-
O`zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi;
-
O`zbekiston Respublikasining sanoatda, konchilikda va kommunal - maishiy
sektorda ishlarni behatar olib borilishini nazorat qilish bo`yicha Davlat
inspektori maxsus vakolatli davlat organlari hisoblanadi.1
Ushbu sohada davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlari tizimida
O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasining faoliyati
muhim ahamiyatga egadir.
O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi tabiatni
muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida
davlat nazoratini hamda tarmoqlararo boshqaruvni amalga oshiruvchi, idoralardan
ustun turuvchi va muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ bo`lib, o`z
faoliyatini amalga oshirish jarayonida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga
bo`ysunadi va hisobot beradi.
O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi o`z
vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari me'yoriy ahamiyatga ega bo`lib
barcha vazirlik, davlat qo`mitalari va idoralari, yuridik shaxslar, mansabdor
shaxslar va fuqarolar ijro etishlari shart.
O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi
quyidagilar ustidan davlat nazoratini olib boradi:
-
ekologiya tizimlari, tabiiy genofond, biologik muvozanatning, atmosfera
havosini, yer usti va yer osti suvlarini, tuproqni ifloslantiruvchi manbalarning,
o`simlik dunyosi va biologik suv obyektlarining, yovvoyi hayvonlar yashash
muhitining holati;
-
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlarining bajarilishi holati;
-
yangi va qayta qurilgan korxonalar hamda boshqa obyektlarni joylashtirish,
loyihalash, qurish va ishga tushirishda ekologik normativlar, standartlar va
talablarga mosligini;
-
atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish, ularni saqlash va
qayta tiklash dasturlari va topshiriqlarini bajarish va boshqalar.2
Davlat ekologik nazoratini amalga oshirishda O`zbekiston Respublikasi Tabiatni
muhofaza qilish davlat qo`mitasi ushbu sohadagi boshqa davlat organlari va
tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi.
O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi ham davlat ekologik
nazoratini amalga oshiruvchi muhim davlat organi hisoblanib, aholining ekologik
xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
1
O`zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida”gi qonuni, O`Zbekistonn
ing yangi qonunlari,
7-son.
2 O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi to`g`risida Nizom. O`zbekistonning yangi
qonunlari. T., “Adolat”, 1996, 13
-son.
O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika
sanitariya-epidemiologiya bosh boshqarmasi mavjud bo`lib, qonun hujjatlarida
belgilangan sanitariya, gigiyena va epidemiologik qoida-talablar, normativ va
standartlarning bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini olib boradi.
Respublika sanitariya-epidemiologiya bosh boshqarmasi O`zbekiston
Respublikasining
“
Davlat sanitariya nazorati to`g`risida
”
gi qonuni va boshqa
me'yoriy hujjatlarga asosan sanitariya, gigiyena va epidemiologik qoida-
talablarning barcha vazirlik, davlat qo`mitasi, idoralar, korxona, tashkilot,
muassasa, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan og`ishmay amal qilinishini
nazorat qiladi.
Ushbu sohada davlat nazoratini amalga oshirishda bevosita O`zbekiston
Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi va boshqa idoralar bilan
hamkorlik qiladi.
O`zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat
kadastri davlat qo`mitasi; yer munosabatlarini tartibga solish, yer tuzishni, yer
monitoringini tashkil etish, davlat yer kadastrini yuritish, yerdan foydalanish va uni
muhofaza qilishni nazorat qilish sohasidagi davlat boshqaruv organi hisoblanadi va
o`z vakolatlari doirasida qabul qilinadigan qarorlari barcha, yuridik va jismoniy
shaxslar uchun majburiy ahamiyatga egadir.
O`zbekiston Respublikasi Yer resurslar geodeziya, kartografiya va davlat
kadastri davlat qo`mitasi davlat qo`mitasi:
-
yer monitoringi, davlat yer kadastrini yuritish, yer uchastkalariga huquqlarni,
servitutlar to`g`risidagi bitimlarni ro`yxatdan o`tkazish, tuproq unumdorligini
saqlab qolish, yer resurslarini hisobga olish, yerdan foydalanish va uning
muhofaza etilishi yuzasidan nazorat qilish;
-
davlat boshqaruv organlari, korxona, tashkilotlar va muassasalar rahbarlarining
yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalari bo`yicha
hisobotlarini eshitadi;
-
yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalari bo`yicha
tekshirishlar o`tkazish, yer qonunchiligi qoida-talablarining yuridik va jismoniy
shaxslar tomonidan buzilishi sabablarini aniqlash, ularni bartaraf etish
yuzasidan yozma ko`rsatmalar berish;
-
aybdor mansabdor shaxslarni va fuqarolarni ma'muriy javobgarlikka tortish, yer
to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzish oqibatida yetkazilgan zararni qoplash
to`g`risida da'vo qilish, tegishli korxonalarga va tashkilotlarga hamda huquqni
muhofaza qilish organlariga shaxslarni javobgarlikka tortish uchun
taqdimnomalar yuborish;
-
yer to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzish hollari aniqlangan taqdirda mashalliy
davlat hokimiyat organlariga yer uchastkalarini olib qo`yish, yerdan
foydalanishni cheklash va boshqa yo`nalishlarda faoliyat olib boradi.
Davlat ekologiya nazoratini amalga oshirishda O`zbekiston Respublikasi Ichki
ishlar vazirligi alohida o`rinni egallaydi.
Ichki ishlar vazirligi tizimida Davlat avtomobil nazorati bosh boshqarmasi
mavjud bo`lib, atmosfera havosini avtomobil tarnsportlari tomonidan ifloslanishi
oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
O`zbekiston Respublikasi IIV davlat avtomobil nazorati bosh boshqarmasi
tarkibida
“
ekologiya xizmati
”
bo`lim, bo`linma va boshqa tarkibiy qismlar faoliyat
ko`rsatadi.
DANB sining davlat ekologiya nazoratini amalga oshirishda quyidagi
vakolatlarga ega:
- atmosfera xavosini avtomobil tarnsporti vositalari tomonidan ifloslanishini
oldini olishga qaratilgan tushuntirish va ogohlantirish bilan bog`liq choralarni
belgilash;
-
atmsofera havosiga belgilangan normativ va standart darajasidan yuqori
bo`lgan ifloslantiruvchi moddalarni chiqarganligi uchun transport vositasini
boshqarishni cheklash, to`xtatib qo`yish, boshqarish huquqidan mahrum etish;
-
atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi qoidalarini buzganlik uchun
ma'muriy javobgarlikka tortish;
-
avtomobil transporti tomonidan atmosfera havosiga yetkazilayotgan ta'sir va
zararni kamaytirish, aholining ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan
profilaktik tadbirlar tizimini amalga oshirish va boshqalar.
Yer osti boyliklaridan oqilona foydalanish, yer osti boyliklarini muhofaza qilish
qoida-talablarini barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishini
nazorati qilish sanoat va konchilik nazorati agentligining asosiy yo`nalishlaridan
biridir. Ushbu agentlik yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bog`liq
korxonalarda foydalanish va muhofaza qilish qoida-talablarini buzilishini oldini
olish, javobgarlikka tortish bilan bog`liq faoliyatini amalga oshiradi.
Demak, yuqorida sanab o`tilgan davlat organlari davlat ekologiya nazoratini
amalga oshirishda umumiy mazmun va shakldagi vakolatlarga ega bo`lib, ular
quyidagilardan iborat:
-
barcha turdagi ishlab chiqarish va xo`jalik korxona, tashkilotlari faoliyatining
ekologik qoida-talablarga mosligini tekshirish huquqi;
-
korxona, tashkilot xududida va ishlab chiqarish jarayonida tabiatni muhofaza
qilish tadbirlarini amalga oshirishni talab qilish, ko`rsatma berish;
-
yer, suv, yer osti boyliklari, o`simlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosidan
foydalanish uchun ruxsatnoma berish, foydalanish limitlarini belgilash;
-
ekologik qonunchilik qoida-talablarni buzgan yuridik va jismoniy shaxslarga
nisbatan ma'muriy huquq tartibda jarima jazosini qo`llash, yetkazilgan zararni
qoplash, undirib olish bo`yicha da'vo qo`zg`atish, jinoiy javobgarlikka tortish
yuzasidan prokuratura organiga hujjatlarni taqdim etish;
-
ekologik xavfli va zararli ishlab chiqarish, xo`jalik korxona, tashkilotlarning
faoliyatini cheklash, to`xtatishva bekor etish yuzasidan qarorlar qabul qilish;'
-
ekologik bilim, qoida-talablarni aholi orasida targ`ibot qilish, aholining
ekologik ongini oshirishga qaratilgan tadbirlarni belgilash va boshqalar.
Shuning uchun ham, ekologiya sohasida maxsus vakolatli davlat organlarining
ekologiya nazorati tizimida tutgan o`rni beqiyos bo`lib, tabiatni muhofaza qilish,
tabiiy boyliklardan foydalanish, aholining ekologik xavfsizligini ta'minlashga
xizmat qiladi.
Ekologiya nazoratining navbatdagi turi - ekologiya sohasida idoraviy
nazorat hisoblanadi.
Ekologiya sohasida idoraviy nazorat respublikamizdagi faoliyati tabiiy
resurslardan foydalanish va tabiatni muhofaza qilish bilan bog`liq barcha vazirlik,
davlat qo`mitalari, idoralari tizimi doirasida olib boriladi.
Barcha vazirlik, davlat qo`mita va idoralarda ushbu faoliyat bilan maxsus
shug`ullanuvchi ekologiya xizmati tuzilmalari mavjud bo`lib, tegishli vazirlik ichki
tizimi doirasida tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish
jarayonining ekologik qoida-talablariga mosligini kuzatish, tekshirish, chora-
tadbirlarni belgilashdan iboratdir.
Ekologiya sohasida ishlab chiqarish nazorati ham idoraviy nazorat bilan
chambarchas bog`liq bo`lib, ishlab chiqarish va xo`jalik faoliyatini olib borayotgan
korxona, muassasa, tashkilotlarda olib boriladi.
O`zbekiston Respublikasi
“
Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida
”
gi
qonunning 32-moddasiga asosan, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi ishlab
chiqarish nazoratini korxonalar, birlashmalar, tashkilotlarning ekologiya xizmati
amalga oshiradi va tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish va ularni tiklash, atrof tabiiy muhitni sog`lomlashtirish, tabiatni
muhofaza qilishga doir qonunlarning talablar bajarilishi yuzasidan dasturlar hmda
ayrim tadbirlar ijrosini, tekshirish maqsadini ko`zlaydi.1
Ekologiya sohasidagi jamoat nazorati jamoat birlashmalari, mehnat
jamoalari, siyosiy partiyalar, turli uyushma va jamiyatlar, fuqarolar tomonidan
amalga oshiriladi.
Jamoat tashkilotlari tomonidan olib borilgan tekshirish natijalari tavsiya
ahamiyatiga ega bo`lib, davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi
organlariga taqdim etilishi mumkin.
Demak, Ekologiya nazorati murakkab tizimdan iborat bo`lib, ekologik
qonunchilik hujjatlarining bajarilishi ekologik xavfsizlikni ta'minlshga xizmat
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |