Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Ijara shartnomasi taraflarining huquq va majburiyatlari



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

Ijara shartnomasi taraflarining huquq va majburiyatlari:

Fuqarolik Kodeksining 541-moddasida ijaraga beruvchining quyidagi 

m ajburiyatlari  nazarda  tutilgan.

-  ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga mol-mulkni shartnom a shartlari 

va  mol-mulkning  vazifasiga  muvofiq  holatda  topshirm og'i  lozim;

-  m ol-mulkni  topshirishga  tayyorlash,  shu   jum ladan  topshirish 

dalolatnomasini  tuzish  va  imzolashga  taqdim   etish  ijaraga  beruvchining 

burchi  bo'lib,  uning  hisobidan  amalga  oshiriladi;

-  agarda  shartnom ada  boshqacha  tartib   nazarda  tutilgan bo'lmasa, 

mol-mulk  barcha  m ansub  ashyolari  va  unga  aloqador  hujjatlar  (texnik 

pasport.,  sifat  sertifikati  va  hokazolar)  bilan  birga  ijaraga  topshiriladi.

Mol-mulkning  ijaraga  topshirilishi  bu  m ol-m ulkka  nisbatan uchinchi 

shaxslarning huquqlari bekor bo'lishi yoki o'zgarishi uchun asos bo'lmaydi.

S hartnom a  tuzishda  ijarag a  b eru v ch i  ija rag a   oluvchini  ija rag a  

topshirilayotgan  m ol-m ulkka  nisbatan  uchinchi  shaxslarning  b a rc h a  

huquqlari  (servitut,  garov  huquqi  va  hokazolar)  haqida  ogohlantirishi 

lozim Ijaraga beruvchi tomonidan bu m ajburiyatning bajarilmasligi ijaraga 

oluvchiga  m o l-m u lk d an   fo y d alan g an lik   u c h u n   to 'la n a d ig a n   h a q n i 

kamaytirishni  yoxud  shartnom ani  bekor  qilish  va  zararni  to'lashni  talab 

qilish  huquqini  beradi  (FKning  543-moddasi).

Agar  qonun  hujjatlari  yoki  shartnom ada  boshqacha  tartib   nazarda 

tutilgan  bo'lmasa,  ijaraga  beruvchi  ijaraga  topshirilgan  m ol-m ulkni  o'z 

hisobidan  kapital  ta ’mirlashi  lozim.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Ijaraga  oluvchi javobgar  bo'lmagan holatlar  natijasida  kelib  chiqqan 

shoshilinch  zaru rat  tufayli  o'tkaziladigan  ta ’mirlashni  ijaraga  beruvchi 

o'z  hisobidan  am alga  oshirishi  shart.

Kapital ta ’m irlash m ulk ijarasi shartnom asida belgilangan m uddatda, 

agar  bu  m uddat  shartnom ada  belgilanmagan  yoki  shoshilinch  z a ru ra t 

tufayli  o'tkazilsa,  oqilona  m uddatda  amalga  oshirilmog'i  lozim.

Ijaraga  beruvchining  kapital  ta ’mirlash  m ajburiyatini  bajarmasligi 

ijaraga  oluvchiga  o'z  hohishiga  ko'ra:

-  s h a rtn o m a d a   belg ilan g an   yoxud  shoshilinch  z a ru ra t  taqozo 

etayotgan kapital ta ’m irlashni amalga oshirib, ta ’m irlash qiymatini ijaraga 

beruvchidan  undirib  olish  yoxud  m ol-m ulkdan  foydalanganlik  u ch u n  

to'lanadigan  haq  hisobiga  o'tkazish;

-  haqni  tegishincha  kam aytirishni  talab  qilish;

-  s h a rtn o m a n i  m u d d a tid a n   oldin  b e k o r  qilish  va  z a ra rn in g  

qoplanishini  talab  qilish  huquqini  beradi  (FKning  547-moddasi).

Ijaraga  oluvchi  mol-mulkdan  shartnom a  shartlariga  muvofiq,  agar 

b u n d a y   sh a rtla r  sh artn o m ad a  belgilangan  bo'lm asa  -   m ol-m ulkning 

vazifasiga  muvofiq  foydalanishi  lozim.

A gar  ijaraga  beruvchining  yozma  ogohlantirishiga  qaram ay,  ijaraga 

oluvchi m ol-m ulkdan shartnom a shartlariga yoki mol-mulkning vazifasiga 

nomuvofiq  foydalansa,  ijaraga  beruvchi  shartnom ani  m uddatidan  oldin 

bekor  qilishni  va  zararning  qoplanishini  talab  qilishga  haqli  (FKning 

545-moddasi).

M ol-mulkdan  foydalanganlik  uchun  haq  to'lash  ijaraga  oluvchining 

asosiy m ajburiyatlaridan biri bo'lib, Fuqarolik Kodeksining 544-moddasida 

nazarda tu tilg an  Unga ko'ra, ijaraga oluvchi m ol-mulkdan foydalanganlik 

uch un  haqni  o'z  vaqtida  to'lab  turishi  shart.

Mol-mulkdan  foydalanganlik  uchun  haq  to'lash  tartibi,  shartlari  va 

m uddatlari m ulk ijarasi shartnom asi bilan belgilanadi. Bular shartnom ada 

belgilanm agan  hollarda  odatda  xuddi  sh u n d ay   m ol-m ulkni  o 'xshash 

holatlarda  ijaraga  berishda  qo'llaniladigan  tartib,  shartlar  va  m uddatlar 

belgilangan  deb  hisoblanadi.

M ol-mulkdan foydalanganlik  uchun haq  ijaraga olingan barcha mol- 

m ulk uchun yaxlit holda yoki uning h a r bir tarkibiy qismi uchun alohida- 

alohida  holda  quyidagi  ko'rinishlarda  belgilanadi:

-v a q ti-v a q ti  bilan  yoki  b ir  yo'la  to'lanadigan  q a t’iy  sum m ada 

belgilangan  to'lovlar  tariqasida;

-ija ra g a   o lin g a n   m o l-m u lk d a n   fo y d ala n ish   n a tija sid a   o ling an 

m ahsulot,  m evalar  yoki  darom adlam ing  belgilangan  ulushi  tariqasida;

www.ziyouz.com kutubxonasi




-ija ra g a   oluvchi  tom onidan  k o 'rsa tila d ig a n   m a ’lum   x iz m a tla r 

tariqasida;

-ija ra g a   olu vchi  to m o nid an   ija ra g a   b e ru v c h ig a   s h a rtn o m a d a  

kelishilgan  ashyoni  m ulk  qilib  yoki  ijaraga  topshirish  tariqasida;

-ijarag a  olingan  m ol-m ulkni  y ax sh ilash   bo'yicha  sh a rtn o m a d a  

kelishilgan  xarajatlarni  ijaraga  oluvchi  zimmasiga  yuklash  tariqasida.

T araflar  m ulk  ijarasi  shartnom asida  m ol-m ulkdan  foydalanganlik 

uchun  FKning  544-moddasining  uchinchi  qismida  ko‘rsatib  o‘tilgan  haq 

shakllarini aralash amalga oshirishni yoki haq to‘lashning boshqa shakllarini 

nazarda  tutishlari  mumkin.

Agar  mulk  ijarasi  shartnomasida  boshqacha  tartib  nazarda  tutilgan 

bo‘lmasa,  mol-mulkdan  foydalanganlik  uchun  to'lanadigan  haq  miqdori 

shartnom ada  belgilangan  m uddatlarda,  biroq  bir  yilda  ko‘pi  bilan  bir 

m a r ta   ta ra fla rn in g   k elish uvi  bilan  o 'z g a rtirilish i  m um kin.  Q onun 

hujjatlarida  m ulk  ijarasining  ayrim   tu rlari  uchun,  shuningdek  ayrim  

mol-mulk turlarining ijarasi uchun haq miqdorini qayta ko'rib chiqishning 

boshqacha  eng  kam   m uddatlari  nazarda  tutilishi  mumkin.

Agar qonun hujjatlarida boshqacha  tartib  nazarda  tutilgan bo'lmasa, 

ijaraga  oluvchi  o'zi  javobgar  bo'lm agan  holatlarga  ko'ra,  shartnom ada 

nazarda  tutilgan  foydalanish  shartlari  yoki  m ol-mulkning  holati  jiddiy 

yomonlashgan  bo'lsa,  u  mol-mulkdan  foydalanganlik  uchun  ijara  haqini 

tegishli  ravishda  kam aytirishni  talab  qilishga  haqli.

Agar shartnom ada  boshqacha  tartib  nazarda  tutilgan  bo'lmasa,  mol- 

m ulkdan  foydalanganlik  uchun  ijara  haqini  to'lash  m uddatlari  ijaraga 

oluvchi  tom onidan  jiddiy  buzilgan  taq d ird a,  ijaraga  beruvchi  un dan 

ijara  haqini  m uddatidan  oldin,  ijaraga  beruvchi  belgilagan  m uddatda, 

shuningdek,  ijaraga  beruvchi  mol-mulkdan  foydalanganlik  uchun  ko'pi 

bilan  ikki  m uddatning  haqini  m uddatidan  oldin  to'lashni  talab  qilishga 

haqli.

Ija r a g a   o lu v c h in in g   q o n u n   h u j j a t l a r i   b ila n   b e lg ila n a d ig a n  



huquqlaridan  biri  bu  ijaraga  olingan  m ol-mulkni  tasarruf  qilishdir.  Bu 

haqda  Fuqarolik  Kodeksining  546-moddasida  quyidagicha  qoida  nazarda 

tutilgan. Agar Fuqarolik Kodeksida, boshqa qonun hujjatlarida boshqacha 

tartib   belgilangan  bo'lmasa,  ijaraga  oluvchi  ijaraga  olingan  mol-mulkni 

ijaraga  beruvchining roziligi  bilan ikkilamchi  ijaraga  (qo'shimcha  ijaraga) 

to p s h ir is h g a ,  m u lk   ija r a s i  s h a r tn o m a s i  b o 'y ic h a   o'z  h u q u q   v a 

m ajburiyatlarini boshqa  shaxsga  o'tkazishga  (qayta  ijara),  ijaraga  olingan 

mol-mulkni tekin foydalanish uchun berishga, shuningdek bu huquqlarini 

garovga qo'yishga va ulam i xo'jalik shirkatlari va jam iyatlari ustav fondiga

www.ziyouz.com kutubxonasi




(kapitaliga)  hissa  sifatida  yoki  ishlab  chiqarish  kooperativiga  pay  badali 

sifatida  topshirishga  haqli.  Ko‘rsatib  o'tilgan  hollarda  ijaraga  oluvchi 

shartnom a  bo'yicha  ijaraga  beruvchi  oldida  javobgar  bo'lib  qolaveradi, 

qayta  ijara  bundan  mustasno.  Mol-mulkni  boshqa  shaxslarga  topshirish 

haqidagi  shartnom a  ijara  shartnomasining  amal  qilish  m uddatidan  ortiq 

m uddatga  tuzilishi  m um kin  emas.

Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, ijaraga 

olingan  mol-mulkni  ikkilamchi  ijaraga  topshirish  haqidagi  shartnom aga 

nisbatan  mulk  ijarasi  shartnomasi  haqidagi  qoidalar  qo'llaniladi.

A garda  q onun  yoki  sh artno m ada  boshqacha  ta rtib   belgilangan 

bo'lm asa,  ijaraga  oluvchi  m ol-m ulkni  yaxshi  holda  saqlashi,  uni  o'z 

hisobidan joriy  ta ’mirlashi  va  saqlash  bo'yicha  boshqa  xarajatlam i  qilishi 

lozim  (FKning  548-moddasi).


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish