Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/144
Sana17.01.2022
Hajmi1,73 Mb.
#382234
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   144
Bog'liq
Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi

2
§
. Hayvonot dunyosidan foydalanish huquqi va turlari. Foydalanish 
huquqining paydo bo`lish asoslari. 
 
 
Hayvonot 
dunyosidan 
foydalanish 
huquqi, 
hayvonot 
dunyosidan 
foydalanuvchilarning qonuniy huquq va majburiyatlarini amalga oshirishlari, unga 
amal qilishlari, hayvonot dunyosi davlat mulki -umummilliy boylik sifatida undan 
oqilona  foydalanishlari  va  davlat  tomonidan  muhofaza  qilish  ishlariga  bo`ladigan 
munosabati tushuniladi. 
 
Hayvonot  dunyosidan  foydalanuvchilar  bo`lib  yuridik  va  jismoniy  shaxslar 
hisoblanishi  mumkin.  Foydalanuvchilar  hayvonot  dunyosi  obyektlaridan 
foydalanish  borasida  o`zlariga  tegishli  huquqni  qonun  hujjatlarida  belgilangan 
shartlar va tartibda amalga oshirishlari lozim. 
 
Hayvonot  dunyosi  obyektlaridan  foydalanish  umumiy  va  maxsus 
foydalanish tartibida amalga oshiriladi. 


 
Hayvonot  dunyosi  obyektlaridan  umumiy  foydalanish  jismoniy  shaxslar 
tomonidan  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartib  va  miqdorda  bepul  amalga 
oshiriladi. 
 
Hayvonot  dunyosi  obyektlaridan  maxsus  foydalanish  O`zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  belgilangan  tartibda  beriladigan  ruxsatnomalar 
asosida haq evaziga amalga oshiriladi. 
 
Hayvonot  dunyosidan  foydalanuvchilar  qonunda  ko`rsatilgan  huquq  va 
majburiyatlarini  talab  darajasida  amalga  oshirishlari  shart.  Ana  shunday  holatlar 
"Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi 1997 yil 
26 dekabrda qabul qilingan qonunning 16-moddasida aniq ko`rsatilgan. 
 
Jumladan,  hayvonot  dunyosidan  foydalanuvchilar:  hayvonot  dunyosi 
obyektlaridan ularni berib qo`yish shartlariga muvofiq foydalanish; 
 
tutib olingan hayvonot dunyosi obyektlariga va ulardan olingan mahsulotga 
nisbatan mulkdorlik huquqiga egadirlar. 
 
Ov qilish yoki baliq ovlash xo`jaligini yurituvchi yuridik shaxslar: 
 
yuridik  shaxslarga  hayvonot  dunyosi  obyektlaridan  belgilangan  normalar 
doirasida foydalanish uchun ruxsatnomalar berishga; 
 
yuridik  va  jismoniy  shaxslar  hayvonot  dunyosi  obyektlaridan  ov  qilish 
maqsadida  belgilangan  normalar  doirasida  foydalanishi  uchun  ular  bilan 
shartnomalar tuzishga; 
 
ov  va  baliq  mahsulotini  qayta  ishlash  hamda  hayvonot  dunyosi 
obyektlaridan buyumlar ishlab chiqarishga; 
 
hayvonot 
dunyosi 
obyektlaridan  ishlab 
chiqarilgan  mahsulot  va 
buyumlardan foydalanish hamda ularni sotishga; 
 
sun'iy  ravishda  yetishtirilib,  tabiiy  yashash  muhitiga  chiqarib  yuborilgan 
hayvon turlaridan foydalanishga haqlidirlar. 
 
Hayvonot dunyosidan foydalanuvchilar: 
 
hayvonot 
dunyosidan 
foydalanishning 
belgilangan 
normalari 
va 
muddatlariga rioya etishlari; 
 
hayvonot  dunyosining muhofaza qilinishini ta'minlashlari; 
 
hayvonot  dunyosidan  tabiiy  galalarining  butligi  buzilishiga  yo`l 
qo`ymaydigan  va  foydalanishga  berib  qo`yilmagan  hayvonlarning  saqlab 
qolinishini ta'minlaydigan usullar bilan foydalanishlari; 
 
hayvonlarning yashash muhiti buzilishiga yo`l qo`ymasliklari; 
 
hayvonlar miqdorini hamda ulardan foydalanish xajmlarini hisobga olishlari; 
 
hayvonot  dunyosini  tiklash  va  takror  yetishtirishga  qaratilgan  tadbirlarni 
amalga oshirishlari shart; 
 
hayvonot  dunyosidan  foydalanuvchilar  qonun  hujjatlarida  belgilangan 
boshqa huquq va majburiyatlarga ega bo`lishlari mumkin. 
 
Shuningdek, hayvonot dunyosidan  foydalanish  turlari va usullarini huquqiy 
holati hayvonot dunyosidan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga katta 
yordam beradi. 
 
Hayvonot  dunyosidan  quyidagi  maqsadlarda  belgilangan  huquqiy  normalar 
asosida foydalaniladi: 


1)  Hayvonot  dunyosidan  ilmiy,  madaniy-  ma'rifiy,  tarbiyaviy  va  estetik 
maqsadlarda  foydalanishga  hayvonot  dunyosi  obyektlarini  ularning  yashash 
muhitidan  ajratib  olib  va  ajratib  olmasdan  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda 
yo`l qo`yiladi. 
2) Hayvonlarning foydali xususiyatlaridan - tuproq hosil qiluvchilardan, muhitning 
tabiiy  sanitarlaridan,  o`simliklarni  changlatuvchilardan,  shuningdek  hayvonot 
dunyosi  obyektlarining  boshqa  xususiyatlaridan  foydalanish  ularni  yashash 
muhitidan  ajratib  olmasdan  va  ularga  yoki  ular  yashaydigan  muhitga  zarar 
yetkazmasdan amalga oshiriladi. 
3) Hayvonlardan ularning mahsulotlarini olish maqsadida foydalanishga hayvonot 
dunyosi  obyektlarini  yashash  muhitidan  ajratib  olmasdan  va  ularni  nobud 
qilmasdan,  shuningdek  ular  yashaydigan  muhitni  buzmasdan  qonun  hujjatlarida 
belgilangan tartibda yo`l qo`yiladi. 
 
Shuningdek  "Hayvonot  dunyosini  muhofaza  qilish  va  undan  foydalanish 
to`g`risida"gi  qonunning  24-moddasiga  asosan:  hayvonot  dunyosi  obyektlarining 
miqdorini tartibga solish kvotalar asosida amalga oshiriladi. Kvotalar O`zbekiston 
Respublikasi  Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat  qo`mitasi  tomonidan  hisobga  olish 
ma'lumotlari  va  O`zbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasining  xulosalari 
asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi. 
 
Hayvonlarning  ayrim  turlarini  muhofaza  qilish  maqsadida  O`zbekiston 
Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosalari asosida O`zbekiston Respublikasi 
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi tomonidan ana shu turdagi hayvonlardan 
foydalanishga yoki foydalanishning ayrim turlariga cheklashlar yoxud taqiqlashlar 
belgilanishi mumkin. 
 
Aholi  sog`lig`ini  saqlash,  qishloq  xo`jalik  mollari  va  boshqa  uy  hayvonlari 
kasalliklarga  chalinishining  oldini  olish,  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  zarar 
yetkazilishining oldini olish, hayvonot dunyosining turlari bo`yicha xilma-xilligini 
saqlab  turish  maqsadida  yovvoyi  hayvonlar  ayrim  turlarining  miqdorini  tartibga 
solish tadbirlari o`tkaziladi. 
 
Ayrim  turdagi  hayvonlar  miqdorini  tartibga  solish  tadbirlari  hayvonlarning 
boshqa  turlariga  zarar  yetkazilishini  istisno  etadigan  va  ularning  yashash  muhit 
saqlanib  qolishini  ta'minlaydigan  usullar  bilan  O`zbekiston  Respublikasi  Fanlar 
akademiyasining  xulosalarini  hisobga  olib  hamda  yer,  suv  va  o`rmon  zahiralarini 
muhofaza  qilishni  amalga  oshiradigan  tegishli  davlat  organlari  bilan  kelishgan 
holda amalga oshirilishi lozim. 
 
Miqdori  tartibga  solinishi  lozim  bo`lgan  hayvon  turlari  va  ularning 
miqdorini tartibga solish tadbirlarini o`tkazish qonun hujjatlarida belgilanadi. 
 
Ushbu  masalaga,  "Hayvonot  dunyosini  muhofaza  qilish  va  undan 
foydalanish  to`g`risida"gi  qonunning  17-moddasiga  quyidagicha  e'tibor  berilgan. 
Unga ko`ra hayvonot dunyosidan foydalanish turlari quyidagilardan iborat: 
 
ov qilish; 
 
baliq ovlash; 
 
hayvonot  dunyosidan  ilmiy,  madaniy-ma'rifiy,  tarbiyaviy  va  estetik 
maqsadlarda foydalanish; 
 
hayvonlar faoliyatining foydali xususiyatlaridan foydalanish; 


 
hayvonlardan ularning faoliyati mahsulotlarini olish maqsadida foydalanish. 
 
Qonun hujjatlarida hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlari ham 
nazarda tutilishi mumkin. 
 
Hayvonot  dunyosidan  foydalanish  hayvonot  dunyosi  obyektlarini  ularning 
yashash muhitidan ajratib olmasdan amalga oshirilishi mumkin. 
 
Hayvonot  olamidan  foydalanish  huquqi  mustaqil  tartiblar  majmui 
hisoblanib, u ekologik huquqning bir qismidir. 
 
Demak,  hayvonot  dunyosini  huquqiy  ekologik  muhofaza  qilish  va  undan 
foydalanish  deganda  qonunda  belgilangan  va  keng  o`rin  olgan  uning  ekologik 
ahamiyatini  saqlashga,  jamiyatning  iqtisodiy,  ilmiy,  madaniy,  estetik,  tabiiy, 
tarbiyaviy  va  boshqa  ehtiyojlarini  qondirishga  yo`naltirilgan  davlat  va  ijtimoiy 
huquqiy ekologik tadbirlarning uyg`unligi tushuniladi. 
 
Yana  shuni  ham  ta'kidlash  lozimki,  fikrimizcha  hayvonot  dunyosini 
huquqiy-ekologik  muhofaza  qilish  va  foydalanishda,  noyob  hayvonlarni  kelajak 
avlodga saqlab qolish va ko`paytirish uchun xorijiy mamlakatlar, ayniqsa, AQSH, 
Kanada,  Angliya,  Yaponiya,  Fransiya,  Shveysariya  va  boshqa  mamlakatlar 
tajribasidan foydalanishimiz maqsadga muvofiqdir. 
  

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish