

darajada  bajarmaganligining  oqibatlari  uchun  javobgar  bo'ladi.

Agar  qonun  yoki  pudrat  shartnom asida  boshqacha  tartib   nazarda 

tutilgan  bo'lmasa,  buyurtm achi  va  yordam chi  pudratchining  h a r  biri 

bosh pudratchi bilan tuzgan shartnom alar buzilishi bilan bog'liq talablarni 

bir-biriga  qo'yishga  haqli  emas.

Bosh pudratchining roziligini olgan holda buyurtm achi ayrim  ishlarni 

bajarish  uchun boshqa  shaxslar  bilan shartnom a  tuzishga  haqli.  Bu  holda 

m azkur shaxslar ishni bajarmaganligi yoki lozim darajada  bajarmaganligi 

uchun  bevosita  buyurtm achi  oldida  javobgar  bo'ladilar.

FK ning  640-m oddasiga  asosan  p u d ra tc h i  b u y u rtm a c h i  b e rg a n  

m aterialdan  tejab-tergab  va  rejali  foydalanishi,  ish  tugaganidan  so'ng 

ishlatilgan m aterial to'g'risida buyurtm achiga hisobot berishi, shuningdek 

uning  qoldig'ini  qaytarib  berishi  yoxud  o'z  ixtiyoridagi  foydalanilmay 

qolgan  m aterialning  qiym atini  hisobga  olib,  buyurtm ach inin g  roziligi 

bilan  ishning  bahosini  kamaytirishi  shart.  FKning  653-moddasiga  asosan, 

agar shartnom ada  nazarda  tutilgan  bo'lsa  yoki  axborotning  harakteridan 

ish natijasidan p u d rat shartnomasida nazarda tutilgan m aqsadlarda ushbu 

a x b o ro tsiz   fo y d a la n is h   m u m k in   e m a slig i  a n g la s h ils a ,  p u d r a tc h i 

buyu rtm ach ig a  ishning  natijasi  bilan  birga  p u d ra t  shartno m asin ing  

narsasini  ishlatish  yoki  undan  boshqacha  tarzda  foydalanishga  taalluqli 

bo'lgan  axborotni  ham   berish  m ajburiyatiga  ega.

Ayrim hollarda bajarilayotgan ish maxfiy, uchinchi shaxslarga oshkor 

qilinmaydigan  tusda  ham   bo'lishi  mumkin.  Agar ish  shunday  harakterda 

bo'lsa  u  holda  b a ja rila y o tg a n   ish,  u  h a q d a g i  m a ’lu m o tla r  m axfiy 

hisoblanadi.  Bu  h o llard a  b u y u rtm a c h i  m ab o d a  ish n in g   n a tija sin i 

pudratchiga  bu  maxfiy  m a’lumotlarni  oshkor  qilish  oqibatida  bajarilishi 

m umkinligidan  kelib  chiqib,  pudratchiga  ishni  bajarish  jarayonida  bu 

kabi  axborotlarni  yetkazishi  mumkin.

Bundan tashqari pudratchi ham  am alga oshirayotgan ishlarini tijorat 

siri  sifatida  uchinchi  shaxslarga  oshkor  qilinishini  xohlamasligi  mumkin. 

B u n d a y   h o lla rd a   b ir  ta r a f   (p u d ra tc h i  yoki  b u y u rtm a c h i)  p u d r a t 

shartnom asi  bo'yicha  o'z  m ajburiyatlarini  bajarganligi  tufayli  ikkinchi 

tara fd a n   yangi  yechim lar  va  texnikaviy  bilimlar,  ju m lad an   huquqiy 

muhofaza  qilinmaydigan  yechim  va  bilimlar,  shuningdek  tijorat  siri  deb 

hisoblanishi  m um k in  bo'lgan  m a ’lu m o tlar  olsa,  u  bu  m a ’lum otlarni 

ikkinchi  tarafning  roziligisiz  uchinchi  shaxslarga  m a’lum   qilishga  haqli 

emas.  Bunday  axborotdan  foydalanish  tartibi  va  shartlari  taraflarning 

kelishuvi  bilan  belgilanadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi




P udratchi  quyidagilarni  aniqlagan  taqdirda  darhol  buyurtm achini 

ogohlantirishi va  undan ko'rsatm alar olgunga  qadar ishni to'xtatib turishi 

shart:

-b u y u rtm a c h i  b ergan  m aterial,  uskunalar,  texnik  h u jjatlar  yoki 



qayta  ishlash  (ishlov  berish)  uchun  topshirilgan  ashyoning  yaroqsizligi 

yoki  sifatsizligini;

-buyurtm achining  ishni  bajarish  usuli  to'g'risidagi  ko'rsatm alarini 

bajarish  uning  uchun  yomon  oqibatlarga  olib  kelishi  mumkinligini;

-p u d ratch ig a  bog'liq  bo'lm agan,  bajarilayotgan  ish  natijalarm ing 

yaroqliligi yoki pishiqligini xavf ostiga qo'yadigan yoxud ishni belgilangan 

m uddatda  nihoyasiga  yetkazish  m um kin  bo'lmaydigan  qilib  qo'yadigan 

boshqa  holatlarni.

Yuqoridagi  holatlar  to'g'risida  buyurtm achini  ogohlantirmagan  yoki 

ogohlantirishga  javob  olish  u c h u n   shartnom ada  ko'rsatilgan  m ud dat 

o'tishini,  bunday  m uddat  ko'rsatilm agan  bo'lsa,  oqilona  m uddat  o'tishini 

kutm asdan yoxud buyurtm achi ishni to'xtatib turish to'g'risida o'z vaqtida 

k o 'rsa tm a   b e rg a n   bo'lishiga  q a ra m asd a n   ishni  davom   e ttira v e rg a n  

p u d ratc h i  bu y u rtm ach i  unga  yoki  p udratchi  b uy urtm achiga  tegishli 

talablar  qo'yganida  m azkur  holatlarni  vaj  qilib  keltirishga  haqli  emas.

Pudratchining  asosiy  m ajburiyatlaridan  biri  albatta  bajariladigan 

ishning  sifati  bilan  bog'liq.  Chunki  aynan ishning  sifatli  bajarilishi  pudrat 

shartnom asi  tuzilishidan  ko'zlangan  maqsad  hisoblanadi.

P udratchi bajargan  ish  p u d rat  shartnomasining  shartlariga,  shartlar 

bo'lm aganida yoki to'liq bo'lm aganida esa, odatda tegishli turdagi ishlarga, 

ish muomala odati bo'yicha bunday turdagi ishlarning bajarilish shartlariga 

q o 'yiladig an  talab larg a  mos  kelishi  kerak.  B u y u rtm ach i  iste ’molchi 

huquqlaridan foydalanganligi sababli unga nisbatan “iste’molchi mutaxassis 

em as”  degan  tamoyil  qo'llaniladi.  Shu  sababli  pudratchi  bajarayotgan ish 

bo'yicha buyurtm achi tushunm asligi sababli bu tu n  m as’uliyatni pudratchi 

zimmasiga  yuklaydi.  Shu  sababli  bajarilgan  ish  natijasi  buyurtm achiga 

topshirish  paytida  shartnom ada  ko'rsatilgan  yoki  odatda  qo'yiladigan 

talablar  bilan  belgilangan  xususiyatlarga  ega  bo'lishi  va  oqilona  m uddat 

davomida  shartnom ada  nazarda  tutilganidek  foydalanish  uchun,  agar  u 

shartnom ada  belgilangan  bo'lmasa,  bunday  turdagi  ishning  natijasidan 

odatdagidek  foydalanish  uchun  yaroqli  bo'lishi  kerak.

A yrim   hollarda  qonun  h u jja tla rid a   p u d ratc h ig a   m ajbu riy  ishni 

bajarish uchun talablar qo'yilishi mumkin. Shu hollarda pudratchi m azkur 

talablarga  amal  qilishga  majbur-  bo'ladi.  Agar  qonun  hujjatlarida  pudrat 

shartnom asi  bo'yicha  bajariladigan  ishga  qo'yiladigan  m ajburiy  talablar

www.ziyouz.com kutubxonasi




nazarda  tutilgan  bo'lsa,  tadbirkor  sifatida  ish  olib  borayotgan  pudratchi 

ishni  b u n d a y   m a jb u riy   ta la b la rg a   sh a rtn o m a d a   n a z a rd a   tu tilg a n  

bo‘lmasada  amal  qilgan  holda  bajarishi  shart.

Ishning  sifati  bo'yicha  kafolat  berish  talab  qilinadigan  bo'lsa  bu 

kafolat  p u d ra tc h i  tom onidan  berilishi  shart.  Y uqorida  b u y u rtm a ch i 

iste’molchi  h u q u q laridan   foydalanishini  nazarda  tu td ik .  O 'zbekiston 

Respublikasining  “Iste’molchilar  huquqlarini  himoya  qilish  to'g'risida»gi 

qonuning  12-moddasiga  asosan  iste’molchi  o'zi  sotib  olgan  tovar  (ish, 

xizmat) sanitariya-gigiyena, shu jum ladan radiologiya, epidem iyaga qarshi 

talablarga  va  amaldagi  boshqa  norm alar  ham da  qoidalarga  rioya  etgan 

holda ishlab chiqarilgan yoki bajarilgan bo'lishiga va uning hayoti, sog'lig'i, 

atrof  m uhit  uch un   xavfsiz  bo'lishiga,  shuningdek  uning  mol-mulkiga 

zarar  yetkazmasligiga  kafolat  berilishini  talab  qilish  huquqiga  ega.

U shbu  m odda  talab larid an   kelib  chiq q an  holda  b a ja rilg a n   ish 

b u y u rtm ach inin g   hayoti,  sog'lig'i,  m ol-m ulki  va  a tro f  m u h it  uchun 

xavfsiz  bo'lishi  bilan  bog'liq  bo'lsa  pudratchining  kafolati  bilan  bog'liq 

talablar  qonun  hujjatlari  bilan  belgilanadi.

O 'zbekiston  Respublikasining  “Iste ’m olchilar  huquqlarini  himoya 

qilish to‘g ‘risida”gi qonuning 12-moddasiga asosan pudratchi ishning xizmat 

m udd ati  yoki  yaroqlilik  m u d dati  m obaynida,  a g a r  b u n d a y   m u d d at 

belgilanmagan  bo'lsa,  tovar iste’molchiga  sotilgan  (ish  bajarilgan)  kundan 

e’tiboran  o'n  yil  mobaynida  uning  xavfsiz  bo'lishini  ta ’minlashi  shart.

Ish  p ud ratchi  tomonidan  p u d ra t  shartnom asidan  chetg a  chiqqan 

holda bajarilib, ish natijasini yom onlashtirgan bo'lsa yoki uni shartnom ada 

nazarda tutilgan m aqsadlar uchun yoxud shartnom ada  yaroqsizlik haqida 

teg ish li  s h a r tla r   b o 'lm a g a n   ta q d ir d a ,  o d a td a g i  m a q s a d la r   u c h u n  

foydalanishga  yaroqsiz  qilib  q o 'y a d ig a n   boshqa  k a m c h ilik la r  bilan 

bajarilgan  bo'lsa,  buyurtm achi,  b a sh arti  qonunda  yoki  sh artn o m ad a 

b o sh q ach a  ta r tib   n a z ard a   tu tilg a n   b o 'lm a sa ,  o'z  x o h ish ig a   k o 'ra  

pudratchidan:

-  kamchiliklarni  oqilona  m uddatda  bepul  b artaraf  etishni;

-  ish  uchun  belgilangan  bahoni  m utanosib  ravishda  kam aytirishni;

-  sh a rtn o m a d a   b u y u rtm a ch in in g   k am ch iliklarni  b a r ta r a f   etish 

h u q uqi  n a z ard a   tu tilg a n   bo'lsa,  u la rn i  b a rta ra f   e tish g a   q ilgan   o'z 

xarajatlarini  qoplashni  talab  qilishga  haqli.

Agar  qonun  yoki  pudrat  shartnom asida  boshqacha  tartib   nazarda 

tutilgan  bo'lmasa,  buyurtm achi  belgilangan  m uddatlarda  ish  natijasining 

lozim darajada  sifatli  emasligini  aniqlagan  taqdirda,  ishning  natijasi  lozim 

darajad a  sifatli  emasligi  bilan  bog'liq  talablarni  qo'yish ga  haqli.  Ish

www.ziyouz.com kutubxonasi




natijasiga  kafolat  m u ddati  belgilanm agan  hollarda  ish  natijalaridagi 

kam chiliklar  oqilona  m uddatda,  biroq  ish  natijasi  topshirilgan  kundan 

b o sh la b   ik k i  yil  m o b ay n id a   a n iq la n g an   ta q d ird a ,  a g a r  q o nu n da, 

shartnom ada yoki ish muomalasi odatlarida boshqa m uddatlar belgilangan 

b o 'lm a sa ,  b u y u rtm a c h i  ish   n atijasid ag i  k a m c h ilik la r  bilan  bog'liq 

talablarni  qo'yishi  mumkin.  B uyurtm achi  kafolat  m uddati  mobaynida 

aniqlangan  ish  natijasidagi  kamchiliklar bilan bog'liq  talablarni  qo'yishga 

haqli.


S h artno m ada  nazarda  tutilg an   kafolat  m u ddati  ikki  yildan  kam  

bo'lib, buyurtm achi ish natijasidagi kamchiliklarni kafolat m uddati tamom 

bo'lgach,  biroq  ushbu  m oddaning  beshinchi  qismida  nazarda  tutilgan 

paytdan   e ’tiboran  ikki  yil  davomida  aniqlagan  va  bu   kamchiliklar  ish 

natijasi o'ziga topshirilgunicha yoki topshirish paytiga qadar yuzaga kelgan 

sabablarga  ko'ra  paydo  bo'lganligini  isbot  qilsa,  ular  uchun  pudratchi 

javobgar  bo'ladi.

A g a r  p u d ra t  sh artn o m asid a  boshqacha  ta r tib   n azard a  tu tilg an  

bo'lmasa,  kafolat  m uddati  bajarilgan  ish natijasi  buyurtm achi  tomonidan 

qabul qilib olingan yoki qabul qilib olinishi lozim bo'lgan paytdan e’tiboran 

o'ta  boshlavdi.

FKning 642-moddasiga asosan Buyurtmachi pudratchining faoliyatiga 

aralashm agan holda istalgan vaqtda ishning borishini va sifatini tekshirishga 

haqli.


A g a r  p u d ra tc h i  p u d r a t  sh a rtn o m a sin i  b a ja ris h g a   o'z  v a q tid a  

kirishm asa  yoki  ishni  sust  bajarishi  natijasida  uni  belgilangan  m uddatda 

tugatish  m um kin  emasligi  aniq  bo'lib  qolsa,  buyurtm achi  shartnom adan 

voz  kechib,  yetkazilgan  zararni  qoplashni  talab  qilishga  haqli.  Shu  bilan 

birga  agar ish kechiktirib  bajariladigan bo'lsa,  buyurtm achi shartnomaga 

nisbatan  o'z  qiziqishini  yo'qotganligini  isbot  qilishi  lozim.

A gar  ishni  bajarish  vaqtida  uning  tegishli  darajada  bajarilmasligi 

aniq bo'lib qolsa, buyurtm achi pudratchiga kamchiliklar ni yo'qotish uchun 

oqilona m u d d at belgilashga va bu talabni pudratchi belgilangan m uddatda 

bajarm ag an   taqdirda  p u d rat  shartnom asidan  voz  kechishga  yoxud  bu 

kamchiliklarni pudratchi hisobidan tuzatishni boshqa shaxsga topshirishga, 

shuningdek  yetkazilgan  zararni  qoplashni  talab  qilishga  haqli.

A g a r  p u d ra t  sh a rtn o m a sid a   boshqacha  ta rtib   nazarda  tu tilg a n  

bo'lmasa,  buyurtm achi  ish  natijasi  o'ziga  topshirilgunga  qadar  istagan 

v a q td a   sh artnom ad an  voz  kechib,  belgilangan  bahoning  buyurtm achi 

shartnom adan voz  kechganligi  to'g'risidagi ogohlantirish  olingunga  qadar 

b a ja rilg a n   ishga  m u ta n o sib   qism ini  to 'lash i  m um kin.  B u y u rtm ach i

www.ziyouz.com kutubxonasi




pudratchiga  shartnom aning  bekor  qilinishi  tufayli  yetkazilgan  zararni 

ham   bajarilgan  ishning  bahosi  bilan  ham m a  ish  uchun  belgilangan  baho 

o'rtasidagi  farq  doirasida  to’lashi  shart.

Buyurtm achi bajarilgan ishni (uning natijasini) p u d rat shartnom asida 

nazarda tutilgan m uddatda va tartibda pudratchi ishtirokida ko'rib chiqishi 

va qabul qilishi,  ish natijasini yomonlashtiradigan darajada shartnom adan 

chekinish  yoki  boshqa  kamchiliklar  aniqlangan  taqdirda  esa,  bu  to'g'rida 

pudratchiga  darhol  m a’lum  qilishi  shart.

Ishni qabul qilish vaqtida uning kamchiliklarini aniqlagan buyurtm achi 

bu kamchiliklar yoxud ularni  tuzatish  to'g'risida keyinchalik  talab qo'yish 

mumkinligi  dalolatnoma  yoki  qabul  qilishni  tasdiqlovchi  boshqa  hujjatda 

ko'rsatilgan  hollardagina  ularni  vaj  qilib  keltirishga  haqli.

B uyurtm achi  ishni  tekshirm asdan  qabul  qilgan  bo'lsa,  uni  qabul 

qilishning  oddiy  usulida  aniqlanishi  m um kin  bo'lgan  kam chiliklar  (ochiq 

ko'rinib  tu rgan   kamchiliklar)ni  dalil  qilib  keltirish  huquqidan  m ahrum  

bo'ladi.


B u y u rtm a c h i  ish  qab u l  qilib  o lin g an id an   so 'n g   u n d a   p u d r a t 

shartnom asidan  chekinishlar  yoki  ishni  qabul  qilishning  oddiy  usulida 

an iq lan ish i  m u m k in   b o 'lm ag an   b o sh q a  xil  k a m c h ilik la r  (y ash irin  

kamchiliklar)ni, shu jumladan, pudratchi qasddan yashirgan kamchiliklami 

aniqlasa,  ular  aniqlanganidan  so'ng  o'n  kunlik  m uddat  ichida  bu  to'g'rida 

pudratchiga  xabar  qilishi  shart.

B u y u r tm a c h i  b ila n   p u d r a t c h i   o 'r ta s id a   b a ja r il g a n   ish n in g  

kam chiliklari  yoki  ularning  sab ab lari  yuzasidan  nizo  kelib  chiqqan 

taqdirda,  istagan  tarafning  talabi  bo'yicha  ekspertiza  tayinlanishi  kerak. 

Ekspertiza  o'tkazish  xarajatlari  pudratchi  zimmasida  bo'ladi,  ekspertiza 

pudrat shartnom asi  buzilmaganligini yoki pudratchining harak atlari bilan 

aniqlangan  kamchiliklar  o'rtasida  sababiy  bog'lanish  yo'qligini  aniqlagan 

hollar bundan mustasno. Bunday hollarda ekspertiza xarajatlarini ekspertiza 

o'tkazishni talab qilgan taraf, agar ekspertiza taraflarning o'zaro kelishuvi 

bilan  tayinlangan  bo'lsa,  ikkala  taraf  teng  miqdorda  to'laydi.

Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, 

buyurtm achi  bajarilgan  ishni  qabul  qilishdan  bosh  tortganida,  pudratchi 

shartnomaga  binoan  ish  natijasi  buyurtm achiga  topshirilishi  kerak  bo'lgan 

kundan  boshlab  bir  oy  o'tgach  va  shundan  keyin  buyurtm achini  ikki 

m arta  ogohlantirgan  holda  ish  natijasini  sotib  yuborishga,  tushgan  pulni 

esa  pudratchiga  tegishli  ham m a  to'lovlarni  chegirib  tashlab,  notarial 

idoraning  depozitiga  buyurtm achining  nomiga  kiritib  qo'yishga  haqli. 

Pudratchi  p udrat  narsasini  sotish o'm iga  uni  ushlab turish  yoki  keltirilgan 

zarami  buyurtm achidan  undirib  olish  huquqidan  foydalanishga  haqli.

www.ziyouz.com kutubxonasi



A gar buyurtm achining  bajarilgan ishni  qabul qilishdan  bosh  tortishi 

ishni  topshirish  kechikib  ketishiga  sabab  bo'lgan  bo'lsa,  tayyorlangan 

(q a y ta   ish lan g an )  a sh y o n in g   taso d ifan   n o b u d  bo 'lish   xavfi  ashyo 

topshirilishi  lozim  bo'lgan  paytda  buyurtm achiga  o'tgan  deb  hisoblanadi.

P u d ra t shar tnomasini bajarish munosabati bilan buyurtm achi bergan 

m aterial,  uskuna,  qayta  ishlashga  (ishlov berishga)  topshirilgan  ashyo  va 

pudratchi ixtiyoriga o'tgan boshqa mol-mulklarni saqlanishini talab qilishga 

haqli.


A g a r  p u d ra t  shartnom asid a  bajarilgan  ishga  yoki  uning  ayrim  

bosqichlariga oldindan haq to'lash nazarda tutilgan bo'lmasa, buyurtm achi 

p u d ra tc h ig a   sh artlash ilg an   h aq n i  ish  tegishli  tarz d a   va  kelishilgan 

m u d d a td a   yoxud  b u y u rtm a ch in in g   roziligi  bilan  m u d d atid a n   oldin 

bajarilib,  uning  natijalari  uzil-kesil  topshirilganidan  keyin  to'lashi  shart.

Shuningdek, ishning sifatli, aniq va belgilangan m uddatda bajarilishi 

nafaqat  pudratchiga,  balki  ayrim   hollarda  buyurtm achiga  ham   bog'liq 

bo'ladi.  Bu  holatlarda  b uyurtm achi  pudratchiga  yordam   berishi  lozim 

bo'ladi. Pudratchining ishni bajarishiga buyurtm achi p u d rat shartnomasida 

nazarda  tutilgan  hollarda,  hajm da  va  tartibda  yordam   berishi  shart.

B uyurtm achi bu m ajburiyatni bajarmasa, pudratchi ko'rilgan zararni, 

shu  jum ladan  bekor  turib  qolganlik  oqibatidagi  qo'shim cha  chiqimlarni 

qoplashni  yoki  ishni  b a ja rish   m ud d atini  o 'z g a rtirish   yoxud  p u d ra t 

shartnom asida  ko'rsatilgan  ish  bahosini  oshirishni  talab  qilishga  haqli.

Buyurtm achining  harak ati  yoki  yo'l  qo'ygan  xatosi  tufayli  pudrat 

shartnom asi  bo'yicha  ishni  bajarish  mumkin  bo'lm ay  qolgan  taqdirda, 

pudratchi  ishning  bajarilgan  qismini  hisobga  olgan  holda  shartnom ada 

ko'rsatilgan  bahoni  olish  huquqini  saqlab  qoladi.




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish